Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish



Download 1,4 Mb.
bet52/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish


Har qanday turdagi manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf qilish uchun kompaniyaning Boshqaruv va nazorat organlari, mansabdor shaxslari, xodimlari quyidagilarni amalga oshirishlari shart:

  • qonunchilik, me’yoriy hujjatlar, kompaniya ustavi va ichki hujjatlari talablariga amal qilish;

  • kompaniyaning daromadliligini strategik va biznes-rejada belgilangan ko‘rsatkichlarga etkazilishini ta’minlash;

  • manfaatlar qarama-qarshiligini keltirib chiqaruvchi qarorlar va harakatlardan cheklanish;

  • kompaniyaning samarali boshqarilishini ta’minlash;

  • kompaniyaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish kabi noqonuniy faoliyatga kirib qolishining oldini olish;

  • kompaniya faoliyati uchun asosiy daromad manbalari bo‘lgan faoliyatning maksimal daromadlilikka etkazilishini ta’minlash;

  • qonunchilik talablariga asosan har chorakda kompaniya kuzatuv kengashiga hisobotlar berish;

  • kompaniya ustavi va ichki hujjatlariga muvofiq ichki nazoratni joriy qilish;

  • qonunchilikda belgilangan yirik bitimlar, alohida yoki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan birgalikdagi summasi belgilangan miqdordan oshuvchi bitimlarni vakolatidan kelib chiqib kompaniya kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori asosida amalga oshirish;

  • nazorat organlari tomonidan barcha yirik va affillangan shaxslar bilan amalga oshirilgan bitimlarni doimiy o‘rganib borilishini ta’minlash va nazorat qilish;

  • qonunchilikda belgilangan hollarda va zaruriyat tug‘ilganda kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan qarorlar qabul qilishda aktivlarning bahosini aniqlash uchun mustaqil ekspertlarni jalb qilish;

  • affillangan shaxslar hisobini yuritish;

  • kompaniyaning vakolatli organining oldindan roziligisiz affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzmaslik;

  • yuqori organ ruxsatisiz boshqa tashkilotlar boshqaruv va nazorat organlariga kirmaslik (a’zo bo‘lmaslik);

  • kompaniyaning axborot siyosati va qonunchilik talablariga muvofiq kompaniya faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z vaqtida va to‘liq oshkor qilinishini ta’minlash;

  • aksiyadorlarga, nazorat qiluvchi organlarga, kreditorlarga, boshqa manfaatdor taraflarga hamda reklama maqsadida taqdim qilinadigan moliyaviy va boshqa hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash;

  • kompaniyaning xodimlari va mansabdor shaxslari tomonidan ularning xizmat vazifasini bajarishda ma’lum bo‘lgan kompaniya to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligini ta’minlash;

  • ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot tarqatish vositalaridagi kompaniya to‘g‘risidagi salbiy axborotlarning haqqoniyligi va to‘g‘ri yondashilganligini nazorat qilib borish. Tarqatiladigan har bir salbiy va noto‘g‘ri axborotlarni o‘rganib borish va ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rish;

  • kompaniya ichki nazorat tizimidagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf

qilish;

  • boshqaruv organlari va nazorat organlari a’zolariga to‘lanadigan

mukofotlarning adekvatligini ta’minlash, ularning miqdorini erishilgan yutuqlar natijasiga mutanosibligini ta’minlash;

  • professional va korporativ etika tamoyillarini ta’minlash.

Kompaniyaning Boshqaruv va nazorat organlari, mansabdor shaxslar, xodimlar va mijozlar o‘rtasida manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish va uni boshqarish maqsadida quyidagilar ham amalga oshirilishi shart:
-O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, normativ hujjatlar, kompaniya ustavi va ichki hujjatlari talablariga muvofiq minoritar va majoritar aksiyadorlar huquqlarini ta’minlash;
-qonunchilik talablariga muvofiq oshkor qilinishi lozim bo‘lgan axborotni o‘z vaqtida aksiyadorlarga etkazilishini ta’minlash;
-hisoblangan dividendlarni o‘z muddatida to‘lanishini ta’minlash;
-aksiyadorlarga qarama-qarshiliklarni tug‘dirishi mumkin bo‘lgan savollar bo‘yicha asosli axborotlarni taqdim qilish;
-raqobatchi tashkilotlar aksiyalarini sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzishda hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlariga ishtirok etish uchun kompaniyaning boshqaruv organlari qiziqishi bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash;
-kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ob’ektiv, betaraf va jamiyat rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida uning tarkibiga mustaqil nomzodlarni kiritishga intilish.
Kompaniyaning boshqaruv va nazorat organlari, mansabdor shaxslari, xodimlar hamda mijozlar o‘rtasida manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish va uni boshqarish maqsadida kompaniyaning boshqaruv va nazorat organlari, mansabdor shaxslari, xodimlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
-belgilangan tartibda kompaniya to‘g‘risidagi axborotlarni berib borish;
-tijorat siri va qonunchilik talablari asosida oshkor qilinmasligi belgilab qo‘yilgan axborotlardan foydalanishda ularning sirligini ta’minlash;
-xizmat ko‘rsatishda oshkor qilingan tariflar bo‘yicha va shartnomada kelishilgan summada to‘lovlarni undirilishini ta’minlash;
-kompaniya ishchanlik obro‘yiga salbiy ta’sir qiluvchi taraflar bilan ishlamaslik;
-o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishda professional va vijdonan yondashish;
-xodimlar va mijozlar tomonidan oshkora xatoliklarga (shu jumladan shartnoma imzolashda, talabnoma berishda) yo‘l qo‘yilganda bu xatodan o‘z maqsadi yo‘liga foydalanmaslik va bu xatoni to‘g‘rilashga amaliy yordam berish;
-shartnoma asosida taraflarga xizmat ko‘rsatish davomida tavsiyalar berishda bu boradagi mavjud axborotlarni vijdonan tahlil qilgan holda tavsiyalar berish;
-kompaniyaning faoliyati davomida yig‘ilgan hamda xizmat yoki tijorat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar va tajribalar yig‘ilgan qog‘oz, magnit tasma, elektron yoki boshqa vositalardagi axborotlar tegishli boshqaruv organi ruxsatisiz nusxa olish, sotish, birovga berish, almashtirish va boshqa shu kabi tarqatilishini oldini olish tizimini takomillashtirish.
Mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan o‘z xizmat vazifasini ijro etishda kompaniya hamda ular o‘rtasida manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish maqsadida ular quyidagilarni amalga oshirishlari shart:
-biznes etikasi normalari va professional etika tamoyillariga rioya etish;

    • shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

    • kompaniya bilan raqobatdosh tashkilotlar aksiyalarini sotib olish yoki ustav kapitaliga ishtirok etishda yuqori boshqaruv va nazorat organini bildirgan holda bu kabi operatsiyalarni amalga oshirish;

    • manfaatlar qarama-qarshiligini keltirib chiqaruvchi holatlarni vujudga kelishidan oldin yuqori boshqaruv organini bu to‘g‘rida o‘z vaqtida ogohlantirish;

    • kompaniya bilan tijorat operatsiyalari olib borayotgan yoki olib borishi rejalashtirilgan mansabdor shaxs, yoki uning oila a’zolarining moliyaviy qiziqishi mavjud bo‘lgan,yoki affillangan tashkilotlar to‘g‘risida yuqori mansabdor shaxsga yozma bildirish;

  • kompaniya hamda mansabdor shaxs yoki uning oila a’zolarining moliyaviy qiziqishi mavjud bo‘lgan yoki affillangan tashkilot munosabatlariga bevosita ta’sir qiluvchi har qanday harakatlar qilishdan cheklanish;

  • kompaniya manfaatlari bilan manfaatlari qarama-qarshi bo‘lgan har qanday tashkilotning boshqaruv organi tarkibiga kirishidan oldin kompaniya kuzatuv kengashi roziligini olish;

  • boshqa tashkilotlarga o‘rindoshlik asosida ishlash hohishi va bu ish kompaniyaning manfaatlariga zid emasligi to‘g‘risida yuqori mansabdor shaxsni ogohlantirish.




    1. Download 1,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish