Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,6 Mb.
bet3/67
Sana13.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#356100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Kichik biznes va tad. innov 82df3

KIRISH



4
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yetakchi soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 29 noyabridagi "O’bekiston Raspublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida" gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarishga hizmat qiladi. Mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning istiqbolli yutuqlarini targ’ib qilish, bu borada samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, ilmiy-experimental ixtisoslashgan laboratoriyalar, ilmiy-texnologik markazlar, texnoparklar va boshqa turdagi innovatsion tuzulmalarni mustahkamlash va rivojlantirish yangi vazirlikning asosiy faoliyat yo’nalishllaridandir. Chunki halqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifalardan biridir desak, also yanglishmaymiz. Jamiyatda innovativ o’zgarishlar bo’lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish va yangilanish bo’lmaydi. Bu sohadagi barcha yangiliklar va o’zgarishlarni tushunarli va qiziqarli ko’rinishda ommaviy axborot vositalari orqali halqimizga keng targ’ib qilmasak hamda insonlarda bu borada ko’nikmalar paydo qilmasak, bugungi information jamiyatning va unga mos davrning shiddati, fan-texnika va zamonaviy texnologiyalarning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo’la olmayniz. Xuddi shuning uchun ham bu sohada yangi ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar yaratish zamonaning eng muhim talablaridan biri bo’lib qolmoqda. Ushbu risolani ham ana shu muammoni hal qilishga bo’lgan urinishlardan biri deb hisoblashimiz mumkin. Muammoni tavsif qilish va uning yechimlarini ko’rsatishdan avval “innovatsiya” nima ekanligini ommabop ravishda tushuntirib o’tamiz. “Innovatsiya” atamasi lotincha innovus (in – novus yangilikka qarab) degan ma’noni anglatadi va u “yangilik” va “ilg’or texnologiya” atamalari bilan sinonimlar tariqasida ishlatilishi mumkin. Ushbu tushunchalarning ma’nosi iinnovatsiyalarni (yangilik kiritishni) ikki xil ma’noda tushunishni, ya’ni yangilik yaratish (yangi mahsulot, yangi

texnologik jarayon, yangi hizmatlar va xakozo) va ularni amaliyotga tadbiq etishni o’z ichiga qamrab oladi. Bizning va ko’pchilik horijiy mamlakatlarning adabiyotlarida innovatsiya tushunchasi boshqacharoq talqin qilinib, uni moliya- iqtisodiy boshqaruv, ijtimoiy yangiliklarni joriy qilish, korxona va tashkilotlarni boshqarishdagi yangiliklar sifatida tushuniladi. Bizning fikrimizcha, “innovatsiya” tushunchasining eng yaxshi ta’rifi quyidagicha bo’lishi mumkin:

Innovatsia – hayotga tadbiq etilgan va tijoratda qimmatga ega bo’lgan go’ya bo’lib, u yangi talablarni yarata oladi, mavjud talablarni samaraliroq ravishda qondiradi va sarf-harajatlar hamda amaliyotga tadbiqi natijalarining optimal nisbatida iqtisodiy, information, ekologik, ijtimoiy yoki boshqa ko’rinishlardagi samara keltira oladi”.



Sizga taqdim etilayotgan ushbu risola ham xozirgi davrda dolzarb bo’lgan innovatsiyalar tushunchasini va bu bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish hamda shu asosda O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va tadbirkorlikda innovatsion rivojlanish jarayonini ilmiy asosda shakllantirish uchun zaruriy bo’lgan amaliy tavsiyalar taklif etishga bag’ishlangan.

    1. Download 1,6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish