Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

Qo‘shimcha fanlar bloki bo‘yicha 
talabalarning bakalavriat ta’lim fanlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda chuqur 
bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi; 
mehnat  bozorida  raqobatbardoshlikni  ta’minlashi  hamda  ta’lim  xizmatlari 
sohalari rivojini jadallashtirishi; 
jamiyatni  pedagogizatsiyalash  sharoitida  pedagogik  profilaktikani  tashkil 
etish va amalga oshirish malakasini tarkib toptirishi; 
kasbiy  faoliyat  strategiyasi  va  taktikasini  to‘g‘ri  tanlay  olish,  kasbiy  nuqtai 
nazarning barqarorligini ta’minlashi; 
ta’lim  sifatiga  qo‘yilayotgan  talablar  va  mehnat  bozori  talablari  tez 
o‘zgarayotgan sharoitda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalar va 
fanlar dasturlarining moslashuvchanligini 
ta’minlashi lozim

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlov fanlari
 
fan, texnika va texnologiyalarning 
zamonaviy  yutuqlari,  kadrlar  buyurtmachilari  talablaridan  kelib  chiqqan  holda 
tanlov  fanlarining  tarkibi  va  ularning  mazmuniga  qo‘yilgan  talablar  oliy  ta’lim 
muassasasi Kengashi tomonidan belgilanadi. 
Jismoniy  madaniyat ta’lim  yo‘nalishining umumkasbiy va ixtisoslik fanlari 
bo‘yicha  namunaviy  o‘quv  dasturlari  asosiy  mazmuniga  quyidagi  bo‘limlar 
kiritilgan  bo‘lib,  shular  orqali  fanlarni  chuqur  o‘rganish  va  o‘rgatish  nazarda 
tutilgan.  
 Jumladan:  
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni  
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 
IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 
V. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar  
VI. Kurs ishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar 
VII. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar  
VIII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari 
 
 
 


350 
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 
Oliy  ta’limning  fundamentalligi  real  dunyodagi  jarayonlar,  ob’ektlar  va 
hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori 
malakali  mutaxassislarni  tayyorlashda  asos  sifatida  qabul  qilingan.  Malaka 
talablari tayyorlanayotgan kadrlarning ko‘nikma va malakalariga yuqori talablarni 
qo‘ymoqda.  Shu  talablar  zamonaviy  sharoitlardan  bevosita  kelib  chiqqan  bo‘lib, 
ularning  maqsadi  ta’lim  olayotgan  yoshlardan  milliy  intellektual  kadrlarni 
shakllantirishdan  iborat.  Gumanitar  ta’lim  yo‘nalishlari  uchun  qo‘yilgan  malaka 
talablari ichida jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari alohida 
o‘rin  tutadi.  Bu  esa  jismoniy  madaniyat  ta’lim  yo‘nalishi  o‘quv  rejalarida  o‘z 
ifodasini topdi. 
Jismoniy  madaniyat  ta’lim  yo‘nalishi  bo‘yicha  bakalavrlarni  tayyorlashda 
umumkasbiy  va  ixtisoslik  fanlari  asosiy  vosita  hisoblanib,  jismoniy  sifatlarni 
rivojlantirish  va  tarbiyalash,  fanlarning  nazariy  hamda  amaliy  bilim,  ko‘nikma 
hamda malakalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 
Mazkur  bo‘lim  orqali  jismoniy  madaniyat  ta’lim  yo‘nalishida  o‘qitiladigan 
barcha  umumkasbiy  va  ixtisoslik  o‘quv  fanlarining  asosiy  maqsadi  ta’lim 
sohasining  zamonaviy  talablari  hamda  fanning  o‘ziga  xos  ilmiy-metodik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.  
Shuningdek belgilangan fanning maqsadiga erishish uchun dolzarb vazifalar 
qo‘yiladi. Fanning vazifalarini amalga oshirishda fan bo‘yicha talabalarning bilim, 
ko‘nikma va malakasiga qo‘yilgan talablar ham hisobga olinishi kerak.   
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)  
 
Mazkur  bo‘limga  har  bir  umumkasbiy  va  ixtisoslik  o‘quv  fanlarining 
zamonaviy  talablari,  fanning  o‘ziga  xos  o‘quv-uslubiy  va  ilmiy-metodik 
xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  o‘qitiladigan  ma’ruza  mavzulari  hamda 
ularning asosiy mazmuni kiritiladi.   
IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 
Amaliy  mashg‘ulotlarni  tashkil  etish  bo‘yicha  kafedra  professor 
o‘qituvchilari  tomonidan  ko‘rsatma  va  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi.  Unda  talabalar 
asosiy  ma`ruza  mavzulari  bo‘yicha  olgan  bilim  va  ko‘nikmalarini  amaliy 
mashg‘ulotlar  orqali  yanada  boyitadilar.  Shuningdek,  darslik  va  o‘quv 
qo‘llanmalar  asosida  talabalar  bilimlarni  mustahkamlashga  erishish,  tarqatma 
materialllardan  foydalanish,  sport  musobaqalarida  qatnashib,  o‘yinlarni  tashkil 
qilish, hakamlik qilish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalarning 
bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar 
tavsiya etiladi. 
V. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar  
Seminar  mashg‘ulotlarida  talabalar  mashg‘ulotlarni  tashkil  qilish  hamda 
o‘tkazish  bo‘yicha  nazariy  bilim,  ko‘nikma  hamda  malakalarga  ega  ekanliklari 
aniqlanadi.  Seminar  mashg‘ulotlarida  talabalar  ma`ruza  mashg‘ulotlaridagi 
mavzular  bo‘yicha  berilgan  ma`lumotlarni  qay  darajada  o‘zlashtirganligi 
aniqlanadi, baholanadi hamda ularni bilimlari yanada mustahkamlanadi. 
VI. Kurs ishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar 


351 
Talaba  kurs  ishini  tayyorlashda  muayyan  fanning  xususiyatlari  hisobga 
olgan holda quyidagi shakl va usullardan foydalanish tavsiya etiladi. 
- kurs ishlarining tarkibiy tuzilishi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muofiqdir 
ya`ni  titul  varag‘i,  reja,  kirish,  asosiy  qism,  xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar 
ro‘yxati keltiriladi;  
-  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalar  bo‘yicha  fan  boblari  va  mavzularini 
mukammal o‘rganish;  
-  mashqlar  chizmasini  chizish  va  mashq  variantlarini  ishlab  chiqish  hamda 
amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish;  
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash; 
-  talabaning  o‘quv,  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  bajarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish; 
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; 
VII. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar  
Talaba  mustaqil  ta`limni  tayyorlashda  muayyan  fanning  xususiyatlarini 
hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi. 
-  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalar  bo‘yicha  fan  boblari  hamda  mavzularini 
o‘rganish;  
- tarqatma materiallar ma`ruzalar qismini o‘zlashtirish; 
-  jismoniy  tarbiya  va  sportga  oid  mashqlar,  o‘yinlar  chizmasini  chizish 
hamda o‘yin variantlarini ishlab chiqish;  
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash; 
- o‘yinda ishlatiladigan sport anjomlarini o‘rganish; 
-  talabaning  o‘quv,  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  bajarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish; 
VIII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari 
Ushbu  bo‘limga  namunaviy  o‘quv  fan  dasturilarini  tayyorlashda  keng 
foydalanilgan  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasiga  oid  asosiy  va  qo‘shimcha  o‘quv 
adabiyotlar hamda axborot manbaalarining ro‘yxati kiritiladi.  
 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish