Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari



Download 339,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana31.12.2021
Hajmi339,2 Kb.
#256461
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti



Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy 

yo‘nalishlari  va muammolari  

 

Reja: 



2.1. Bozor iqtisodiyotining asoslari, xususiyatlari va bugungi qiyofasi 

2.2. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari va investitsiya – qurilish  

      faoliyatida ularni hisobga olish 

2.3. Qurilish iqtisodiyotini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari 

2.4. Qurilishni shartnoma asosida tashkil etish 

2.5. Kapital qurilishda tanlov savdolari 



 

2.1. Bozor iqtisodiyotining asoslari, xususiyatlari va bugungi qiyofasi 

Ma’lumki,  iqtisodiyot  bozor  munosabatlari  sharoitida  faoliyat  ko‘rsatadi. 

O‘zbekiston  davlat  mustaqilligiga  erishgan  dastlabki  kunlardan  boshlab 

iqtisodiyotni  rejali  tizimdan  bozor  munosabatlari  asosiga  o‘tkazish  masalasi 

ko‘tarilib, uni hal qilishga kirishildi. Avvalgi nashrlarda, turli tadqiqotlarda bozor va 

bozor iqtisodiyoti anarxiyani, inqirozlar va ishsizlikni keltirib chiqaruvchi tizim deb 

ko‘rsatilar, bozorning biznes, tadbirkorlik, raqobat va shu kabi kategoriyalariga esa 

kapitalizmga xos illatlar deb qaralardi. 

Bugungi  kunda  chop  etilayotgan  tadqiqotlardan  esa  biz  bozorning  ishlab 

chiqaruvchi(sotuvchi)  bilan  iste’molchi(haridor)  uchrashadigan  joy  ekanligini, 

bozor  iqtisodiyotining  esa  rivojlanib  borayotgan  tizim  ekanligini,  unda  iste’mol 

tovarlarining  mo‘l-ko‘l  bo‘lishini,  ularning  avvalgi  paytlardagidek,  faqat  davlat 

tomonidan emas, balki zarur hollarda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda 

asosan ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilishini bilib oldik. 

Ko‘rinib  turibdiki,  mazkur  masala  bir  qarashda  oddiy  ko‘rinsa-da,  anchagina 

murakkabdir. 

Bozor iqtisodiyoti uch yuz yildan ko‘proq davrdan beri mavjuddir. Shu davr 

ichida  u  tinmay  rivojlanib,  takomillashib,  jamiyat  hayotidagi  o‘zgaruvchan 

sharoitlarga moslashib kelmoqda. Shu sababdan, hozirgi kundagi bozor Adam Smit 

davridagi yoki Karl Marksning “Kapital” asarida bayon qilingan davrdagi bozorga 

mutlaqo  o‘xshamaydi.  Ammo  bozorning  asosi  deyarli  o‘zgarishsiz,  avvalgidek 

holicha saqlanib qoldi. 

Bozor  iqtisodiyotining  paydo  bo‘lganiga  ko‘p  vaqt  bo‘lmagan  bo‘lsa, 

bozorning o‘zi juda qadimdan, antik dunyoda va  hatto undan ham avval vujudga 

kelgan.  Mehnat  taqsimoti  boshlangan  zahoti,  odamlar  orasida  o‘z  mehnatining 

mahsuli bilan ayirboshlash zarurati paydo bo‘lgan. Natural xo‘jalik sharoitida ham 

odamlar o‘z mehnat mahsulotlarini o‘zaro ayirboshlardilar, ammo bu ayirboshlash 

tasodifiy  xarakterga  ega  bo‘lgan.  Mehnat  taqsimoti  sharoitida  esa  mehnat 

mahsulotlarini muntazam ayirboshlamay yashash mumkin bo‘lmay qolgan. Ushbu 

tovarlarni  ayirboshlash  zarurati  bozorning  paydo  bo‘lishiga  sabab  bo‘lgan.  Agar 

biror  odam  qandaydir  tovarni  ishlab  chiqarishdan  bosh  tortsa  ham,  uni  bozorda 

topishi  va  biror  boshqa  tovarga  ayirboshlashi  mumkin  bo‘lgan.  Bozorning  eng 

muhim  xususiyati  ham  shudir:  uni  hech  kim  o‘ylab  topmagan  va  majburan  joriy 

etmagan - u hayotning mantiqiy zarurati bo‘lib, o‘z-o‘zidan, tabiiy ravishda vujudga 




kelgan, bugungi kungacha ham shu yo‘l bilan rivojlanib kelmoqda. Mana shu tabiiy 

rivojlanish yo‘li mamlakatimiz tarixida majburan to‘xtatib qo‘yilgan edi. Iqtisodiyot 

o‘zining  qonunlariga  bo‘lgan  bunday  hurmatsizlik  uchun  qanday  shafqatsiz  o‘ch 

olganini vaqt ko‘rsatmoqda. 

Yana  bozor  iqtisodiyotining  tarixiga  nazar  tashlaymiz.  Tovarlarni 

ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan bozor asta-sekin jamiyatdagi barcha iqtisodiy 

aloqalarning asosiy shakliga aylandi. Bu bosqichda texnika murakkablashdi, mehnat 

taqsimoti chuqurlashdi, ishlab chiqarish kengaydi, bozorlarning hajmi kattalashdi - 

mayda-mayda  mahalliy  bozorlar  birlashib,  yirik  milliy  (ichki)  bozorlarni, 

keyinchalik  esa  jahon  bozori  shakllandi.  Bozor  munosabatlari  rivojlangan  sari, 

odamlar  tovarlarni  ayirboshlash  qandaydir  sirli  kuchlar  tomonidan  boshqarib 

turilishini  seza  boshladilar.  Bir  paytlar  Adam  Smit  ularni  “ko‘rinmas  qo‘l”  deb 

atagan  edi.  Shu  tariqa  bu  sirli  qonuniyatlarni  o‘rganish,  ularning  qonuniyatlarini 

aniqlash,  “boylikning  tabiati  va  sabablarini”,  “davlatning  qanday  qilib boyishini” 

o‘rganishga ehtiyoj tug‘ildi. Siyosiy iqtisod fani ana shunday vujudga keldi. Hozirgi 

kunda xalqlarning boyligi va qashshoqligining sabablari haqida ko‘p narsa ma’lum 

bo‘lgan bo‘lsa-da, iqtisodiyot qonunlarini o‘rganish nihoyasiga yetmadi. 


Download 339,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish