Tadbirkorlikda innovatsiyalar yaratish asoslari Kichik biznes va tadbirkorlikdagi innovatsiyalar haqida tushuncha
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o’tish kontsetsiyasi industrial davrdan information-texnologik davrining ishlab chiqarish usuliga o’tish bilan bog’liqdir. Ushbu kontseptsiyaning paydo bo’lishiga asosiy sabab - industrial iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va jabhalarini qamrab olgan hamda uning miqyosi, dinamikasi va ichki mohiyatini batamom o’zgartirib yuborgan yangi information texnologiyalar paradigmasidir. Ilmiy izlanishlarning ko’rsatishicha, industrial iqtisodiyotning information iqtisodiyot bilan almashinishi agrardan industrial iqtisodiyotga o’tishga aynan ekvivalant emas, chunki yangi paradigma doirasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ilm-fan sohalaridagi puxta bilimlar talab qiladigan komp’yuter texnologiyalari, raqobatbardosh va o’zgaruvchan sharoitlarga tezda moslasha oladigan information tarmoqlar sifatida aniqlanadilar. Zamonaviy iqtisodiyot tuzilmasining bunday sifat o’zgarishlari xozirgi kunda
global o’zgarish tariqasida ko’rilib, bunda “moddiy” iqtisodiyotdan “intellectual” iqtisodiyotga yoki “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot – knowledge-bazed economy” ga o’tish sifatida tushuniladi. Postindustrial iqtisodiyotga kirib kelayotgan bunday yangiliklarning mohiyatini tushunish information texnologiyalarning ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida butunlay yangi bilimlar hosil qilib, yangi ko’rinishdagi faoliyat turlarini yaratishini talab qiladi. Keyingi yillarda jahon iqtisodiy adabiyotida keng tarqalgan “Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” yoki “Intellectual iqtisodiyot” tushunchasi ilmiy bilimlar majmuasi va ular (bilimlar, texnologiyalar, chizmalar, usullar va boshqalar) yozilgan moddiy ma’lumot tashuvchilar (disketlar, fleshkalar, internet resurslari va boshqalar) moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishning asosiy manba’i bo’lib qolishini anglatadi. Xuddi shu tufayli ilmiy-amaliy, ishbilarmon va professional davralarda iqtisodiyot rivojlanishi nuqtai-nazaridan bilimlar, ma’lumotlar, yangiliklar va ilmiy-texnologik innovatsiyalar har tomonlama chuqur o’rganila boshlandi. Yangi ixtirolar, ilmiy-texnik ma’lumotlar va innovatsiyalar esa O’zbekiston iqtisodiyoti asosiy sektorlarining innovatsion nuqtai-nazardan qayta tuzilishi va rivojlanishini aniqlab bera boshladi. Ammo xozirgi davrda iqtisodiyotning juda ko’p sohalari ilm, fan va texnikaning yutuqlaridan keng miqyosda foydalanmaganliklari tufayli ma’lum ma’noda depressiv holatga tushib qolganlar. Bu xolat quyidagi bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan bog’liqdir. Avvalo, bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning huquqiy ta’minoti bir qancha kamchiliklarga ega. Xozirga qadar innovatsion ilmiy- texnik izlanish jarajonlarini normal amalga oshirish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq qilish uchun zaruriy bo’lgan to’liq normativ-huquqiy baza mavjud emas. Masalan, mamlakat miqyosida texnologik innovatsiyalar va ularni rivojlantirishning barcha nozik jihatlarini hisobga olgan holdagi asosiy qonun xujjatlari ishlab chiqilmagan. Iqtisodiyotga ilmiy-amaliy bilimlarni investitsiya qilish uchun “respublikada eng yaxshi imkoniyatlar yaratish” masalasi huquqiy jihatdan to’liq ishlab chiqilmagan. Bu ishlar davlat boshqaruv bo’g’ini mutasaddilarining innovatsiyalar va ilm-fan-texnikani rivojlantirmasdan turib,
keskin rivojlanish mumkin emasligini ko’rib, bilib va tushunib turgan holida ham amalga oshirilmayotganlari taassufga loyiqdir. Shuning uchun ham keyingi yillarda halq farovonligi va mamlakatning dunyo bozoridagi o’rnini aniqlab beradigan ilg’or texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim tizimi va boshqa an’anaviy tarmoqlarda innovatsion yumushlarni amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlarning yetishmasli holati kuzatilayapti. Ammo shunga qaramasdan, iqtisodiy fanga va bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning jarayonlari va qoidalari haqida tushuncha beradigan “information iqtisodiyot”, “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot”, “innovatsion iqtisodiyot” va “intellectual iqtisodiyot” tushunchalariga ozmi-ko’pmi ta’rif berilib, ular bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar bajarilgan /9-15, A2-10, N4/. Lekin bu ilmiy-amaliy izlanishlar chalaroq, sayozroq, fragmentar, tizimlashtirilmagan va bir tomonlamalilik bilan tafsiflanadi. Shuning uchun ham risolaning ushbu bo’limida bilimlarga asoslangan iqtisodiytning ilmiy-metodologik asoslari, uslubiyati, uning infratuzilmasi va funktsiyalari imkon doirasida ko’rib chiqiladi. Undan tashqari, innovatsion iqtisodiyotning asosi bo’lgan bilimlar iqtisodiyotining information iqtisodiyotga aylanish jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalar, amaliyot uchun zarur bo’lgan bilimlarni yaratish faoliyati bilan bog’liq masalalar ham bir qadar ko’rib chiqiladi. Eng avvalo, bilim va ma’lumotlarning zamonaviy iqtisodiyot rivojlanishidagi o’rni o’rganiladi, so’ngra bilim va ma’lumot yaratadigan tizim va uning tuzilishi hamda funktsiyalari ko’rib chiqiladi. Iqtisodiyot uchun hizmat qiladigan bilimlarga asoslangan tizimning kuchli va kuchsiz tomonlari o’rganilib, uning infratuzilmasi tadqiq qilinadi.
Umuman aytganda, bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot jarayonlarining asosiy tushunchalarini o’rganish sxematik tarzda quyidagi ketma- ketlikda amalga oshirilishi mumkin:
Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarish infratuzilmasini o’rganilganda unda ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki hizmatlarda qanday bilimlar aks etishi va bu bilimlarning pirovard natijalari qanday bo’lishiga ahamiyat beriladi. Bu yerda asosiy diqqat-e’tibor bevosita bilimlar hosil bo’ladigan va uning shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan iqtisodiyot infratuzilmasi tushunchasiga qaratiladi. Undan so’ng, uning zamonaviy sharoitlarga bog’liq alohida hususiyatlari viloyatlararo miqyosda o’rganiladi. Bilimlarning biror bir moddiy yoki ma’naviy ne’mat yaratadigan tashuvchisi, saqlovchsi va foydalanuvchisi inson bo’lgani tufayli, jamiyat uchun kerakli bo’lgan amaliy bilimlar asosan ta’lim tizimida hosil qilinadi. Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishning asosi - ta’lim muassasalaridagi zamonaviy sifatli ta’lim jarayonida hosil bo’ladi, deyishimiz mumkin. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi orasidagi asosiy bog’liqlik va munosabatlar majmui ham xuddi shu bilan aniqlanadi. Iqtisodiyotni bilimlardan foydalanish asosida tahlil qilib chiqqanda ishlab chiqarish tizimi, ishlab chiqarish potentsiali, bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning ishlab chiqarish jarayoni, bu bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari, innovatsion tizim, innovatsion potentsial, innovatsion amaliyot sub’ektlari va boshqa tushunchalar o’rganiladi. Yuqorida tavsif etilgan muammolar bo’yicha bir qancha ilmiy manba’larni /1-8/ tanqidiy ravishda o’rganish shuni ko’rsatadiki, ilk ilmiy izlanishlar informatizatsiya tushunchasi va uning iqtisodiyotga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan – xuddi shu holat “informatsion iqtisodiyot” paradigmasining paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu yo’nalishning muallifi iqtisodiyotdagi neoklassik
yo’nalish namoyondasi Dj. Stigler hisoblanadi /8/. Ammo informatsiya
tushunchasi mavhumroq bo’lgani uchun, “agent uchun informatsiya” tushunchasi kiritilib, u informatsiya jamlanishi va qayta ishlanishi natijasida paydo bo’ladigan bilimni namoyish qilishga imkon berdi. Muhitnimg holati haqidagi ma’lumotlar majmui sifatida tushuniladigan ”bilim” tushunchasi informatsiyaga nisbatan birlamchi deb aniqlandi. Xuddi shuning uchun ham “informatsion iqtisodiyot” dan “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” tushunchasiga o’tildi. Lekin “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” tushunchasi unchalik aniq emas va shuning uchun turli hil ilmiy iqtisodiy maktablarning namoyondalari tomonidan bir-biridan farq qiladigan bir qancha ma’nolarda talqin etilishi mumkin. Misol sifatida F. Xayekning “tarqoq bilim” kontsetsiyasini yoki P.N. Zavlin va L.A. Jolents, Polyak olimi Ya. Muyjel, Venger olimi B. Santo va boshqalarning ishlarida o’rganilgan “innovatsion iqtisodiyot” ni keltirish mumkin /3-8/. Bilimlar iqtisodiyoti tizimi, uning tuzilishi, infratuzilmasi va uning faoliyati mahsullari tahlili A.I. Tatarkin, A. E. Koguta,
N.L. Frolova va V.J. Kellening ilmiy ishlarida o’z aksini topgan /3-6/. Yangilik kiritishlar va uning iqtisodiyotdagi ahamiyatini Y. Shumpeter aniqlab /3/, ularning man’bai sifatida raqobaqtning asosiy faktori bo’lgan korporatsiyalarning ilmiy faoliyatini ko’rsatgan. Ammo bu holda ham asosiy dominanta sifatida yangi g’oyalarni samarador iqtisodiy yechimlarga aylantira oladigan novator-tadbirkor insonning ijodi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, Amerika iqtisodchisi
R. Solou AQSH iqtisodiyotidagi quyidagi qiziqarli bog’liqlikni aniqladi /3,8/: ishlatilayotgan kapitalning ko’paytirilishi mahsulot o’sishining 12,5% gagina sabab bo’ladi, qolgan 87,5 % li o’sish esa texnologik o’zgarishlarga bog’liq bo’lar ekan. Shundan so’ng, texnika va texnologiyaning rivojlanishini o’rganadigan bir qancha soha mutahassislari, shu jumladan, iqtisodchilar ham ishlab chiqarish o’sishining asosi - kerakli joyda, kerakli vaqtda va kerakli iqtisodiyot tarmoqlariga ilmiy-texnologik yangiliklar kiritish ekanligini ta’kidladilar. Iqtisodchi P.N. Zavlin fikricha /2/, iqtisodiyot mahsuloti sifatida bilimlarga asoslangan yangiliklar kiritish ishlab chiqarish usuli, ilg’or texnologiya, hizmat ko’rsatish turi, tashkiliy tuzilish, moliyaviy yoki ilmiy izlanish faoliyati ko’rinishida bo’lishi mumkin.Ya. Muyjel va
L.A. Jolents esa bilimlar natijasida vujudga kelgan yangilikni “ilmiy g’oya yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |