2.3. Qurilish iqtisodiyotini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari
Ko‘rib chiqilgan masalalar qurilish iqtisodiyotini isloh qilishning butun milliy
iqtisodiyot nuqtai nazaridan qaragandan majburiy chora emas, balki ob’ektiv zarurat
va hatto davr talabidir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Iqtisodiyotning u
yoki bu tarmog‘i “oqsayotgan” bo‘lsa, xo‘jalikni boshqarishda bozorga xos
bo‘lmagan usullarni qo‘llayotgan bo‘lsa, bunday iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti deb
bo‘lmaydi. Iqtisodiyotni (tarmoq iqtisodiyotini ham, milliy iqtisodiyotni ham) faqat
boshqaruvning barcha pog‘onalarida, hamma joyda bozor mexanizmlari amal qilgan
taqdirdagina bozor iqtisodiyoti deb atash mumkin. Bunga erishmaguncha bozor
iqtisodiyoti haqida jiddiy gapirish mumkin emas.
Afsuski, bugungi kunda qurilish majmuasining ahvoli aytarlik yaxshi emas,
bu tarmoq ilgari ham ob’ektlarning qurilishi haddan tashqari “uzoq vaqtga
cho‘zilishi”, bitmagan qurilishlar soni ko‘payishi, kapital qo‘yilmalarning son-
sanoqsiz ob’ektlarga taqsimlanib ketgani, yo‘qotishlar, ishlab chiqarishga bog‘liq
bo‘lmagan harajatlar va boshqalar tufayli har doim ham yaxshi ko‘rsatkichlarga ega
bo‘lavermas edi.
Bugungi kunda esa kapital qurilishni jonlantirish va uning samaradorligini
oshirish uchun boshqacha chora-tadbirlar kerak bo‘lmoqda. Shu maqsadlarda
«Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy
yo‘nalishlari to‘g‘risida» O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni
(06.05.2003 y., № PF-3240) e’lon qilindi. Unda asosiy yo‘nalishlar sifatida
quyidagilar ko‘zda tutilgan:
1) pudratchi qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini
xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish
boshqaruv tuzilmalarini ixchamlash va monopoliyadan chiqarish;
2) xususiy qurilish firmalarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, qurilish
sohasida o‘rta va kichik korxona va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini
rivojlantirish;
3) kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish
faoliyatida shartnoma munosabatlarining rolini kuchaytirish, barcha joylarda
buyurtmalarni joylashtirishda tenderlarni joriy qilish, qurilishni asosan
foydalanishga tayyor holda («qulf-kalit»gacha) topshirish shartlari asosida amalga
oshirish;
4) investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash darajasini
oshirish, ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish,
qurilishning moddiy-texnik bazasini yangilash;
5)tarmoqni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida institutsional o‘zgarishlarni
amalga oshirish, qurilish majmuasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, bir-
ikki bo‘g‘inli boshqaruv tizimlariga o‘tish;
6)qurilish pudrat tashkilotlarida brigada pudratini joriy qilish, to‘lovni
ishlarning tugallangan bosqichlarida amalga oshirish asosida ishlab chiqarish va
mehnatni tashkil qilishning me’yorlari va mexanizmlarini takomillashtirish;
7)qurilish-montaj ishlarining tannarxini kamaytirish, muddatlarini qisqartirish
va sifatini oshirish.
Bu choralar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 2005 yilga
mo‘ljallangan muayyan Dasturi bilan mustahkamlangan bo‘lib, shu maqsadlarda uni
amalga oshirish yuzasidan maxsus hududiy va vertikal komissiyalar tashkil qilingan.
Quyida ko‘rsatilgan ob’ektlarning texnik-iqtisodiy asoslashlari Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi:
a)xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan holda hukumat kafolati
asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar, loyihaning qiymatidan qat’i nazar;
b) respublika investitsiya dasturiga kiritilgan, har yili davlat budjeti bilan
birga tasdiqlanadigan ob’ektlar.
Investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari va boshqa kerakli
hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagunga qadar
belgilangan tartibda tegishli ekspertizadan o‘tishi lozim. Investitsiya va qurilish
loyihalarining tanlov asosida tanlab olinishi qurilish majmuasini tashkil qilish va uni
boshqarishdagi eng muhim nuqtalardan biriga aylanib bormoqda.
U ayniqsa quyidagi hollarda keng qo‘llanilmoqda:
loyihalash, injenerlik-tadqiqot ishlari, konstruktorlik ishlari va hokazo;
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish bino va inshootlarini, korxoalarni
qurish va texnik qayta jihozlashda, shu jumladan “qulf-kalit” qilib topshirishda;
komplekt texnologik asbob-uskunalar va boshqa mehnat vositalarini
yetkazib berishda;
loyihani boshqarishda, maslahat xizmati ko‘rsatishda, nazoratda.
Tanlovlarning (tenderlarning) samarasini oshirish maqsadida va pudrat
bozorida raqobatchilikni kuchaytirish maqsadida bu bozorda maxsus qoidalar va
talablarga rioya qilingan holda xorijiy loyihalash va qurilish kompaniyalarining
qatnashishi ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni qurilish majmuasi, butun iqtisodiyot kabi,
avvalgi “yopiq” holatini yo‘qotib, mamlakatdagi qonunchilik doirasida xorijiy
investorlar uchun ochiq bo‘lib bormoqda.
Shu munosabat bilan investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning va
ekspertlarning malakasi, roli kuchayib bormoqda. Ekspertlar kerakli professional
ma’lumotga, tajribaga va kasbiy intuitsiyaga ega bo‘lishlari lozim. Xorijiy
amaliyotda ekspertlarning xulosasi, odatda, qayta ko‘rib chiqilmaydi va hatto
muhokama qilinmaydi.
Bizning
sharoitlarda
ekspertlar
sifatida
boshqaruv
organlarining
mutaxassislari, olimlar, tadqiqot va loyihalash tashkilotlarining xodimlari, turli
sohadagi rahbarlar qatnashishi mumkin. Ekspertlarning vazifasi tashabbus-mantiqiy
tahlil qilish va loyihada amalga oshirilgan hisob-kitoblarni tekshirib ko‘rishdan
iborat. Ekspertlarning xulosasi loyihaviy ishlanmalar uchun tenderda qatnashishga
asos bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |