tahlili
Aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosatining amaldagi holati
Amaldagi tartibga ko‘ra, AJlari moliya yilining birinchi choragi, yarim
yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga ko‘ra joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Shundan kelib chiqqan holda “Xorazm shakar” qo‘shma korxonasi AJ misolida dividend tahlilini ko‘rib chiqamiz (16.1-jadval).
16.1-jadval
“Xorazm shakar” qo‘shma korxonasi AJ tomonidan e’lon qilingan dividendlar haqida ma’lumot
№
|
Oddiy aksiya bo‘yicha
|
Aksiyalar umumiy soni
|
Dividend to‘lash to‘g‘risidagi qaror qaysi davr yakuniga ko‘ra
|
Dividend to‘lash tugallanis hi
|
Umumiy divide nd miqdo
ri
|
So‘mda
|
Aksiya daromadlili gi, foizda
|
1
|
13
|
135,2
|
14200
|
moliya yili
|
21.02.20
|
192003880
|
|
521,40
|
|
00
|
|
14
|
00
|
2
|
9498,7
|
94,98
|
14200
|
1-chorak
|
23.06.20
|
134881540
|
|
|
|
00
|
|
14
|
00
|
3
|
3
|
63,69
|
28400
|
moliya yili
|
25.04.20
|
904528640
|
|
184,96
|
|
00
|
|
15
|
0
|
4
|
5056,1
|
101,12
|
28400
|
yarim yillik
|
20.09.20
|
143595512
|
|
8
|
|
00
|
|
15
|
00
|
5
|
3065,2
|
61,3
|
28400
|
9 oylik
|
21.12.20
|
870522480
|
|
2
|
|
00
|
|
15
|
0
|
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Xorazm shakar” qo‘shma korxonasi AJi tomonidan 2014 moliya yilida 1,42 mln dona oddiy aksiya bo‘yicha ikki marta va 2015 moliya yilida esa 2,84 mln dona oddiy aksiya bo‘yicha 3 marta dividend to‘lovlari amalga oshirilgan. AJi imtiyozli aksiyalar muomalaga chiqarmagan. Bunda aksiyalar soni o‘zgarishi amaldagi qonunchilik asosida aksiyalar nominal bahosi bo‘yicha belgilab qo‘yilgan maksimal qiymatdan kelib
chiqqan holda aksiyalarni maydalash hisobiga yuz bergan va va bugungi kunda AJi aksiyasi nominal bahosi 5000 so‘mni tashkil etadi. Jadvalda keltirilgan aksiya
daromadliligi ko‘rsatkichi e’lon qilingan dividend miqdorining aksiya nominaliga nisbatan foizda aniqlangan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich qo‘shma korxonada dividend miqdori ancha yuqoriligini ko‘rsatib turibdi.
Rivojlangan mamlakatlarda dividendlarni to‘lash aniq sanalar bo‘yicha quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi (16.2-rasm):
|
|
|
15
yanvar, Payshan ba
Dividendlarni e’lon qilish vaqti
|
28 yanvar, Chorshan ba
Eks-dividend yoki reestr yopilish
sanasi
| 16.2-rasm. Xalqaro amaliyotda dividend to‘lash jarayoni sxemasi
Bunda dividendlarni e’lon qilish vaqti aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori asosida direktorlar kengashi tomonidan dividend summasi va to‘lash muddatlari belgilanish vaqtini o‘zida aks ettiradi. Eks-dividend yoki reestr yopilish sanasi qaysi sanadagi reestr bo‘yicha dividend to‘lanishinishi anglatadi va bu sanada odatda, aksiyalar kursi e’lon qilingan dividend miqdoriga kamayadi. Registratsiyadan o‘tish sanasiga qadar aksiyadorlar ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘ladi va dividendlarni to‘lash sanasida esa registratsiyadan o‘tgan aksiyadorlarga dividend cheklari yuboriladi.
Milliy amaliyotda esa dividend to‘lash jarayoni quyidagi ketma-ketlik asosida tashkil etiladi (16.3-rasm).
|
|
|
20.10.2015 yil
Reestr shakllantiris h sanasi
|
23.10.2015 yil
Dividend e’lon qilish sanasi
| 16.3-rasm. “Xorazm shakar” qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyati misolida dividend to‘lash jarayoni bosqichlari
Bunda reestr aksiyadorlar umumiy yig‘ilishidan uch ish kuni oldin tuziladi va aynan shu reestrga kiritilgan aksiyadorlarga dividend to‘lanishi milliy qonunchilikda belgilab qo‘yilgan. Dividend to‘lash to‘g‘risidagi umumiy yig‘ilish qarori qabul qilinishi dividend e’lon qilinganligini anglatadi va qarorda dividend to‘lashning boshlanish va tugallanish sanalarini belgilash shart. Fikrimizcha, dividend to‘lash jarayonini ketma-ketligini xalqaro tajaribaga uyg‘unlashtirish lozim.
AJlari to‘lanadigan dividendlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va muvofiqlashtirish markazi va jamiyatning rasmiy vebsaytlarida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 16- muhim fakt sifatida e’lon qilib boradi. Quyida 2014-2015 yillarda Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va muvofiqlashtirish markazi vebsaytida e’lon qilingan AJlari dividend to‘lovlari tahlilini tarmoqlar kesimida keltirib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |