Tajribani umumlashtirish
Boks mutaxassislari bilan olib borilgan suxbatlarda sportchilarning musobaqa janglaridagi faoliyatining eng muhim tarkiblari aniqlandi. Ularni baholash orqali shug‘ullanuvchilar malakasining darajasi to‘g‘risida tasavvur xosil qilish mumkin. Olishuvlarda harakatlar qo‘llanilishining axborotli ko‘rsatkichlari orasidan quyidagilar ajratib olindi:
qarshi xujumlar xajmlari;
qarshi xujumlar natijaliligi;
qarshilovchi zarbalar xajmlari;
ximoyalanishlar xajmlari;
pastdan zarba bilan xujumlarning xajmlari;
pastdan zarba bilan xujumlarning natijaliligi;
"blok" yordamida ximoyalanishlarning xajmlari;
"shungish" bilan ximoyalanish xajmlari;
- xar xil tik turish variantlarining qo‘llanilish xajmlari. Tajribani umumlashtirish musobaqalar davomida etakchi murabbiylar
va pedagoglar bilan olib borilgan suxbatlar asosida 2006 yil fevral oyidan 2006 yil may oyiga qadar olib borildi. Hammasi bo‘lib 25 nafar mutaxassis so‘rovdan o‘tdi, ular orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiylar B.S.Gazizov, M.G.Kuchkarov, A.A.Razmaxov, A.Karimov, A.D.Din, Sh.Xudoyberdiev, A.Qodirov, T.K.Gulyamov, pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar va professorlar V.N.Shin, R.D.Xalmuxamedov, F.K.Turdiev va boshkalar bor.
Pedagogik kuzatuvlar
Pedagogik kuzatuvlar deganda tekshirilayotgan ob’ektlarning avvaldan rejalashtiriladigan doimiy idrok qilinishi, pedagogik xodisalarning taxlil etilishi tushuniladi. Ushbu metod sportchilar tomonidan musobaqa faoliyati sharoitlarida yoki mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan harakat operatsiyalari tarkibini o‘rganish zarur bo‘lgan xollarda samarali hisoblanadi.
Yakkakurashda va sport o‘yinlarida faoliyatni tadqiq qilishda sportchilar harakatlarining mazmuniy tomonlarini taxlil qilish maqsadida pedagogik kuzatuvlar metodi beqiyos ahamiyatga ega. U hozirgi paytda takomillashib bormokda, videotexnologiyalar qo‘llanilmokda, biroq avval ishlab chiqilgan mezonlar asosida ham kayd qilingan harakatlarga baxo berish mumkin bo‘ladi.
Boks nazariyasi va metodikasi soxasidagi mutaxassislar bir necha un yillar davomida musobaqa janglarini yozib borish usullarini kullab keladilar hamda uni takomillashtirib bormokdalar. Janglarni yozib borish usuli pedagogik kuzatuv shakllaridan biri hisoblanadi.
Pedagogik kuzatuvlar yordamida yosh bokschilarning texnik-taktik tayyorgarligi xususiyatlarini o‘rganish maqsadida bokschilar tomonidan mashg‘ulot janglari va rasmiy musobaqalarda qo‘llaniladigan harakatlar turlari aniqlab olindi. Bunda sportchilar tomonidan qo‘llaniladigan harakatlarni notatsion- grafik kayd qilish metodikasidan foydalanildi.
Ushbu metodika boks nazariyasi va metodikasi soxasidagi kupgina ilmiy ishlarda, tajribada sinovdan utgan.
Mazkur tadqiqotlarda sportchilar mashg‘ulot va musobaqa faoliyatining quyidagi ob’ektlari kayd qilindi:
xujumlar bajarilishining sifat, mikdoriy va maksadli tavsiflarini hisobga olgan xolda ularning turlari (tyg‘ridan zarba bilan, pastdan zarba bilan, yondan zarba bilan);
jang vaziyatlarida qo‘llanilishining laxzali tavsiflari bilan farqlanuvchi xujumlarning turlari (asosiy tayyorgarlikka qarshi, javob, takroriy);
javob qaytarish bilan ximoyalanishlar turlari: blok, Og‘ish, tayyorgarliklar, chekinishlar, qaytarishlar, shuetishlar;
xujumlar va javoblarga qarshilik ko‘rsatiladigan qarshilovchi xujumlar (qarshi xujumlar va qarshilovchi zarbalar);
tayyorgarlik harakatlarining turlari (aldamchi zarbalar (fintlar), oyoklar va gavdaning aldamchi harakatlari, zarbalar imitatsiyasi, manyovr olib borish, xar xil tik turish variantlarini topish);
harakatlarni tanlash va qo‘llashning turli taktik tavsiflari bilan ularning qo‘llanilish ko‘rsatkichlari (xujumkorlik tarzida, ximoyalanish tarzida, manyovr olib borish tarzida, pozitsion tarzda, tez tarzda, poylash tarzida);
shiddat darajasi xar xil bo‘lgan vaziyatlarda jang olib borish ko‘rsatkichlari;
turli xil taktik tavsiflarga ega harakatlarni bajarishga bo‘lgan tayyorgarlik darajasini va reaktsiya qilishlar xususiyatlarini aks ettiruvchi shunday harakatlarning qo‘llanilish ko‘rsatkichlari (maksadli, ekspromt tarzda, maksadli- ekspromt, shartlangan, tanlash bilan, bir harakatdan ikkinchisiga o‘tish bilan).
Olishuvlarda harakatlarning qo‘llanilish ko‘rsatkichlrini taxlil qilishda quyidagi metrologik paramerlar hisoblab chiqarildi:
xujum turlarining xajmlari va natijaliligi;
xujumlarga qarshilik ko‘rsatuvchi vositalar turlarining xajmlari va natijaliligi (javob bilan ximoyalanishlar va qarshi xujumlar);
javob qaytarishlarga qarshilik ko‘rsatuvchi vositalar xajmlari va natijaliligi (qarshi javoblar bilan qarshi ximoyalanishlar va qarshilovchi zarbalar).
Pedagogik kuzatuvlar uchun maxsus bayonnomalar kuzda tutilgan edi. Musobaqa faoliyatining xar bir harakat operatsiyasi va tarkibi xarfli yoki rakamli belgi yordamida belgilab borildi. Avval xar bir bokschi uchun hamma parametrlar bo‘yicha qiymatlar hisoblab chiqarildi, keyin esa hamma uchun o‘rtacha qiymatlar topildi. Olishuvlarni kuzatish va yozib olish 3 nafar tadqiqotchidan iborat gurux tomonidan amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida (pedagogik tajribani qo‘shib) mashg‘ulotlar va musobaqalar vaqtida 748 ta jang yozib olindi va taxlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |