Topshiriqlar:
Kompyuterning asosiy qurilmalarini o’rganing
Klaviaturada klavishalar bilan tanishib chiqing
Boshqaruvga oid klavishalarni tasniflang
Funktsional klavishalarni tasniflang
Klaviaturani boshqarishingiz uchun matnli fayl hosil qiling.
Flesh-xotira bilan ishlash: fleshkani o’qiting, faylni tanlang va D: diskga ko’chiring, faylni o’chiring.
Fleshkani disklar ro’yhatidan chiqaring
Amaliy mashg`ulot №3
Mavzu: Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari. Axborotlarni saqlash qurilmalari. Qattiq disklar, ularning xavfsizligi va konfidensialligi (maxfiyligi). Ma'lumotlarni saqlash: bit va bayt. Kompyuter portlari va razyomlari (ulagichlari).
Maqsad: Klaviatura bilan ishlashni, Xotira qurilmalari, axborotlarni kiritish- chiqarish qurilmalarida bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
Texnik vosita: Komp’yuter va Windows operatsion sistemasi ta`minoti.
Amaliy mashg`ulot rejasi: 1.Kompyuterning ichki qurilmalari
Axborotlarni kiritish qurilmasi
Sichqoncha bilan ishlash
Kompyuterning asosiy qismlari tizim blokida joylashgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan) mikroprossesor, qurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrollerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk yurituvchi qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver), faqat o‘qish uchun moijallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory), (CD Writer) lazer disk yozish qurilmasi, shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Mikroprossesor- kompyuterning amal bajaradigan qismi bo‘lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi.
Mikroprossesor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprossesorlar ishlatiladi.
Xotira- kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko‘p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo‘lib, muharrir undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o‘chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |