Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi



Download 1,6 Mb.
bet8/67
Sana13.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#356100
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
Kichik biznes va tad. innov 82df3

Innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi


Innovatsiyalar yaratiladigan sharoitlar mavjud bo’lgan tizimlarni o’rganishda ularni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sifatida o’rganib chiqish ham muhim nazariy yondoshuv hisoblanadi. Bu haqdagi qimmatli ma’lumotlarni 1980-yillarda bir qancha mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlar ishlab chiqqan olimlarning asarlaridan olish mumkin. Bu yo’nalishning eng asosiy namoyondalari sifatida Shvetsiyalik professor B. Lundvallni, Britaniya ilmiy siyosatni o’rganish markazi professori K. Frimanni va AQSH Kolumbiya Universiteti professori R. Nelsonni ko’rsatib o’tish mumkin /3, 4, 8/. Ular, umumiy metodologik tamoyillardan foydalangan holda, bu sohaning yirik namoyondasi Y. Shumpeter kabi, yangiliklar kiritish va zamonaviy amaliy-ilmiy innovatsion ishlanmalar rivojlanishning va raqobatda g’olib chiqishning asosiy faktori ekanligini tan olganlar. Bu olimlarning barchasi iqtisodiy rivojlanishda zamonaviy bilimlardan foydalanishga alohida ahamiyat qaratganlar. Milliy innovatsion tizimlarni rivojlantirish kontseptsiyasi professor D. Nort ning ilmiy ishlarida eng mukammal holda tadqiq qilingan /3/. Uning ilmiy ishlaridagi asosiy g’oya institutsionalizm bo’lib, uningcha, jamiyatdagi ilg’or ilmiy-texnologik institutlar (tashkilotlar) undagi bilimlar va texnologiyaga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladilar. Nortning ko’rsatishicha, rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnologik institutlarning rivojlanishi, ular orasidagi aloqalarning kengayishi, ilm-fanning amaliyotga tadbiqiga alohida ahamiyat berilishi orqali ular tarixiy qisqa muddatlarda “uchinchi dunyo” ga

qaraganda iqtisodiy rivojlanishda kattaroq imkoniyatlarga ega bo’lganlar. Bu fundamental ilmiy kontseptsiyalar va tushunchalarga asoslanib, bilimlarga asoslangan iqtisodiyot yoki innovatsion tizimga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin: Innovatsion tizim – jamiyatdagi institutsional tuzilmalarning majmui bo’lib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy informatsiya va yangiliklar yaratishga (yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda o’zlashtirishga) qaratilgan bo’lib, u davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va ta’limning birgalikdagi o’zaro foydali sinergetik (bir-birini kuchaytiruvchi) faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Innovatsion tizimning pirovard maqsadi - akademik yoki amaliy fan sohalaridan (yoki rivojlangan mamlakatlardan) ilmiy-amaliy natijalarni olishga, yangiliklarni kommertsiyalashtirishga (ya’ni ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanishga), g’oyalarni ommaviy ishlab chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi mahsulotlarga to’ldirishga va buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir. Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ketma-ket (va doimiy) ravishda bajarilishi bilimlarga asoslangan iqtisodiyot va unga mos bo’lgan innovatsion tizimning hal qilishi kerak bo’lgan asosiy muammolarining yechimiga olib keladi, ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur bo’lgan tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi. Buni innovatsion tizimning nimalarni amalga oshirishi kerakligini oddiy ko’rinishda ifodalaydigan quyidagi chizma orqali aks ettirishimiz mumkin:

Turli mamlakatlarda bunday innovatsion tizimning qanday ko’rinishda iqtisodiy amaliyotga tadbiq qilinishi mamlakat oldiga qo’yilgan strategik maqsadlarga monand ravishda amalga oshiriladi. Masalan, Frantsiyada innovatsion tizimning asosiy maqsadi, qo’shimcha ish joylarini yaratish bo’lsa, Germaniyada bu maqsad progressiv texnologiyalarni rivojlantirishdir /3, 8/. Bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyotning asosiy maqsadi esa mamlakatni nafaqat information- texnologik yo’nalishda barqaror rivojlantirish, balki bu holatni iqtisodiy-ijtimoiy yo’nalishda ham amalga oshirishdir. Bu esa quyidagi maqsadlar majmuini amalga oshirishni ko’zda tutadi:



  • Iqtisodiyotning turli xil sohalarida qo’shimcha ish joylarini yaratish;

  • Ilmiy bilimlar talab qiladigan mahsulotlar hajmini va aholining daromadlarini oshirib, byudjetning turli xil tushumlarini ko’paytirish;

  • Aholining madaniy-ma’naviy, ta’lim va bilim darajasini oshirish;

  • Mamlakat iqtisodiyotiga yangi turdagi ishlab chiqarish korxonalari va zamonaviy texnologiyalarni keng miqyosda jalb qilish;

  • Eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal qilish.

Bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi ko’p jihatdan davlatning iqtisodiyot ilmiy-texnik sektori rivojlanishiga bo’lgan yondoshuviga ham bog’liq bo’ladi va bu makroiqtisodiy siyosatda, normativ va huquqiy ta’minotda, innovatsion tizimning bevosita va bilvosita boshqarilishida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham bunday iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsali, ichki bozor va mehnat bozori holati hamda tarixiy va tabiiy hususiyatlari bilan aniqlanadi. Bunga mos ravishda innovatsion tizimning bir qancha darajalarini farqlash mumkin: dunyo miqyosida, milliy – bir mamlakat miqyosida, regional – viloyatlar miqyosida va lokal – innovatsion iqtisodni bir tarmoq yoki korxona miqyosida amalga oshirish. Lokal innovatsion tizim o’z tarkibiga bir tomondan yirik korporatsiyalarni, kichik va o’rta biznes firmalarini va ikkinchi tomondan, ilmiy izlanish faoliyati moliyaviy hizmatining an’anaviy hamda yangi ko’rinishlarini, yangi texnologiyalar bozorini va davlatning bevosita va bilvosita ko’magini qamrab oladi. U ilm-fan va ishlab chiqarishni samarali ravishda birlashtirib, o’z tarkibiga tizimning barcha tashkil etuvchilarini, shu jumladan, ilmiy-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarni qamrab oladi. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning mohiyati - asosan tashqi ba ichki ta’asirotlarga bardoshli bo’lgan innovatsion tizimning tashkiliy ko’rinishlari va funktsional tuzilmalarini hosil qilish bo’lib qoladi, deyishimiz ham mumkin.

    1. Download 1,6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish