Dissertatsiyada qo‘yilgan vazifalar quyidagi tadqiqot metodlari yordamida xal etildi:
Ilmiy-metodik adabiyotlarning taxlili.
Nazariy taxlil.
Tajribani umumlashtirish.
Pedagogik kuzatuvlar.
Pedagogik tajriba.
Matematik statistika metodlari.
Ilmiy-metodik adabiyotlarning taxlili
Yosh bokschilarning texnik-taktik takomillashuvi metodik asoslarining nazariy jixatdan va tajribada ishlab chiqilganlik darajasi boks bo‘yicha ilmiy- metodik adabiyotlarning xar tomonlama taxlil qilinishini baholashga imkon beradi.
Boksda mashg‘ulotlarni tuzish bo‘yicha nazariy va metodik qonuniyatlarni aks ettiruvchi adabiyot manbalarini o‘rganish jang olib borish vositalarining mustaxkam va sportchilarning individual qobiliyatlariga mos tarkibini shakllantirish vositalari hamda xususiy metodikalari to‘g‘risida ishonchli tasavvurlarni xosil kiladi.
Yosh bokschilarning tayyorgarlik jarayoni etarlicha tadqiq qilinganligini hisobga olib, bokschilarning mashg‘ulot janglarida va musobaqalardagi musobaqa faoliyati operatsiyalari tarkibini o‘rganish muhim ko‘rinadi. Buning uchun sport yakkakurashlari nazariyasi va metodikasida ko‘p marotaba tajribada sinalgan tadqiqot metodlari jalb qilinadi.
Nazariy taxlil
Bokschilarning texnik-taktik tayyorgarligi darajasini oshirish muammosi ma’lum jixatdan shug‘ullanuvchilarning jangovar amaliyotini takomillashtirishga yunaltirilgan o‘quv jarayoni kismining samaradorligi bilan uzaro bog‘liq. Shu bilan birga, tadqiqot ma’lumotlariga kura, mashg‘ulot janglarini va musobaqalarda olishuvlarni olib borish sharoitlarida va birinchi navbatda, musobaqa faoliyatining psixik shiddati darajasiga kura jiddiy farqlar aniqlangan. Shuning uchun quyidagini taklif etish xakkoniy bulardiki, stress-omillar va rasmiy musobaqalarning borishi mobaynida G‘alabaga bo‘lgan da’vogarlikning o‘zgarib turishi jang olib borish taktikasiga, qo‘llaniladigan harakatlar tarkibiga va ularning natijaliligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bokschilarda nazariy janglar hamda musobaqalardagi olishuvlarni olib borish modeli nazariy taxlil qilib chiqildi.
Tadqiqot katnashchilari toifalari o‘rtasida, jang olib borish qoidalari bir xilda bo‘lishiga qaramasdan, harakatlar tarkibidagi farqlarni belgilab beruvchi sabab- natija bog‘liqligi aniqlandi.
Boks nazariyasi va metodikasida ma’lum bo‘lgan malakali sportchilarda harakatlar tarkibini takomillashtirishga, ma’lum bir xujum turlari va xujumlarga qarshilik ko‘rsatiladigan vositalarning natijaliligini oshirishga yunaltirilgan jangovar amaliyotini tashkil etish yunalishi hamda pedagogik xususiyatlari taxlil qilindi.
Mashg‘ulot janglarini olib borishning xar xil taktik ko‘rsatmalari va modellarining mashg‘ulotlarda o‘zlashtirilgan harakatlarning musobaqa
sharoitlariga ko‘chish jarayoniga ta’siri to‘g‘risidagi fikr-muloxazalar taqqoslab ko‘rildi.
Bizni kiziktirgan masalalar bo‘yicha vatanimiz va xorijiy adabiyotlarning taxlili tadqiqot mavzusi va metodologiyasini aniqlashga, tadqiqot maqsadi va vazifalarini aniqlashtirishga, tekshirilayotgan muammoga mos keladigan tadqiqot metodlarini tanlashga imkon berdi. Hammasi bo‘lib 166 ta adabiyot manbai urganib chiqildi va taxlil qilindi.