Streotip qarorlar odatda raxbar faoliyati qat’iy ravishda yoʻriqnomalar, me’yoriy xujjatlar doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan xollarda qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba’zan kundalik, ba’zan keskin masalalar boʻyicha qabul qilinadi, lekin oʻzgarishlar asosag muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga ijrochilarga taaluqli boʻlib, umumiy tizim esa avvalgicha qolaveradigan vaziyatda qabul qilinadi. Bunday gap aslini olshagda xoʻjalik ob’ekti ishlashining mavjud mexanizmini saqlab qolish xaqida boradi.
Raxbar streotip qarorlarni odatda ancha tez, koʻp tayyorgarlik koʻrmasdan turib qabul qiladi.
Xodimlarni qabul qilish va ishdan boʻshatish, korxonani faoliyatini risoladigidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin.
Tashabbusli qarorlar oʻz tavsifiga koʻra novatorlarcha, mazmuniga koʻra istiqbolli boʻlgan qarorlardir. Bunday qarorlar ilk bor vujudga keladi. Bunday qaorlar mavjud vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil oʻrganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanini, maxsus xisob-kitoblarning bajarilishini jalb qiladi.
Tashabbusli qarorlar erkin xarakatga asolanib qabul qilinadi.
An’anaviy qarorlar- bu odatiy vaziyatlarda qubl qilinadigan qaorlardir. Ularning xarkat doirasi olidan ma’lumdir. Bunga korxona yoki firmaning ishlab chiqarish dasturini qabul qilish yuzasidan qabul qilingan qaror. Misol boʻla oladi. Tavsiyali qarorlar oʻz mohiyatiga koʻra tashabbusli qarorlarga yaqindir. Bunday qarorlarga korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar oʻz aksini topadi.
Aniq qaorlar toʻla-toʻkich axborot mavjud boʻlgan xoldagina qabul qilinadi. Shu sababli bunday qaorlarning amalga oshish extimolligi bIrga yaqin boʻladi. Noaniq qaorlar- bu tavvakal bilan chala axborotga asosnalib qabul qilinadigan qaorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan natijalarga baxo berish imkoniyachti boʻlmagan xollarda tavvakal qilib qabul qilinadigan qarorlardir.
Masalan, Mudofaa vazirligining eng yangi, murakkab qurolni yaratish toʻgʻrisidjagi loyixani tasdiqlash boʻyicha qabul qilingan qarori odatda noaniq qaror shaklida boʻladi. Chunki ishlab chiqarilgan qurolning qanchalik samarali yoki samarasiz boʻlishi uning jangda qanchalik yaratganligi, nechogʻlik moʻljallaganimizni oqlagani bilan isbotlanadi. Extimol, taxmin qilgan urush boʻlmay qolishi, tavvakal qilib ishlab chiqarilgan yangi qurolimizga esa extiyoj xam tugʻilmaslgi mumkin.
Ana shunday va shunga oʻxshash xollarda qubl qilingan qarorlar odatda noaniq yoki tavvakal qalib qabul qilingan qarorlar xisoblanadi.
Amal qilish xarakteriga qarab boshqaruv qarorlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
*vaqtinchalik qarorlar
*tezkor (operativ) qarorlar
*muntazam qarorlar
*vaqti-vaqti bilan qaboʻl qilinadigan qarorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |