5
qaytamiz va buning uchun avvalo pul o’zi nima – degan
savolga javob beramiz:
Pul – biror bir mamlakatning yoki kelishuv asosida bir nechta davlatning tovar
va hizmatlar oldi-sottisi uchun umumiy ekvivalent
sifatida qabul qilinadigan
valuytasi bo’lib, u qog’oz, metal yoki electron ko’rinishda bugungi kun
iqtisodiyotida amal qiladi. Valyutaning eng muhim jihatlaridan biri – unda
emissiya qiluvchi (
pul chiqaruvchi
) biror bir muassasa (
O’zbekistonda
Markaziy bahk
) belgilanadi va tegishli qonunlarga muvofiq to’lovlarda
belgilangan hududlarda o’z qiymatida qabul qilinishi qat’iy belgilanadi.
Bugungi kundagi pullar
fiat
pullar (
nominal qiymati real qiymatidan katta
farq qiladigan pullar
) hisoblanib, ularni muomalaga chiqarish uchun
sarflanadigan harajatlar odatda pul ustida ko’rsatilgan qiymatdan ancha arzon
bo’ladi. Masalan, AQSH da 100 dollarlik bitta kupyurani chiqarish uchun atigi
14 tsentlik harajat ketadi. Agar yarim asr oldin
pullarning qiymati oltin
ekvivalenti bilan ta’minlangan bo’lsa, xozirgi kunga kelib, ular mamlakatda
yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy yig’indisi bilan ta’minlanishi
belgilangan. Biroq, naqdsiz pullar bilan amalga oshiriladigan har bir
tranzaktsiya (
pul o’tkazishlar amaliyoti
) bevosita
biror bir moliya muassasasi
orqali amalga oshirilishi yo’lga qo’yilgan. Bunda o’ziga hos nazorat yo’lga
qo’yilgan bo’lib, havfsizlik va ko’rsatilgan hizmatlar uchun moliyaviy
vositachilar (
banklar, birjalar va boshqalar
) komission haq olishi
belgilangan. To’g’ri, naqd pul bilan hech qanday haq to’lamasdan ham
to’g’ridan-to’g’ri to’lovlarni
amalga oshirish mumkin, ammo bu amal yirik
bitimlarda va uzoqdagi xamkorlar bilan amalga oshiriladigan to’lovlar uchun
juda noqulay hisoblanadi. Buning ustiga, naqd pularning qalbaki bo’lib
chiqishi ehtimoli ham bor albatta. Yigirma birinchi asr axborot texnologiyalari
asri bo’lgani uchun komp’yuter va internet texnologiyalari
shiddat bilan
rivojlanishi
oqibatida
to’lovlarni
mukammallashtirish
va
yanada
osonlashtirish ustida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Toshkentda ham 2018
yil 28 aprel kuni 25 mamlakat va 100 ga yaqin tashkilot vakillari ishtirokida
blokcheyn va kriptovalyutalar bo’yicha Burunjahon sammiti o’tkazildi.
6
Sammitning saytida (
http://tashkent.wbcsummit.org/
) "
MDH ning uchunchi
o’rindagi eng yirik iqtisodiyoti – O’zbekistonga hush kelibsiz! Mamlakat
iqtisodiy siyosatidagi o’zgarishlar va tayyorlanayotgan qonunchilik
islohotlaridan kelib chiqib, O’zbekiston Markaziy Osiyoning yangi
kriptopoytaxti sifatida tanlandi
", deyilgan edi.
Diqqatingizga havola etilayotgan ushbu risola yuqorida qisqacha
ravishda tavsif etilgan xuddi shu va shunga o’xshash
masala va muammolari
ommabop ravishda taqdim etishga va imkoniyat darajasida o’rganishga
bag’ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: