party - driven ko’rinishidagi virtual savdo maydonchalari xaridor va sotuvchilarni uchrashtirish ma’suliyatini o’z zimmasiga oladi. Odatda, bunday savdo maydonchalari tijoratning ma’lum sektorlarida va unda bo’ladigan jarayonlarda tashkil qilinadi. Bunday virtual savdo maydonchalarida vositachilar sotuvchi va xaridor o’rtasida o’ziga xos dallol vazifasini o’taydi. Bugungi kunda virtual savdo maydonchalarini tashkil etishning uch asosiy ko’rinishini ajratib ko’rsatish mumkin: kataloglar, kim oshdi savdolari (auktsionlar) va birjalar. Kataloglar zamonaviy axborot tiziminlarining katta quvvatli qidiruv imkoniyatlarini solishtirish va mahsulotni birdaniga bir necha ko’rsatgichlari bo’yicha tanlashni, narxni, yetkazib berish muddatini, kafolatni, xizmat ko’rsatish bo’yicha ma’lumotlarni va boshqalarni hisobga olgan holda ishlatishni tashkil qilib beradi. Ushbu model nisbatan uncha katta bo’lmagan mahsulotlar bilan tez-tez oldi-
sotdi qiladigan sotuvchilar va xaridorlar fragmentatsiyalashini tavsiflovchi
tarmoqlar uchun afzaldir. Agar ko’pgina oldi - sottilar mashhur buyurtmachilar tomonidan ma’lum bir qoidalar asosida amalga oshirilsa va xaridorga sotuvchini tanlash uchun ko’p mayda buyurtmachilar takliflari bilan o’rganib chiqish zarurati bo’lganida katalogli model qo’l keladi va nihoyat, bu modelni talab yetarlicha bo’lgan va narxlar kamdan - kam o’zgarganida qo’llash yaxshi samara beradi. Auktsion (kim oshdi savdosi) - narxlar qayd etilmagan, balki oldi - sotdi jarayonida aniqlanadigan savdo tashkiloti maydonchasi modelidir. Bunday model nostandart, o’z yo’nalishidagi yagona yoki sifati tez o’zgaruvchi mahsulotlar (xizmatlar) narxini aniqlashga o’z maxsus yondashishlari bo’lgan kompaniyalar tomonidan nimadir sotib olinganda yoki sotilganida ishlatiladi. Ushbu guruhga kamyob buyumlar, kapital uskunalar, avval ishlatilgan mahsulotlar, turli zaxiralar va boshqa maxsulotlar kiradi. Birja shunday bir savdo maydonchasiki, u yerda narx talab va taklif asosida belgilanadi. Bunday biznes modeli mahsulot va taklifning ikki tomon orasidagi vaqtinchalik o’zaro kelishuvini ta’minlaydi. U talab va taklifni real vaqt davomida kelishish mexanizmini tashkil qilishni, bozor narxini aniqlashni, shu bilan birgada ro’yxatta olish jarayonini va oldi-sotdi jarayonini o’tkazishni talab qiladi. Bu model keng tarqalgan mahsulotlar uchun ma’qul hisoblanadi. Birja modeli talab va taklif notekis bo’lgan bozorda mijozlarni o’ziga jalb etadi. Birja bozor ishtirokchilari uchun ortiqcha yoki yuqori bo’lgan talabni boshqarishga ko’mak beradi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, birjalar bir qancha holatlarda kompaniyalarga anonim (xech kimga bildirilmagan) holda oldi - isotdi jarayonini amalga oshirishga imkon beradi, masalan, ushu oldi-sottining ko’pchilikka ovoza bo’lish sotuvchi va xaridorning bozordagi raqobatbardoshligiga putur yetkazishi mumkin bo’lgan holatda katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Xozigi davrdagi virtual savdo maydonchalarining yana bir o’ziga xos xususiyati ularning qanday turga mansubligidir:
vertikal turdagi – biror bir tarmoq yoki mahsulot turiga mo’ljallangan;
gorizontal (funktsional) turdagi – ma’lum bir biznes jarayonlarga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |