Maktab ta’limi va firma ichida oʻqitish oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishi Yapon korxonalarining vakillari endigina oʻquv yurtlarini tamomlaganlar orasidan asosiy xodimlarni tanlab oladilar va uzoq muddatli bandlikni hisobga olgan holda, korxonalari uchun mos keladiganlarini oladilar. Odatda, ishga qabul qilinganlarga korxonada aniq bir vazifa ularning malakalari va qobiliyatlariga qarab beriladi. Shu sababdan yollash jarayonida nomzodlarning shu paytdagi bilimlari va xususiyatlaridan tashqari, ularning oʻqishga boʻlgan qobiliyatlari va moslasha olish xususiyatlariga ham e’tibor beradilar.Shu tomonlari bilan yapon yollash jarayoni AQSh va Yevropadagidan keskin farq qiladi. Yollashga bunday yondashuv maktablarda, professional oʻrta maktablarda va OOʻYularida fundamental bilim berishga asoslangan yapon kadrlar tayyorlash tizimi bilan bogʻliq. Ma’lum bir kasb uchun zarur boʻladigan maxsus malaka va texnik bilim firma ichidagi oʻqitish jarayonida beriladi.
Yuqori oʻrta texnik maktablarning ahamiyati.Yaponiyada yuqori oʻrta maktablar umumta’lim va kasb maktablariga boʻlinadi. 1990 yilda yuqori oʻrta maktab oʻquvchilarining 13 % texnika maktablari hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, 2000 yilda 10 %ga, va 2004 yilga kelib 8 %ga tushib qoldi. Natijada yuqori qobiliyatli texnika oʻquvchilarini yigʻib olish qiyin boʻlib qoldi. Korxonalar oddiy maktabdan koʻra texnika maktab bitiruvchilarini ma’qul koʻrishardi. Texnika maktablari bitiruvchilari yuqori texnik malaka talab qiluvchi instrumentlar va tajriba uchastkalariga taqsimlanadi. Texnika maktablari oʻrta boʻgʻin muhandis-texnik xodimlarini tayyorlashga moʻljallangan boʻlsa-da, hozirgi kunda ularning bitiruvchilari malakali ishchilar sifatida yuqoriroq oʻrinlarga ham ishga joylashmoqda.
Firma ichida oʻqitish. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mutaxassislari 1972 yilda ishchi kuchi borasida olib borilayotgan siyosatni oʻrganib chiqdilar va “Yaponiyadagi ishchi kuchi siyosati” nomli hisobotni tayyorlab nashr qildilar. Unda shunday deyiladi, “tekshirishni olib borgan bizlar qanday qilib professional tayyorgarlikka ega boʻlmagan bitiruvchilar ishga qabul qilingach, malakali mutaxassislarga aylanishiga tushunmaganligimizga iqror boʻlishimiz kerak. Albatta korxonalarda ma’lum darajada oʻqitiladi, lekin bu qisqa muddatli oʻqitish boʻlib, koʻpincha davlat tomonidan tasdiqlanmaydi, shunga muvofiq ravishda moddiy ragʻbatlantirish olmaydi. Ish vaqtida oʻqitish (IVOʻ) tufayli mutaxassislar tayyorlansa kerak”. IXTT mutaxassislari bu faktni izohlab berishga qiynalib qolishdi, chunki Yaponiyadagi mavjud muntazam professional oʻqitish evropa standartlariga koʻra etarli emas, ammo bu mamlakatda malakali mutaxassislar salmogʻi juda yuqori.
IVOʻ yordamida kadrlar tayyorlash. Yapon korxonalarida oʻqitish IVOʻ, ishdan tashqarida oʻqitish (ITOʻ) va mustaqil oʻqishga asoslanadi. IVOʻga koʻproq ahamiyat beriladi. IVOʻ “koʻrgin va taqlid qil” qabilidagi tayyorlovga olib keladi xolos, degan xavf mavjud, lekin yapon korxonalarida mehnatning tarbiyaviy xislatlari IVOʻning samaradorligini oshiradi degan tushuncha xukmron. Shu sababli quyidagi holatlar muhim hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |