Oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Download 1,4 Mb.
bet117/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Qo‘shimcha topshiriqlar


  1. Korporativ birlashmalar tashkil etishning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘yicha T-sxemaning to‘ldiring.

Ijobiy tomonlari

Salbiy tomonlari

1.

1.

2.
...

2.
...




  1. Korporativ birlashmalar turlarining boshqalaridan farq qiladigan eng asosiy belgilarining quyidagi jadvalda aks ettiring.

Xoldin g

Kontser n

Kontsortsiu m

Konglomera t

Kart el

Moliy a- sano at guru
hi

.....

.....

.....

.....

.....

..
















..
















.




  1. Aksiyadorlik jamiyatlarining xolding kompaniyasiga birlashuvi qaysi holatlarda afzallik kasb etadi va qaysi holatlarda muammolar yuzaga keltirishi mumkin?

Afzallik kasb etadigan tomonlar

Muammolarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar

1.

1.

2.

2.

...

...




  1. O‘zbekistonda moliya-sanoat guruhlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlar va to‘siq bo‘layotgan holatlar bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Imkoniyatlar

To‘siqlar

1.

1.

2.

2.

...

...

XVI bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA FЕDRASIOYDANI TAQSIMLASH MEXANIZMI





    1. Aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash va dividend siyosatining tashkiliy xususiyatlari

Aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash masalasi korporativ boshqaruv oldidagi jiddiy masalalardan biridir. Chunki har bir aksiyador kiritgan ulushidan kelib chiqqan holda foydaning tegishli qismini olishga intiladi. Boshqa tomondan aksiyadorlik jamiyatining hisobot davrini foyda bilan yakunlashini ta’minlagan boshqaruvchilar ham foydaning ma’lum bir qismini mukofot tarzdida olishni xohlaydi. Shuningdek aksiyadorlar oldida aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida erishilgan foydani reinvestitsiyalash masalasi ham turadi. Foydani taqsimlashda yuqorida keltirilayotgan har bir jihat inobatga olinishi shart. Aks holda tomonlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi, natijada esa korporativ nizolar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari foydaning aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishida faoliyatni kengaytirish maqsadida qo‘shimcha resurslar jalb qilish imkoniyatlarini ham hisobga olish lozim. Umuman korporativ boshqaruvda foydani taqsimlash mexanizmi haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati hisobot davri yakunlari bo‘yicha moliyaviy natija shakllantiriladi. Bunda barcha soliq majburiyatlari bajarilgach, korxona ixtiyorida qolgan foyda taqsimlanmagan foydaga o‘tkaziladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari ustavida nazarda tutilgan, ammo ustav kapitalining o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Zaxira fondi ustavda belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Foydadan har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Bundan ko‘rinib turibdiki, korporativ boshqaruvda foydani taqsimlashda zaxira fondlarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Boshqa mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, jamiyatning zaxira fondi jamiyatning zararlari o‘rnini qoplash, jamiyatning korporativ obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun mo‘ljallanadi. Bunda zaxira fondidan boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas. Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav asosida kelgusi davr xarajatlari bilan bog‘liq boshqa fondlar ham tashkil etilishi mumkin.
Korporativ boshqaruvda foydani taqsimlash masalasi avvalo Kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. So‘ngra Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga masala kiritiladi. Bunda foydani taqsimlashda
zaxira fondiga ajratmalar qilish, reinvestitsiyalash natijasida qo‘shimcha aksiyalar chiqarish, oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash masalalari ko‘rib chiqilishi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida muhokama qilinib tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Dividend bu sotilgan aksiyalar, ulushlar, paylar soniga muvofiqlikda mulkdorlar o‘rtasida aniq bir davr bo‘yicha taqsimlanadigan korxona foydasining bir qismidir. Dividend siyosati – korxonaning bozor qiymatini va mulkdorlar turmush farovonligini oshirish maqsadida foydaning iste’mol qilinadigan va reinvestitsiya qilinadigan qismlari o‘rtasidagi proportsiyani optimallashtirishga yo‘naltirilgan korxona moliyaviy siyosatining bir qismidir.
Dividend siyosatida aks etadigan olingan foydani taqsimlash bo‘yicha korxona va mulkdorlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar murakkab va ko‘p qirrali hisoblanadi. Shuning uchun dividendlarning iqtisodiy mohiyati va paydo bo‘lish tabiatidan boshlab uning tarkibiy qismini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Investor tomonidan korxona kapitaliga pay, ulush, aksiyalarga tikilgan (qo‘yilgan) pul mablag‘lari haqiqatda uning korxonaga egalik qilish huquqini va o‘z navbatida olingan foydani taqsimlashda ishtirok etish huquqini beradi. Umuman mazkur huquqni amalga oshirish vaqtida foydaning turli shakllardagi qismlarini ta’sischilar foydasiga o‘tkazish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida mazkur huquqdan foydalanish an’anaviy tarzda foydani taqsimlashda ishtirok etish va dividendlar to‘lanishi (dividend olish) shaklida amalga oshiriladi.
Kapital taqdim etishdan olinadigan boshqa daromadlardan, masalan foizlardan farqli ravishda dividend to‘lovlari majburiy hisoblanmaydi, ularning miqdori oldindan ma’lum bo‘lmaydi. Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar miqdori direktorlar kengashi taklifi asosida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan belgilanadi va odatda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan olinadigan natijalarga bog‘liq bo‘ladi.
Dividendlar olish huquqi imtiyozli aksiyalar kabi oddiy aksiyalarga ham beriladi. Rivojlangan mamlakatlarda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha odatda qa’iy belgilangan dividendlar to‘lanadi. Mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra aksiyadorlik jamiyati ustavida dividendlar miqdori qat’iy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilab qo‘yilishi lozim. Umuman aksiyadorlik jamiyati tomonidan joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar faqatgina jamiyat tomonidan barcha xarajatlar qoplangandan so‘ng, muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar va olingan kreditlar bo‘yicha foizlar, soliqlar va imtiyozli iktsiyalar bo‘yicha dividendlar to‘langandan so‘ng to‘lanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, oddiy aksiyalar egalarining korxona faoliyati bo‘yicha olingan foydaning bir qismiga egalik qilish huquqi eng oxirgi navbatda qanoatlantiriladi.
AJlari faoliyat samaradorligi bevosita olingan foyda va aksiyadorlarga to‘lanayotgan dividend miqdori bilan belgilanishidan kelib chiqqan holda
mamlakatimizda dividend siyosatining tashkiliy xususiyatlari va takomillashtirish masalalari xususida quyida to‘xtalib o‘tamiz.
Dividend siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning aksiyadorlar o‘rtasida dividend ko‘rinishida to‘lanadigan qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan qismi o‘rtasidagi optimal nisbatni belgilash bo‘yicha qaror qabul qilishnining murakkabligi bilan izohlanadi.
Dividend siyosatining oqilona yuritilishi o‘z navbatida AJlari faoliyatida quyidagilarga imkon beradi (16.1-rasm):
Aktsiyalarni joAylkatsshiy- atidroisrhlik jamAhiyoaltiinqionglidbaogsihbqoakshompaniyalar tomonidan qo‘shIPibO o‘tkazish orqali

orqali kapital jaollbinqisihliisdhanninhgimopyual vmaazbiflaginlia-oritnaiyjdail.b
xorijiy kapital jalb

qarz kapitali jalb qilishga nisbatan arzonligi sharoitida investitsi-on jozibadorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
qilish va o‘z navbatida aholining aktsiyalar orqali daromadla-rini oshirib borishi natijasida o‘rta mulkdorlar sinfi shakllani-shiga olib keladi.
qilish uchun asos vazifasini bajaradi.




Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish