Innovatsion biznesga inson kapitalini jalb qilish
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda eng asosiy faktorlardan biri - shubhasiz inson kapitali va uni zamona talablariga mos ravishda rivojlantirishdir. Ushbu inson kapitali innovatsiyalarga juda sezgir va intiluvchan, yangi texnologiyalarni chuqur tushuna oladigan, bu bilan bog’liq fan asoslarini puxta o’zlashtirib olgan va o’z bilimlarni ishlab chiqarishga tadbiq qila oladigan bo’lishi lozim. Shunday qilib, kun tartibiga innovatsion insoniy kapitalni yaratish uchun hizmat qiladigan ta’lim va tarbiya tizimini tashkil qilish masalasi qo’yiladi. Innovatsion inson, talaba yoki ilmiy xodim quyidagi asosiy ma’naviy ko’rsatgichlarga ega bo’lishi zarur:
Vatanparvar, ilmda chanqoq va vatan manfaatlari yo’lida puxta bilim olishga tayyor bo’lishi lozim;
Doimiy bilim olishga intiladigan, o’z ustida muttasil ishlaydigan, tinimsiz malakasini oshiradigan va bu yo’lda o’qish-o’rganishga tayyor bo’lishi kerak;
O’z malakasini va ilmiy qobiliyatini mukammalashtirishga, yangiliklarni o’rganishga, ilg’or horijiy ilmiy-amaliy tajribalarni, asbob-uskunalarni va texnologiyalarni o’zlashtirib, resbublikaga olib kelishga muttasil intilishi lozim;
Mantiqiy, ilmiy, amaliy va tanqidiy fikrlash qobiliyati yuqori darajada rivojlangan bo’lishi zarur;
Aqlga muvofiq bo’lgan tavakkalchilik qilishga, tadbirkorlikka va mustaqil ishlashga layoqatli bo’lishi kerak;
Raqobat sharoitlarida boshqalardan doimo ustunlikka erishishga va jamoa (komanda) bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi zarur;
Chet ellardagi olimlar va mutahasislar bilan fikr almashinishda kommunikatsion vosita sifatida hizmat qiladigan chet tillarda, ayniqsa ingliz va rus tillarida bemalol professional gaplashagigan bo’lishi talab qilinashi kerak;
Bunday insoniy kapital namoyondalari korruptsiyadan mutlaqo ozod va o’z taqdirini vatan taqdiri bilan chambarchas bog’lagan bo’lishlari lozim.
Bu tamoiyllarga og’ishmay rioya qilish inson kapitali to’g’risidagi xozirgacha bo’lgan tushunchalardan farqli o’laroq, davlatning strategik rivojlanish maqsadlariga aynan mos keladi. Yuqoridagi hususiyatlarga ega bo’lgan insonlar nafaqat bilimli, ko’nikmalari rivojlangan va sog’lom, balki davlat tomonidan qo’yilgan uzoq muddatli strategic vazifalarni hal qila oladigan bo’lishlari kerak.
Endi innovatsion iqtisodiyot uchun zarur bo’lgan inson kapitali hususiyatlariga qanday faktorlar ta’sir qiladi va ularning qaysi biri buning uchun kerakli bo’lgan xossalarni rivojlantiradi yoki sekinlashtiradi degan savolga javob
berishga harakat qilamiz. Avvalo shuni aytish kerakki, xozirgi paytda respublikada mavjud bo’lgan ijtimoiy muhitning deyarli hech bir segmenti innovatsion inson kapitalining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmaydi. Ammo innovatsion insoniy kapitalga iqtisodiy fazo va holat, virtual koinot (internet, ijtimoiy tarmoqlar va erkin muloqot tizimlari), ta’lim tizimi, oilaviy va ijtimoiy bog’lanishlar, information fazo (televidenie, radio, matbuot va boshqalar), xozirgacha saqlanib qolgan milliy va internatsional madaniy-ma’naviy boyliklar ijobiy ta’sir qilishi mumkin va ular mamlakatimizga xozirgi davrda juda ham kerakli bo’lgan innovatsion insoniy hususiyatlarni rivojlantirishga ko’mak beradi. Ammo ba’zi zamonaviy salbiy milliy qadriyatlar (qalbaki diplomlar olish va bu bilan faxrlanish, tanish-bilishchilik, yuzaki bilim olishga intilish, katta sarf-xarajatlar bilan bog’liq to’y va tantanalar uyshtirish, moddiy boyliklarga o’ta o’chlik va bunday hislatlarni tashviqot qilish va boshqalar) va milliy axborot vositalarining xozirgi holati iqtisodiyot uchun zarur bo’lgan innovatsion hususiyatlarni rivojlantirishga halaqit ham beradi. Ko’pchilik yurtdoshlarimizning katta moddiy boylikka egalik qilishni va bilim emas, balki pul topish uchun chet ellarga ketishni orzu qilishi va barcha kuchlarini shu sohta orzularga yetish uchun yo’naltirilishi strategik jihatdan juda ham havfli holatdir. Bunda AQSh prezidenti Djon Kennedining quyidagi so’zlarini esga olishimiz mumkin: “Sen vatanim menga nima berdi deb savol bermagin, balki aksincha, men vatanga nima berdim deb o’zingga savol bergin”. Demak, vatan manfaatlari yo’lida xormay-tolmay mehnat qiladigan innovatsion insonlarni yetishtirish uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan salbiy holatlardan qutulish yo’llarini topish va hayotga tadbiq qilish zamona talabi bo’lib qoldi desak, also yanglishmaymiz. Yoshlarga chet ellarda o’qish va yangi texnologiyalarni o’rganish uchun (albatta, so’zsiz qaytib kelish sharti bilan) yetarlicha sharoit yaratish va o’z mamlakatimizda bilimli insonlarning hamda o’qituvchilarning mavqeini imkoniyat boricha ko’tarish yuksak maqsadlarga aynan mos bo’lar edi. Shuday qilib, iqtisodiyotni innovatsion yo’lga o’tkazish va bu yo’nalishda hizmat qiladigan inson kapitalini yaratish mamlakatimizning eng muhim va hayotiy masalalaridan biridir. Buning uchun inson kapitali tuzilishida
innovatsion hususiyatlarini rivojlantirish, insonlarning va mehnat jamoalarining intellectual mulk yaratish ko’nikmalarini rivojlantirish, boshqa mamlakatlardan yangiliklarni ijodiy o’zlashtirish va ularni tezkorlik bilan hayotga tadbiq qilish kerak bo’ladi. Bu vazifani eng oldin barcha ta’lim muassasalarida, shu jumladan maktablarda, litseylarda, kollejlarda, oily ta’lim muassasalarida va ilmiy tashkilotlarda amalga oshirish kerak bo’ladi. Ilm-fan, iqtisodiyot, texnika va ishlab chiqarichning birgalikda hamohang ishlashi amalga oshirilsagina, innovatsion faoliatni hayotning barcha jabhalarida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Endi mamlakatimiz iqisodiyotning turli hil hayotiy muhim sohalarida innovatsion texnologiyalarning qanday rivojlanish istiqbollari va imkoniyatlari mavjudligini imkoniyat darajasida ko’rsatib va holisona tahlil qilib chiqamiz. Bunda ko’p tarmoqli iqtisodiyotimizda xuddi shunday ishlarnigina amalga oshirish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi degan fikrni ta’kidlashdan uzoqdamiz, albatta. Bu fikrlar va takliflarni faqatgina innovatsion rivojlanish yo’nalishlarini taxminan o’z chegaralangan bilimlarimizga asosan ko’rsatib berish niyatidagina oshkor etayapmiz holos.
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga inson kapitalini jalb qilish va uning sifatini yaxshilash uchun ilmiy, texnik, boshqaruv va biznes sohalarning mutahassislarini jalb qilgan holda ta’lim dasturlari va yangi o’quv rejalari ishlab chiqish lozim. Bundan maqsad – o’quvchilarda ilmiy izlanishlarga qiziqish uyg’otish, fundamental fanlar bo’yicha tayyorgarlik qarajasini oshirish va ularni innovatsion tadbirkorlikka o’rgatishdir. O’quvchilarning kasbiy tayyorgarligini kuchatirish uchun maktab, litsey va kollejlarda amaliy injenerlik va texnikaviy ma’lumot hamda ko’nikmalar olishlariga keng imkoniyatlar yaratish kerak. Mamlakatning tezkorlik bilan iqtisodiy rivojlanishi va innovatsion faoliyat amalga oshirilishi uchun korxonalar faqat ular uchun kerakli bo’lgan mutahassislarni olishlari lozim. Buning uchun esa korxona va tashkilotlarning aniq talabnomalari bo’yicha maqsadli ravishda mutahassislar tayyorlashni yo’lga qo’yish zarur. Innovatsiyalar amalga oshirishni rejalashtirgan tashkilotlarning layoqatli talabalarni topishi oson bo’lishi uchun oliy ta’lim muassasalaridagi eng bilimli,
aqlli, tashabbuskor, ilmiy va ijodiy ishlarni amalga oshira oladigan talabalar ma’lumot bazasi tashkil qilinib, internet orqali barcha tashkilotlarga yetkazilishi maqsadga muvofiq. A’lo o’qiydigan va bilimli talabalar uchun kontrakt to’lov miqdorini kamaytirish yoki ularni byudjet asosida oliy o’quv yurtiga kirgan, ammo yomon o’qiyotgan talabalar o’rniga byudjet asosida o’qishga o’tkazish ham ijobiy natijalar bergan bo’lar edi. Mamlakatning innovatsion rivojlanishini kerakli kadrlar bilan ta’minlash uchun O’zbekiston fuqarolariga oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Buning uchun esa sirtqi, kechki va masovaviy ta’lim tizimlarini yo’lga qo’yish va internetdagi ochiq ta’lim platformalari yaratish zarur. Malakali ilmiy-texnik kadrlar tayyorlash innovatsion tizimning insoniy kapitalga bo’lgan ehtiyojini to’la-to’kis qondirish uchun hizmat qiladi. Buning uchun esa magistraturada o’qitish sifatini tubdan yaxshilash va ilmiy daraja hamda unvonlar uchun ustama to’lov kattaligini erishilgan innovatsion natijalarga monand ravishda sezilarli darajada oshirish lozim (ammo bunda maqolalar soni yoki ilmiy ishlar miqdorini emas, balki ushbu inson iqtisodiyotda qo’llanilgan va iqtisodiy samara beradigan qanday innovatsion ishlar bajarganini hisobga olish zarur – unga beriladigan mukofot yoki ustama to’lov miqdori ham xuddi shu tarzda aniqlanilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi). Qalbaki maqolalar va ko’chirma ilmiy ishlar (plagiat) bajarganlari isbot qilingan ilmiy xodimlar esa yolg’on ma’lumotlar uchun o’rnatilgan tartibda ma’muriy javob berishlari lozim (misol sifatida, AQSH da bunday tartib ko’pdan beri mavjud). Bu o’z navbatida ilmiy-texnik xodimlarning ishlanmalari sifatini oshirish, ularning jamiyatdagi mavqeini ko’tarish va yoshlarning ilm-fanni egallash uchun qiziqishlarini oshirish uchun ham hizmat qilgan bo’lar edi. Ta’lim muassalarida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar uchun majburiy ravishda haftasiga 6 kun 6 soatli ish kuni joriy qilish ularning mas’uliyatlarini oshirib, bevosita ilmiy, amaliy, uslubiy, tarbiyaviy va ma’naviy ishlar bilan to’laqonli ravishda shug’llanishlariga imkon yaratar edi. Bunday ish rejimini amalga oshirish kadrlar bo’limi tomonidan amalga oshirilib, monitoring bo’limi nazorat qilishi va har oy oxirida har bir professor- o’qituvchi miqyosida baholab, shunga mos ravishda oylik ish haqqini to’lash
tashkil qilinishi ta’lim muasasalaridagi xodimlarning ishini tartibga solishga olib kelar va ularning ish unumdorligini ancha oshirar edi. Xozirgi paytda esa ko’pchlik professor-o’qituvchlar haftalab yoki oylab ish joyiga kelmasliklari, asosiy ish joylari ta’lim muassasasi bo’lgani bilan ularning boshqa joylarda ishlashlari, ilmiy va uslubiy ishlar bilan xo’jako’rsinga shug’ullanishlari, almisoqdan qolgan materiallar bilan darslarga kirishlari odat tusiga kirib qolgan va bu ularning nafaqat malakasini tushurub yuboradi, balki o’quv yurtlaridagi ta’lim jarayoni sifatiga ham jiddiy ta’sir qiladi. Undan tashqari, oliy o’quv yurtlaridagi turli miqyosdagi anjumanlar va konferentsiyalardagi maqola va ma’ruzalarning ilmiy-amaliy ahamiyati juda pastligi hamda ko’pchilik mualliflarning bu konferentsiyalarga umuman qatnashmasdan, ko’pgina ilmiy ishlar chop etishlari ilmiy anjumanlar va konferentsiyalarning amaliy ahamiatini (va saviyasini) tushirib yuborib, qalbaki (va hech kimga kerak bo’lmagan) ilmiy ishlarning ko’payib ketishiga sabab bo’layapti. Shuning uchun, qalbaki va keraksiz ilmiy ishlarning miqdorini kamaytirish maqsadida, ilmiy anjumanlar va konferentsiyalarning qanday tartibda to’laqonli o’tkazilishi kerakligini aniqlab beradigan hamda maqolalarning saralanish me’zonlarining Vazirliklar miqyosidagi normativ tadbirlarni ishlab chiqish ham zamona talabi bo’lib qolgan. Mualliflar tomonidan yozilgan darslik, maqola, monografiya, o’quv qo’llanma va o’quv uslubiy qo’llanmalarning sifatini oshirish maqsadida ulardagi keltirilgan materiallarning saviyasi va ilmiy darajasiga mualliflar va taqrizchilarning mas’uliyatlarini (va javobgarliklarini) oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish ham to’laqonli, amaliyotga va o’quv jarayoniga foydasi tegadigan ilmiy materiallar yozilishini ta’minlashga juda yaxshi ijobiy turtki bo’lgan bo’lar edi. Ta’lim muassasalarini, mutahassislarni va aholini elektron ko’rinishdagi turli hil o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida to’laqonli O’zbekiston Respublikasi virtual kutubxonasi tashkil qilinib, unga barcha yo’nalishlardagi ilmiy, adabiy, texnik, tibbiyot va boshqa sohalarga oid adabiyotlarning elektron nushalarini yozib qo’yish va ularni barcha foydalanishi hamda kerakli adabiyotlarni topishi oson bo’lgan ko’rinishga keltirilishi ayni maqsadga muvofiq bo’lar edi. Barcha ilmiy-tekshirish institutlari, oliy ta’lim
muassasalari, bosmahona va nashriyotlar, Vazirlik va boshqaruv tashkilotlarida yaratilgan barcha turdagi adabiyotlarni hamda anjuman va konferentsiyalar materiallarini ushbu virtual kutubxonaga joylashtirish tartibini majburiy tartibda amalga oshirish mehanizmini ishlab chiqarish zarur (har bir muallif, ilmiy xodim, professor-o’qituvchi va adabiyotlar yaratilgan tashkilot ham bu yumushga mas’ul bo’lishi ko’zda tutilishi lozim). Virtual kutubxona yaratish va uni doimiy ravishda to’ldirish bo’yicha bunday chora-tadbirlar majmui barchani kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash va shu bilan birga ularning ilmiy-madaniy va ma’rifiy salohiyotlarini yuksaltirish uchun katta hizmat qilgan bolar edi. Ayniqsa, xozirgi paytda juda tez va keng miqyosda rivojlanib borayotgan masofaviy ta’lim platformalari orqali ta’lim olish imkoniyatini yoshlar orasida targ’ib qilish va barcha viloyat markazlari va katta aholi punktlarida turli sohalar bo’yicha masofaviy ta’lim beruvchi kichik korxonalarini ochish respublika uchun hamda halq xo’jaligi tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlashga katta xizmat qilgan bo’lar edi. Buning uchun yana bir qimmatli manbaa bo’lib Apple hammуаssisi Стив Возняк tomonidan ishga tushirilgan (2017 yil) texnik digital-mutaxassislarni o’qitish maqsadida tashkil qilingan on-line platformadir. Woz U nomini olgan bu loyiha yoshlarga texnologik sohada kar’era qilish g’oyasini ilgari surishga va sohaga kirish uchun zarur bo’lgan nazariy va amaliy bilimlarni berishga qaratilgan. Woz U da ko’plab o’quv dasturlari bo’ladi: ya’ni, dasturiy ta’minot ishlab chiqarish va axborot texnologiyalaridan boshlab, to mobil ilovalar ishlab chiqarish va kiberhavfsizlikkacha.
Oliy ta’lim muassasalaridagi xozirgi paytda ko’proq nazariy ahamiyatga molik bo’lgan o’quv jarayoni ham amaliyotga imkoniyat darajasida yaqinlashtirilishi lozim. Talabalar nafaqat nazariy bilim va kasbiy malakaga ega bo’lishlari, balki iqtisodiyot rivojlanishining asosiy muammolarini, ilm, fan va texnikani, innovatsion texnologiyalarni juda yaxshi tushuna olishlari kerak. Buning uchun esa oliy ta’lim muassasalarida biznes va ishlab chiqarish hamda boshqaruv tuzilmalarining eng ilg’or namoyondalari tomonidan mahsus o’quv kurslari olib borilishini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi. O’zbekistonlik eng iqtidorli
yoshlarning yetakchi horijiy universitetlardagi bakalavriatda, magistraturada o’qishlarini tashkil qilish va yetakchi halqaro kompaniyalarda ularning malakalarini oshirish ham mamlakatdagi innovatsion jarayonni tezlashtirish uchun katta hizmat qilgan bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |