Oliy va oʻrta maxsus ta’lim


-rasm. Mehnat faoliyatining asoslari



Download 3,88 Mb.
bet126/252
Sana09.06.2022
Hajmi3,88 Mb.
#647199
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   252
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

2-rasm. Mehnat faoliyatining asoslari


Huquqiy asoslar — ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bogʻliq huquqiy hujjatlar).

  1. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. Korxona miqyosida mehnat taqsimoti amalga oshirilib, uning kooperatsiyasi puxta oʻylab koʻrilgandan keyin korxona ichida mehnatni chuqur taqsimlash va kooperatsiyalashni amalga oshirish – alohida uchastkalar, xodimlar oʻrtasida mehnatni taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga qoʻyish, ular faoliyatining oʻzaro bogʻlanishi va sinxronizatsiyasini ta’minlash imkonini beradi.

  2. Mehnat jarayonlarini tashkil etish. Mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash mehnat jarayonlarini tashkil etish, ya’ni aniq ish turini bajarishda qoʻllaniladigan usullarni belgilab olishni nazarda tutadi. Mehnat jarayonlarini oʻrganib chiqish va uni amalga oshirishga qancha ish vaqti sarflanishi zarurligini aniqlash eng yaxshi ish usullarini tanlash, ish joylarini oqilona taqsimlash imkonini beradi.

  3. Mehnatni me’yorlash. Mehnat me’yorini belgilamasdan turib, xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlab boʻlmaydi. Mehnatni me’yorlash xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning turli variantlarini baholash vositasi boʻlib xizmat qiladi. Har qanday tashkiliy oʻzgarish ish vaqti sarflariga ma’lum darajada ta’sir etishi tufayli mehnatni me’yorlash ushbu oʻzgarishlarni miqdoran baholab, eng oqilona variantni tanlash imkonini beradi.

  4. Ish joylarini tashkil etish. Mehnat jarayoni ma’lum vaqt va makonda amalga oshiriladi. Ish joyi mehnatni makoniy qoʻllash ob’ekti boʻladi. Ish joyi ishlab chiqarish jarayonining birlamchi boʻgʻini va tashkiliy-texnikaviy negizidir. Aynan unda ushbu jarayon uch asosiy elementining birlashishi roʻy beradi va uning bosh maqsadi – mehnat buyumining moddiy jihatdan oʻzgartirilishiga erishiladi. Shu sababli ishlab chiqarish topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun har bir ish joyi aniq ishning tabiatiga koʻra muayyan tarzda tashkil qilingan boʻlishi.

. Mehnat sharoitlari. Mehnat sharoitlarini yaratish xodimlar faoliyatini ma’naviy va moddiy jihatdan ta’minlashning ajralmas qismi boʻladi. Mehnat sharoitlari insonning salomatligi va ish qobiliyatiga katta ta’sir koʻrsatadigan muhim omildir. Mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishning qiziqarliligini oshirib, mehnatga ijodiy munosabatda boʻlishiga koʻmaklashib, katta ijtimoiy vazifani ham bajaradi.

209


  1. Mehnat va dam olish tartiblari. Bir qator mualliflar mehnat va dam olish tartiblarini takomillashtirish masalalarini mehnat sharoitlarini oqilonalashtirishning yagona muammosi doirasida koʻrib chiqadilar. Biz bunday yondashuvga e’tiroz qilmaymiz, lekin ushbu masalalar ma’lum xususiyatlarga ega ekanligi va nisbatan mustaqilligi tufayli ularni xodimlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning alohida elementi deb qarash maqsadga muvofiqdir.

  2. Xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish. Tashkiliy vazifalarni hal qilishda xodimlarni tayyorlash va ularning faollik darajasini oshirish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlarini rivojlantirish xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirishga yondashishni tubdan oʻzgartiradi. Yangi sharoitlarda xodimlar bilan ishlash sohasida vaziyatga moslashuvchanlik zarur, ya’ni kasbiy tuzilma ishlab chiqarishning texnikaviy negizi oʻzgarib borishiga muvofiq ravishda oʻzgaruvchan boʻlishi lozim.

  3. Mehnatni ragʻbatlantirish. Mehnatni moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirish tizimini yaratish ish haqi, lavozim maoshi turlari va tizimlaridan foydalanish, mukofotlash tizimlarini ishlab chiqish kabilarni nazarda tutadi. Mehnatni ragʻbatlantirishni tashkil etish mehnat faoliyatida yuksak koʻrsatkichlarga erishish maqsadida ish vaqtidan oqilona foydalanish, ilgʻor ish usullarini oʻzlashtirish, ish joylarini yaxshiroq tashkil etish, ishda zaruriy aniqlik va uyushqoqlikni ta’minlashga qaratilishi lozim.

  4. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari. Hozirgi vaqtda «ijtimoiy-mehnat munosabat- lari» atamasi ilmiy iste’molga kirib qoldi va faol ravishda ishlatilmoqda. U nomlayotgan realliklarni tarkibiy element sifatida xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashga kiritish oʻrinlidir.

  5. Mehnat intizomi. Korxona xodimlarining umumiy mehnat natijalari har bir xodimning shaxsiy mehnat natijalariga bogʻliqdir. Shu sababli ularning birgalikda faoliyat olib borishlari uchun muayyan tartibni saqlab borish, ishning boshlanishi va tugallanishi, tanaffuslar va hokazolarga rioya etish lozim. Bundan tashqari esa mehnat intizomini saqlab borishning aniq mexanizmi ham zarur.


Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish