Texnologik park – ancha murakkab funktsional tuzilmaga ega bo’lgan ilmiy ishlab chiqarish xududiy kompleksi bo’lib, uning asosiy vazifasi - kichik va rivojlanishi ilm-fan talab qiladigan mijoz firmalarga iloji boricha qulay bo’lgan
sharoitlar yaratishdir. Texnoparkning tuzilmaviy birligi innovatsiyalar markazi hisoblanadi. Eng keng ko’lamda tarqalgan markazlarga ilmiy izlanish markazi, biznes-inkubator, ilmiy-texnologik kompleks (innovatsion markaz), ishlab chiqarish zonasi, marketing markazi va o’quv markazi kiradi. Ushbu har bir markaz o’ziga mos bo’lgan hizmatlar turini amalga oshirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |