Aksiyador va aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasidagi nizolarga sabab bo‘luvchi eng asosiy holat qaysi javobda berilgan?
foydani taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlar;
aksiyani qaytarib olib qo‘yish bilan bog‘liq holatlar;
qo‘shib olish bilan bog‘liq munosabatlar;
aksiya kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq holatlar.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy natija shakllanishi tartibi qaysi qonunchilik hujjatida berilgan?
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom;
Soliq kodeksi;
“Moliyaviy natijalar to‘g‘risida”gi Nizom;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun.
Aksiyadorlik jamiyatlarida zaxira fondi qacha miqdorda tashkil etiladi?
ustavida nazarda tutilgan, ammo ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
ustav kapitalining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
balans qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
sof aktivlarning 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda.
Aksiyadorlik jamiyatlarida hisobot davri bo‘yicha foydani taqsimlash bo‘yicha qaysi boshqaruv organi tomonidan ishlab chiqiladi?
kuzatuv kengashi;
minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;
ijroiya organi.
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar qanday holatlarda to‘lanishi mumkin?
faqatgina barcha xarajatlar qoplangandan so‘ng, muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar va olingan kreditlar bo‘yicha foizlar, soliqlar va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘langandan so‘ng to‘lanadi;
imtiyozli aksiyalar bilan bir vaqtda to‘lanadi;
davlat tomonidan ruxsat berilgan holatlarda to‘lanadi;
muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar va olingan kreditlar bo‘yicha foizlar bo‘yicha majburiyatlar qoplangandan so‘ng to‘lanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend to‘lash bo‘yicha vaqt oraliqlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
yilning har choragida, har yarim yilda yoki yiliga bir marta;
har yarim yilda, yiliga bir marta yoki har besh yilda bir marta;
har chorakda, yiliga to‘rt marta yoki har ikki yilda bir marta;
aksiyadorlik jamiyati tomonidan istalgan vaqt oralig‘i olinishi mumkin.
Dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibini bilasizmi?
kuzatuv kengashi tavsiyasiga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinadi;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan mustaqil qaror qabul qilinadi va dividend miqdori belgilanadi;
kuzatuv kengashi tomonidan dividend miqdori belgilanadi va ijro etuvchi organ bu haqda qaror qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi buyrug‘i asosida dividend to‘lanadi.
Ustav kapitali to‘liq shakllanmagan bo‘lsa, dividendlar to‘lanadigan paytda to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari bo‘lsa yoki dividendlar to‘lash natijasida shunday belgilar paydo bo‘lsa, sof aktivlarining qiymati uning ustav va
zaxira fondlari summasidan kam bo‘lsa aksiyadorlik jamiyat qanday qaror qabul qilishi mumkin emas?
dividend to‘lash to‘g‘risida;
qarz mablag‘i jalb qilish to‘g‘risida;
mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risida;
asosiy vosita sotib olish to‘g‘risida.
Dividendlar necha foizlik stavkada soliqqa tortiladi?
dividend summasiga nisbatan 10 foiz;
dividend summasiga nisbatan 5 foiz;
dividend summasiga nisbatan 4 foiz;
O‘zbekistonda olinadigan barcha dividendlar soliqqa tortilmaydi.
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori qanday aniqlanadi?
ustavda qat’iy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilab qo‘yiladi;
foydadan kelib chiqqan holda umumiy yig‘ilish tomonidan belgilanadi;
qat’iy tartibda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunida aksiya nominal qiymatiga nisbatan 5 foiz qilib belgilangan.
Amaliyotda keng tarqalgan dividend to‘lash shakli to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.
pul shaklidagi dividendlar;
avtomatik reinvestitsiyalash;
aksiyalar orqali to‘lash;
xususiy aksiyalarni sotib olish.
Dividend siyosatida EPS ko‘rsatkichi o‘zida nimani ifodalaydi?
bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda miqdorini;
dividend to‘lash uchun mo‘ljallangan umumiy summani;
imtiyozli aksiyalar bo‘yicha qat’iy belgilab qo‘yilgan dividend miqdorini;
reinvestitsiyalash miqdorini.
Oqilona dividend siyosati orqali erishish mumkin bo‘lgan natijalar qaysi javobda berilgan?
IPO orqali kapital jalb qilish uchun asos, qo‘shib olinishidan himoya, aholining aksiyalar orqali daromadlarini oshirish;
aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mustaqilligi, kreditga talabning ortishi;
yangi loyihalar uchun asos, xarajatlarni optimallashtirish imkoni, manfaatlar kuchayishi;
xorijiy kapitalga talabning pasayishi, korporativ obligatsiyalar daromadliligining ortishi.
Belgilangan vaqtda olinmagan dividendlarni aksiyador qancha muddat davomida talab qilib olishi mumkin?
uch yil ichida;