LITECOIN (LTC) ning BITCOIN (BTC) dan asosiy farqlari:
Litecoin hisoblash amallari uchun markaziy protsessorni Bitcoin ga nisbatan samaradorroq ishlatadi, mayningning afzalliklari esa unda biroz pastroq darajada bo’ladi.
Pul o’tkazmalarini tasdiqlash uchun to’rt marta kamroq vaqt sarfi kerak bo’lishi;
Pul mablag’larining maksimal katta miqdoridan foydalana olish mumkinligi – ya’ni 84 million dollar;
Har 3,5 kunda kriptografik hisoblarning murakkablik darajasi qayta hisoblanilib turiladi;
Tarmoqda jami bo’lib 84 million LTC dan foydalanish mukin, bu BTC ga nisbatan to’rt marta ko’p deganidir;
Yangi bloklar generatsiya qilingani uchun mukofotlanuv ham 840 000 blokdan so’ng ikki baravarga kamaytiriladi;
Laytkoinning loyihachilari o’zlarining asosiy maqsadlari sifatida bitkoin tizimidagi xatolar va kamchiliklarni tuzatishni qabul qilganlar. Kriptovalyutalar bilan ish olib borilganida Litecoinning kursi Bitcoinning kursiga bog’liq ekanligi kuzatiladi. Bu ularning bir biriga bog’liqligidan emas (chunki ular bir-biriga bog’liq bo’lmagan valyutalardir), balki Bitcoin va Litecoinga bo’lgan talab va taklifning o’zaro balansi natijasida paydo bo’ladi. Kriptovalyutalarning kurslarini umuman bashorat qilib bo’lmaydi va xolat istalgan daqiqada batamom o’zgarib ketishi mumkin. Ayniqsa bu xolat 21 million bitkoinlar ishga tushib ketgandan so’ng yaqqol kuzatiladi.
Bitkoinlarning keyingi vaqtda kuzatilgan katta muvaffaqiyati quyidagilardadeb ta`kidlashimizmumkin: Kipr davlatining o’z iqtisodiyotining ayrim qismlarni bitkoinlarga o’tkazishni rejalashtirganligi;
Kriptovalyutaga juda katta pullar oqimining kirib kelganligi. Ularning kapitalizatsiyalashuvi bir necha milliard AQSH dollaridan oshib ketdi;
Ko’pchilik insonlarning 100 sumga ham, 3 dollarga ham bitkoin sotib ollolmaganliklari ularning bitkoin millionerlari bo’lish imkoniyatlarini batamom yo’qqa chiqarganligi;
Shuning uchun ham bitkoindan keyingi ikkinchi alternativ kriptovalyuta – laytkoinning obrusi orta boshladi. Ushbu bozorda faoliyat ko’rsatayotgan ko’pchilik insonlar laytkoin ham bitkoinning muvaffaqiyatini qaytarishiga va u ham anchagina dollargacha kattalikka o’sa olishiga ishonadilar;
Kriptovalyutalarning asosiy birjasi o’zida laytkoinlardan ham foydalanishini bildirdi;
Yuqoridagi sabablar tufayli ko’pchilik laytkoinlarni faol ravishda sotib ola boshladilar.
Xozirgi davrdagi asosiy kriptovalyutalarning qisqacha tavsifi quyidagi jadvalda keltirilgan: