Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Kurashchilarning tayyorgarlik turlari yoki sport trenirovkasining



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet205/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

Kurashchilarning tayyorgarlik turlari yoki sport trenirovkasining 
tomonlari 
 
Yakkama-yakka 
kurash turlari bilan shugʻullanuv-chilarning sport 
trenirovkasi tayyorgarlikning besh turi bilan mustahkam bogʻlangan. Nazariyada 
ularni ba’zan sport trenirovkasi tomonlar deb ataydilar. Ularga quyidagi 
tayyorgarlik turlari kiradi; 
- nazariy jiqatdan umumiy va maxsus; 
- jismoniy jihatdan umumiy va maxsus; 
- texnik va taktik; 
- psixologik; 
- sudьyalik va metodik tayyorgarliklar. 
Nazariy jihatdan umumiy va maxsus tayyorgarlik. Nazariy tayyorgarlik 
umumiy va maxsus bilimlar sistemasining tarkib topishi va takomillashuvini, sport 
trenirovkasining psixologik, fiziologik, gigiyenik, texnikaviy-taktik va boshqa 
qonuniyatlarini oʻrgatish hamda tushunishni ta’minlaydi, axloqiy sifatlar, e’tiqod, 
his-toʻygʻu va axloq normalarining tarbiyalanishiga yordam beradi.
Nazariy jixatdan maxsus tayyorgarlik esa oʻzining raqibning harakatlarini va 
taktik amallarini yaxshiroq tushunishga koʻmaklashadi, oʻzining raqibining hatti-
harakatini tezda tahlil qilish va sintezlashga imkon beradi. Ong xotirani boyitadi, 
kurash tushish texnikasini oʻstiradi hamda musobaqalar vaqtida moʻljalga olish va 
tafakkur tezligini oshiradi. Nazariy jihatdan umumiy tayyorgarlik chet elda 
jismoniy tarbiya va sportning rivojlanish qonuniyatlarini bilishga imkon beradi. 
Jismoniy jihatdan umumiy va har tomonlama maxsus tayyorgarlik. Milliy 
kurashda jismoniy jihatdan umumiy tayyorgarlik sportchilarning rivojlanishiga 
hamda ularning fazilatlari va qobiliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan. U 
salomatlikni mustahkamlaydi, kishini hayot uchun zarur boʻlgan koʻnikma va 
malakalar bilan boyitadi, hamda unga kurashning tanlagan turi boʻyicha kamon 
topishi uchun shart-sharoit yaratadi. Jismoniy jihatdan tayyorgarlikning xususiyati 
shundaki, jismoniy jihatdan umumiy tayyorgarlik harakatlarning oʻziga xosligini 
hamda eng muhim jismoniy va irodaviy sifatlarini umumiy rejada emas, balki 
kurash turi xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish zarurligini e’tiborga 
olib oʻtkaziladi. Bu maqsadga faqat umumiy rivojlantiruvchi mashqlar va sportchi 
turlari bilan chegarilanib qolinmasdan, balki kurashchining kurash texnikasini 
mukammal egallash uchun zarur boʻlgan sifatlar va malakalarni rivojlantiradigan 
maxsus tanlangan mashqlardan koʻproq foydalaniladi.
Texnik va taktik tayyorgarlik. Kurash sharoitidagi taktika va texnika bir-biri 
bilan oʻzviy bogʻlangandir. Kurash texnikasining mohiyati eng samarali maxsus 
harakat amallaridan, kurashchining usul va uslublar-idan maqsadga muvofiq 
foydalanishdan, sportchining kurash musobaqalari paytida oʻz irodaviy va 


326 
jismoniy sifatlari hamda kuch va qobiliyatlaridan muvaffaqi-yatga erishish uchun 
oqilona foydalanishdan iboratdir. 
Taktika bu – ayrim harakatlar yoki kurashni va umuman musobaqani olib 
borish uslubi yoinki metodidir. Kurashchining kurashish vaqtida texnikani
usullarni, harakat yoki kombinatsiyalarni qullash uslubi bu taktika deb ataladi. 
Sportchi kurashish vaqtida kurash texnikasidan maqsadga muvofiq foydalnish 
bilan harakatlar taktikasidan takomillashib boradi. Chunki bu jarayon oʻzidagi 
barcha malaka, koʻnikmalarni hamda aqliy qobiliyatni qoʻllaydi, bular esa oʻz 
navbatida, raqibi ustidan gʻalabaga erishish qaratilgan boʻladi.
Psixologik tayyorgarlik. Bu intelektual, axloqiy, estetik, irodaviy va psixik 
tayyorgarlikni oʻz ichiga oladi, u kurashchilarning trenirovkalari paytida ham 
musobaqalar jarayonida va shuningdek, shugʻullanuv-chilarning oʻzaro 
munosabatlarida amalga oshadi. Psixologik tayyorgarlik sportchining ongli hatti-
harakati, ishlarida ham namoyon boʻladi. Axloqiy, irodaviy sifatlar va hatti-
harakatlarni tarbiyalash hamda ularning toʻgʻri namoyon boʻlishidagi asosiy narsa 
– kat’iy e’tiqod, tuygʻu, axloq talablariga mos boʻlgan odatlardir. Shu boisdan ham 
koʻp yillik trenirovka jarayonida shugʻullanuvchilar ongida burch va sport shon-
sharaf, oʻrtoqlik va boshqa millat sportchilariga hurmat, kollektiv oldidagi 
mas’uliyat hislarini Vatanga va sportga muhabbat tuygʻusini tarbiyalash ayniqsa 
muhimdir. Sportchining irodaviy tayyorgarligi oʻquv trenirovka mashgʻulotlarida. 
Kurashning munozarali vaziyatlarida va musobaqalar vaqtida maqsadga erishishga 
qaratilgan hatti-harakatlardan tashqari, uning mexnat qilish, oʻqish va jamoat 
ishlariga faol ishtirokida ham yaqqol koʻrinadi. Trenirovka jarayonidagi bu hatti- 
harakatlar har doim maqsadga erishish yulidagi turli xil qiyinchiliklar va tusiqlarni.
Hakamlik va metodik tayyorgarlik. Tayyorgarlikning bu turi guruh rahbari, 
jamoadagi jismoniy tarbiya va sport ishlarining tashkilotchisi, hakam yoki 
jamoatchi instruktor boʻlib ishlash uchun zarur boʻlgan sifatlar, koʻnikma va 
malakalarni yanada takomillashtirishga qaratilgan. Bundan tashqari, metodika 
sohasidagi bilim va amaliy koʻnikmalar sparring va oʻzaro mashq qilishda, 
individual mashqlarni yoki dars tipiga oid mashqni oʻrganishda, bir sportchi 
boshqasi bilan shugʻullanganda texnika va taktikani takomillash-tirishga yordam 
beradi. Dars oʻtuvchi, bunday paytda harakatlarni yengillashtirib yoki 
qiyinlashtirib, ularni trener uchun xam, turli raqiblar mahoratining oʻsishiga 
yordam beradi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish