Oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Download 1,4 Mb.
bet49/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Milliy amaliyot bo‘yicha baholash yo‘nalishlari

AQShd
a

Yaponiyad
a

Germaniyad
a

Kodeksni joriy etishga tayyorlanish taomillarini baholash

...

...

...

Kodeks tavsiyalariga amal qilinishini baholash

...

...

...

AJ tashkiliy tuzilmasi muvofiqligini baholash

...

...

...

Tanlov o‘tkazilishini baholash

...

...

...

MHXS va XASga muvofiq e’lon qilishga o‘tishni baholash

...

...

...

Zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy etilishini baholash (ISO, ERP, ITTKI va b.)

...

...

...

Axborot siyosatini baholash

...

...

...

Moliyaviy natijalarni baholash

...

...

...

AJ faoliyatining boshqa yo‘nalishlarini baholash

...

...

...

VII bob. KORPORATIV NIZOLARNING OLDINI OLISH VA MANFЕDRASIAATLAR TO‘QNASHUVINI SAMARALI BOSHQARISH





    1. Korporativ nizolar, ularning yuzaga kelish sabablari va tasniflanishi

Milliy va xalqaro tajribaning ko‘rsatishicha, korporativ munosabatlarda nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi ko‘p kuzatiladigan holatlardan biridir. Shu boisdan korporativ boshqaruv ishtirokchilarining korporativ nizolar mohiyati, yuzaga kelish sabablari va keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, bunday vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ichki va tashqi imkoniyatlar, davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari kabilarni bilishlari va amalda qo‘llay olishlari shart hisoblanadi. Bunda manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish masalasi birinchi navbatdagi masala hisolanadi. Keltirilayotgan jihatlarni chuqurroq o‘rganish maqsadida quyida korporativ nizolarning mohiyati, yuzaga kelish sabablari va oqibatlariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Korporativ munosabatlar sub’ektlari o‘rtasidagi manfaatlar qarama- qarshiligi korporativ nizolarning asosi hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati va korporativ boshqaruv amaliyotiga doir masalalar bo‘yicha jarayon ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilmasligi natijasida yuzaga keladigan nizolar korporativ nizolarni anglatadi. Bunda korporativ munosabatlar ishtirokchilari korporativ nizolarning sub’ektlari sifatida namoyon bo‘lsa, tomonlarning manfaatlari korporativ nizolarning ob’ekti sifatida ko‘zga tashlanadi.
Korporativ tuzilmalarda korporativ munosabatlar sub’ektlari o‘rtasidagi ziddiyatlar quyidagi oqibatlardan biri natijasida yuzaga kelishi mumkin:

  • aksiyador yoki aksiyadorlar guruhi huquqlari, aksiyadorlik jamiyati ustavi yoki boshqa ichki hujjatlar, umumiy olganda amaldagi qonunchilik me’yorlari buzilishi;

  • korporativ tuzilmalarda axborot yopiqligi;

  • foydani taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlar va aksiyadorlar noroziligi;

  • qabul qilingan qarorlar mohiyati asosida aksiyadorlik jamiyatiga, uning boshqaruv organlariga nisbatan da’volar qo‘zg‘atilishi;

  • boshqaruv organlari vakolatlarining muddatidan oldin tugatilishi;

  • ijroiya organi a’zolari bilan mehnat shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi;

  • aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha nazoratni qo‘lga olishga intilishi;

  • aksiyadorlar tarkibidagi jiddiy o‘zgarishlar (g‘arazli aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga kirib kelishi).

Shuningdek, yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda boshqaruvchilarni javobgarlikka tortish bo‘yicha samarali mexanizmlarning mavjud emasligi, korporativ tuzilma faoliyati ustidan ichki nazoratning sustligi, korporativ tortishuvlarga nisbatan sud amaliyotining sustligi kabilar ham korporativ nizolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan korporativ nizolarning yuzaga kelish sabablarining har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Korporativ tuzilmalar axborot yopiqligi masalasi mamlakatimizda muntazam ravishda kuzatilib kelinayotgan holat hisoblanadi. Bu holat ma’lum darajada ma’muriy bosimning saqlanib qolinayotganligi, korporativ birlashmalar (xoldinglar) faoliyati keng yo‘lga qo‘yilganligi bilan izohlanadi. Shu o‘rinda axborot shaffofligi va axborotlarni oshkor qilishning xavfliligi o‘rtasida qarama- qarshilik mavjudligini ham alohida qayd etish zarur. Axborotlar shaffofligi insayderlik ma’lumotlaridan foydalanishni to‘xatib qo‘yish orqali korporativ nizolarning oldini olish vositasi sifatida xizmat qiladi. Axborotlarni oshkor qilishning xavfliligi esa g‘arazli qo‘shib olishlarga hamda ma’lum bir tomonlarning ma’muriy bosimini kuytirishiga olib keluvchi omil sifatida ham qaralishi bilan izohlanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlaridagi axborot yopiqligi korporativ qimmatli qog‘ozlar orqali moliyalashtirish bilan birga tijorat banklari tomonidan kreditlash amaliyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday holatda investorlarning aksiyadorlik jamiyati moliyaviy barqaroligi, bozordagi nufuzi, to‘lovga qobiliyatligini baholash bir muncha murakkab kechadi va ma’lum darajada yuqori risk mavjud, deya qaraladi.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda qayd etish kerakki, axborot yopiqligi korporativ munosabatlar alohida ishtirokchilari tomonidan ko‘rilgan foydani o‘zlashtirish maqsadida insayderlik (ichki) ma’lumotlardan foydalanilishiga olib keladi. Bu jihat o‘z navbatida korporativ nizolarga sabab bo‘ladi. Aynan shuning uchun ham axborot yopiqligining oldini olish insayderlik ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanishdan vositasi sifatida xizmat qiladi.
Korporativ boshqaruvdagi jiddiy muammolardan biri boshqaruv funktsiyalarini bajaruvchi shaxslarga nisbatan real yuridik javobgarlikning mavjud emasligidir. O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyalorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 81-moddasida kuzatuv kengashi a’zolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv a’zolarining, ishonchli boshqaruvchining javobgarligi belgilangan. Unga ko‘ra, kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyat direktori va boshqaruvi a’zolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda va o‘z majburiyatlarini bajarishda jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi lozim. Agar bir nechta shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik bo‘ladi. Jamiyatga zarar etkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, boshqaruv a’zolari javobgar bo‘lmaydi. Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi bo‘lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga etkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida top-menejerlarga nisbatan ham javobgarlik choralari qat’iy belgilab qo‘yilganligi asosida mamlakatimizda ham bunday amaliyotga o‘tish ahamiyatga ega.
Ichki nazorat tizimida ichki audit xizmati va taftish komissiyasining samarali faoliyat yuritishi aksiyadorlar uchun muhim sanaladi. Lekin bunda ichki nazorat tizimining mustaqilligini ta’minlash muhim sanaladi. Aks holda ichki nazoratning zaifligi kuzatuv kengashi va boshqaruv a’lozarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzaga kelishiga va korporativ nizolarga olib keladi. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida ham ichki audit xizmati va taftish komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish nuqtai nazaridan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
Korporativ tortishuvlarga nisbatan sud nazoratining etarli darajada ixtisoslashmaganligi ham korporativ nizolarga sabab bo‘lmoqda. Korporativ nizolarga doir muammolarni to‘liq hal qilish uchun korporativ tortishuvlarning alohida jihatlarini chuqur o‘rgangan holda samarali sud tizimi amal qilishini ta’minlash muhim. Mamlakatimizda bu boradagi masalalarni hal qilish maqsadida 2006 yil 16 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni ham qabul qilingan va hakamlik (arbitraj) sudlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Korporativ nizolarni turli yondashuvlar asosida quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin (7.1-jadval):
7.1-jadval

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish