2.2. “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasi
“Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasi shunday ishlab chiqilganki, qonun chiqaruvchilar va unga amal qiluvchilar amaldagi mavjud tizim ustunlariga tayanishmoqchi. Boshqa so‘z bilan aytganda, „mutaxassislar“ o‘z tavsiyalari bilan nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olishning qay bir shaklida o‘qishlari qaroriga ta’sir o‘tkazadilar. Ammo O‘zbekistonning ijtimoiy va madaniy yo‘nalishdagi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, institutsional vakolatga ega bo‘lgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari institutsional kuchga ega bo‘lib, maslahat emas, imperativ xususiyat kasb qiladi. Bundan kelib chiqadiki, nogiron bolaning qayerda o‘qishi borasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari ota-onalarda hech qanday shubha qoldirmaydi. Shunday qilib, qonun va uning moddalarini O‘zbekistonda nogironlik diskursinining ijtimoiy va madaniy holatidan kelib chiqib o‘qish lozim”, — deydi AQSHning Sirakuz universiteti doktori Mirjahon Turdiyev.
“Buyuk kelajak” ekspertlar kengashi a’zosi Odila Atabayeva Rossiya Federatsiyasining “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonuni misolida o‘quvchilarga ta’lim muassasasi va ta’lim turini tanlashning akademik huquqi berilishi zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, qonunga asosan ta’lim muassasasi bolaning psixofizik rivojlanishi va sog‘ligining ahvolidan kelib chiqib, bepul ijtimoiy-pedagogik va psixologik yordam olishi va psixologik-tibbiy-pedagogik maslahatlar olishi uchun shart-sharoit yaratib berishi zarur [8].
“Ta'lim to‘g‘risida"gi qonun loyihasining hozirgi shaklidagi kabi cheklov hech qayerda mavjud emas. Agar biror yordamga ehtiyoj tug‘ilsa, demak o‘quvchining tanloviga ko‘ra har qanday ta’lim muassasasi bu yordamni ko‘rsatishi kerak. Agar umumiy ta’lim muassasasida maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lsa, maktab psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko‘ra zarur shart-sharoitlarni maktab (rahbariyati) xohishidan qat’i nazar yaratib berishi shart”, — deb tushuntiradi Odila Atabayeva.
Huquqlarga ega bo‘lish uchun imkoniyatlarni yaratish lozim
5-moddaga ko‘ra, “jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi”. Galina Nam mazkur moddaga sog‘ligining imkoniyatlariga qaramasdan har kim ilm olish huquqiga ega bo‘lishi uchun nogironlikni ham kiritishni taklif qiladi:
“Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, nogironlik holati, yoki aks holdagi holatidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquq kafolatlanadi va to‘siqsiz ta’lim olish uchun imkoniyatlar va sharoitlar yaratiladi.”
Nogironligi va rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning umumta’lim maktablarida tahsil olish huquqi qonun bilan belgilanishi lozim. Agar bola yoki uning ota-onasi bu huquqdan foydalanish istagini bildirsa, maktab zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.
“Qonun loyihasida inklyuziv ta’lim “teng huquqli munosobatlarga qaratilgan"ligi ko‘rsatilgan — bu mutlaqo noto‘g‘ri ta’rif, chunki inklyuziya teng huquq emas, balki teng imkoniyat to‘g‘risida so‘z yuritadi. Inklyuziya huquq to‘g‘risida emas, imkoniyatlar to‘g‘risidagi tushunchalarga asoslangan. Bu yerda katta farq mavjud. Haq-huquq hammadaku bir xil, biroq imkoniyatlarimiz bir xil emas. Inklyuziya hamma uchun teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilishiga qaratilgan”, — deb ta’kidlaydi Oybek Isoqov. Har bir bolaning inklyuziv ta’lim huquqini ta’minlash maqsadida (barcha darajadagi) tegishli davlat hokimiyati organlari umumta’lim o‘quv muassasalarida nogironligi bor va rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni ham nazarda tutgan holda barcha o‘quvchilarga zarur sharoitlarni yaratishi lozim. “O‘quvchilar shaxsiy tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yuqori malakali pedagok kadrlarning, ularning psixologik-pedagogik hamrohlikni amalga oshiruvchi zaxiradagi pedagog (tyutor) va boshqa mutaxassislarning borligini qamrab olishi zarur. Sharoitlar deganda bino va inshootlarning, o‘quv materiallarining va texnik vositalarning jismoniy maqbulligi, o‘quvchilar rivojlanishining individual rejasiga asosan o‘quv dasturlarining adaptatsiyasi, shuningdek muassasaning tarbiyaviy tizimining barcha o‘quvchilarni qabul qilishni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi”, — deya tushuntiradi Galina Nam [5].
Sifatsiz uy ta’limi
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvar holatida 16 yoshgacha bo‘lgan 101316 nafar nogironligi bo‘lgan bola ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan, 21153 nafari jismoniy va ruhiy nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda, 6131 nafari sil va suyak kasalliklariga chalingan bolalar uchun sanatoriy tipidagi maktab-internatlarda, 13272 nafari esa uyda individual tarzda ta’lim olishadi. Yangi tahrirdagi qonun loyihasi Oliy Majlis qonunchilik palatasining saytida 2019- yil 29 -avgustda chop etildi. Biroq nogironligi bor insonlarning jamiyat tashkilotlari, nogiron bolalar va ularning ota-onalari vasiylari qonun muhokamasi uchun jalb qilinmadilar. Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi sayti regulation.gov.uz portaliga qonun loyihasi joylashtirilmadi [9].
XULOSA
Xulosa qilib ytganda O’zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o’quv yurtini, shu jumladan 32 universitet va 42 institutni o’z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda; 16 universitetning o’n ikkitasi O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy o’quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o’qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo’nalishga o’tkazish ishi olib borilmoqda, o’quv yurtlarining tarmog’i kengaymoqda, universitet ta’limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko’p bosqichli tizimga o’tkazish amalga oshirilmoqda. Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg’or usullari joriy etilmoqda.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiqaspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo’lib, ulardan 69 foizi oliy ta’lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta’lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi.
1-Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q. Davlat ta’lim standartlari talabalariga javob beradigan kadrlar tayyorlash uchun yangi texnika vositalaridan foydalanish lozim bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |