Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

Kurs ishlari bo‘yicha nizom. 
 
Kurs  ishini  yuqori  darajada  va  sifatli  bajarilishi  maqsadida  taxminiy  nizom 
ishlab  chiqildi.  Nizom  talablari  va  qoidalariga  rioya  qilish  maqsadga  muvofiqdir. 
Ular quyidagicha:  
1.  Kurs  ishini  bajarish  hamma  talabalar  uchun  majburiy,  yaxshi,  yuqori 
darajada  bajarilgan  kurs  ishlari  shu  muammo  bo‘yicha  ilmiy  maqola,  bitiruv 
malakaviy ishlar sifatida davom ettirilishi mumkin.  
2.  Jismoniy  madaniyat  ta’lim  yo‘nalishi  bo‘yicha  kurs  ishlari  belgilangan 
semestrlar oxirida himoya qilinadi. 
3.  Jismoniy  madaniyat  kafedrasi  har  yili  kurs  ishining  mavzulari  qayta 
ko‘riladi, o‘rganiladi, aniqlanadi va mavzular banki qayta ishlab chiqiladi. Fanlar 
bo‘yicha  kurs  ishining  hamma  mavzularida  fanga  oid  masalalar  yoritilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.   
4.  Dastlab  mavzuni  tanlashda  maslahat  va  tavsiya  asosida  talabalarga  kurs 
ishida kafedradan biriktirilgan o‘qituvchi yordam beradi. Shu tartibda talabalar o‘zi 
kurs  ishlarini  mavzular  bankidan  mavzuni  tanlaydi  va  tanlagan  mavzusiga 
familiyasini yozib imzo qo‘yadi.   
5.  Maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  bolalarning  jismoniy  rivojlanish 


355 
masalalari    bo‘yicha kurs  ishlari  jismoniy  tarbiya  xususiyatlarini, ularni  jismoniy 
rivojlanishida o‘z tengdoshlari bilan farqlanishi, iqlim sharoiti va urf-odat asosida 
jismoniy tarbiyasi bo‘yicha farq qilishi bu ishlar asosan antropometrik o‘lchamlari 
bilan farqlanadi.  
6.  Bolalar  jismoniy  tayyorgarligi  masalalari  bo‘yicha  kurs  ishini  yozishni 
harakat  sifatlarining  rivojlanish  ko‘rsatkichlarini  to‘plash,  texnik  va  taktik 
tayyorgarligini  aniqlash,  jismoniy  tarbiya  darsi  jarayonida  rivojlanish  dinamikasi 
asosida  o‘rganish  lozim,  ya’ni  sinov  so‘rovnoma  o‘tkazish  va  to‘plangan 
ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha kurs ishini bajarish maqsadga muvofiqdir.  
7. Kurs ishida mashhur, yetakchi o‘qituvchilar tajribalarini tahlil qilish va u 
materiallarni umumlashtirish mumkin. 
8.  Savol  javoblar  varaqasini  tuzish  va  ularni  amalga  oshirish  yo‘llarini, 
usullarini kiritish kerak.  
9.  Talabalar  tomonidan  kurs  ishi  mustaqil  bajariladi:  kurs  ishini  bajarish, 
himoya qilish jarayonida talaba kerak bo‘lgan adabiyotlarni mustaqil izlash, topish 
va  ulardan  kurs  ishini  yozilishida  foydalanishni  o‘rganishi,  ularni  tahlilini 
o‘tkazish,  kerakli  materiallarni,  ma’lumotlarni  to‘plash,  tahlil  qilish  va 
umumlashtirish,  ularni  bayon  etish  va  yozish  hamda  xulosa  chiqarish,  yozilgan 
kurs  ishini  yaxshi,  nafisli  bezatish,  himoya  qilish  va  o‘z  fikrini  isbotlashga 
o‘rganishlari zarur. 
10.  Kurs  ishiga  kafedradagi  professor-o‘qituvchilar  rahbarlik  qiladilar. 
Rahbar o‘z vazifasiga ko‘ra talabalarga kurs ishlarini bajarish tartiblari, metodlari 
va  o‘tkazish  usullari,  yo‘llarini  tanlashga  metodik  jihatdan  yordam  beradi.  Kurs 
ishining  bajarish  darajasini  baholash  uchun,  talabalar  har  oyda  hisobot  berib 
boradi. 
11.  Ikki  xafta  ichida  biriktirilgan  rahbarlar  kurs  ishining  mavzusi  bo‘yicha 
talabalar  bilan  birgalikda  rejasi,  har  bir  rejaning  bajarish  vaqtlari,  kurs  ishining 
maqsadi va ish xarakteri (tarkibi), taxminiy ish hajmi va uning ayrim bo‘limlarini 
bajarish  muddatlari  hamda  yakunlash  sanasi  aniqlanadi.  Rahbar  talaba  bilan  kurs 
ishini  yozilishini, bajarish  rejasini  tuzadi  va  uni  amalga  oshirilishini  nazorat  qilib 
boradi. 
12 Talaba butun bajarilgan va yakunlangan kurs ishini himoyadan bir xafta 
oldin o‘z rahbariga topshirishi kerak. Rahbar kurs ishini olgandan keyin uni ko‘rib 
chiqib  taqriz  yozadi  va  unga  dastlabki  baho  qo‘yadi,  yakunlangan  va  himoyaga 
topshirilgan  kurs  ishida  xatolari  bo‘lmasligi  kerak  bunday  holda  kurs  ishi 
himoyaga qo‘yilmaydi. 
13.  Himoyaga  faqat  o‘z  vaqtida  to‘la  yozilib  yakunlangan  kurs  ishlari 
qo‘yiladi.  
14.  Kurs  ishining  himoyasi  talabalar  ishtirokida  maxsus  komissiya  ochiq 
kengashida  o‘tkaziladi.  Kurs  ishining  himoyasiga  talaba  reyting  daftarchasi  bilan 
kelishi  kerak.  Kurs  ishining  muallifiga  himoya  uchun  5-10  daqiqa  vaqt  beriladi. 
Ma’ruza qilishda muallif grafik, chizmalar, taqdimotlar, rasmlardan foydalanishlari 
lozim.  Ishtirok  etayotgan  hamma  talabalar  kurs  ishini  himoya  qiluvchiga  savollar 
berishi mumkin. 
15.  Kurs  ishi  himoyasini  komissiya  raisi  olib  boradi,  himoya  qilinayotgan 


356 
ishning  muxokamasida  ilmiy  rahbar  va  komissiya  a’zolari  ishtirok  etadilar. 
Himoya  qilish  jarayonida  bayonnoma  yoziladi.  Bayonnomada  ilmiy  rahbarining 
ilmiy  darajasi  va  unvoni,  uning  familiyasi  ismi,  sharifi,  kurs  ishining  mavzusi, 
talabaning  familiyasi  ismi,  sharifi  ko‘rsatiladi.  Shu  jumladan  bayonnomaga 
talabaning  umumiy  tashqi  ko‘rinishi,  o‘zini  tuta  bilishi,  ma’naviy  saviyasi,  so‘z 
boyligi, o‘z materiali bo‘yicha bilim darajasi, kurs ishini bayon qilish, savollarga 
javob berishining to‘laligi, ko‘rgazmali materiallarni sifati kiritiladi. 
16. Fanlar bo‘yicha kurs ishi mavzulari har bir semestrning boshida beriladi, 
himoya esa semestr yakunida o‘tkaziladi.  
17. Kurs ishi reyting tizimi asosida baholanadi. Erishgan ballar attetestatsiya 
qaydnomaga qo‘yiladi. Ijobiy baholar reyting daftarchasiga qo‘yiladi. 
18.  Kurs  ishini  topshirmagan  yoki  qoniqarsiz  baholangan  talaba  bu 
semestrda  qarzdor  bo‘lib  qoladi.  Bu  esa  kursdan  kursga  qolishiga  ta’sir  etishi 
mumkin.  
19.  Kurs  ishini  baholash  komissiyaning  ochiq  kengashida  ochiq  ovoz  bilan 
qaror  chiqariladi.  Baholashda  ishni  bezatilishi,  nutqi,  kurs  ishini  bayon  qilishi, 
o‘zini tuta bilishi, savollarga javob berishi hisobga olinadi. 
20.  Himoyadan  so‘ng  kurs  ishining  bahosi  qaydnomalarga  yozilgandan 
so‘ng e’lon qilinadi. 
21.  Kurs  ishlarining  bajarilishi  va  natijalari  kafedra  yig‘ilishida  hamda 
fakulьtet kengashida muhokama qilinadi. 
22.  Kurs  ishlari  6  (olti)  oy  davomida  kafedrada  3  yil  davomida  ta’lim 
muassasasi arxivida saqlanadi.  
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish