KURS ISHI “___________________________________________________________ ___________________________________________________________” Topshirdi:_________________________________________________
Qabul qildi:________________________________________________ Urgаnch – 2020 Mavzu: COVID -19 pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga ta’siri Mundarija: Kirish
Asosiy qism
1. COVID 19 davrida O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’zgarishlar
1.1. COVID 19 ning O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri
1.2. O’zbekistonda COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
2. Pandemiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri
2.1 Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga ta’siri
2.2. Pandemiyada o’tirmagan Shvetsiyaning koronavirusga qarshi strategiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
K I R I S H Bugungi kunga kelib, butun dunyoda koronavirus bilan zararlangan aholi soni 500 mingdan oshdi, ularning to‘rtdan bir qismi sog‘aygan bemorlar qatorida, 23 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgan. So‘nggi bir hafta-o‘n kun davomida jahonda ushbu virusga chalinganlar soni kuniga 30-50 ming nafar kishiga oshmoqda. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida favqulodda vaziyat va karantin tartibi joriy qilingan, ularning soni kun sayin o‘sib bormoqda. Davlatlararo fuqarolar harakatlanishini cheklanishi, ta’lim, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida karantin holatining joriy qilinishi hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham korxonalarning qisman karantin holatida faoliyat yuritishi koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini kuchaytirmoqda.
Kuni kecha dunyoning yetakchi tahliliy kompaniyalaridan biri FocusEconomics koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’siri va uning moliyaviy oqibatlari bo‘yicha ekspertlar orasida o‘tkazilgan navbatdagi so‘rov natijalarini e’lon qildi. Mazkur so‘rovnomada butun dunyo bo‘ylab 71 ta yetakchi iqtisodchi va moliyaviy tahlilchilar ishtirok etgan. Bu so‘rovnoma joriy yilning 25 fevralidan boshlab o‘tkazib kelinmoqda. 25 mart kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, avvalgi so‘rov natijalariga nisbatan, iqtisodchilar global iqtisodiy prognozlarini yanada pasaytirishgan va jahon iqtisodiyoti tiklanishini sekin sur’atlarda bo‘lishini kutmoqdalar: ekspertlar COVID-19 pandemiyasining global iqtisodiyotga ta’siri bundan bir hafta oldin taxmin qilinganidan ham og‘irroq bo‘lishini ta’kidlashgan. 71 ta ekspertning 58 foizi 2020 yilda global YaIMning o‘sishini 2 foizli punkt va undan ko‘proq miqdorda kamayishini, ularning to‘rtdan bir qismi esa bu ko‘rsatkichni 3 foizli punktdan ko‘proq miqdorda kamayishini prognoz qilishmoqda. So‘rovda ishtirok etgan iqtisodchilarning yarmidan ko‘pi (56%) koronavirusning jahon iqtisodiyotiga 2020 yildan keyin ham ta’siri bo‘lishi taxmin qilishmoqda. so‘rovda qatnashgan ekspertlarning barchasi kelgusi 12 oy ichida jahon iqtisodiyotida retsessiyani deyarli muqarrar deb baholadi. Ularning fikriga ko‘ra, retsessiya kamida 2 chorak davom etadi.ko‘pchilik iqtisodchilar bugungi kunda koronavirusning salbiy iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishda joriy qilinayotgan chora-tadbirlar va moliyaviy stimullarni yetarli emas deb hisoblaydilar.jahon iqtisodiyotida kutilayotgan retsessiya global iqtisodiy inqirozga olib keladimi yoki yo‘q, degan masalada ekspertlar fikri ikkiga bo‘lindi: ularning bir qismi dunyo bo‘ylab misli ko‘rilmagan ko‘lamda korxonalar faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishi va yuqori darajadagi qarzlar miqdori moliyaviy inqirozga sezilarli turtki bo‘lishini taxmin qilishsa, boshqalari faol joriy qilinayotgan chora-tadbirlar va moliyaviy stimullar bunday global inqirozning oldini olishini ta’kidlashgan. Aksariyat ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu masalada joriy qilinayotgan iqtisodiy stimullarning samaradorligi va pandemiyaning davomiyligi asosiy omillar bo‘lib qoladi.