Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Kurashchilarning sport trenirovkasi qonuniyatlari hamda ulardan kelib



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet207/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

 
Kurashchilarning sport trenirovkasi qonuniyatlari hamda ulardan kelib 
chiqadigan muhim qoida va talablar 
 
Yakkama-yakka kurashish turlaridagi sport trenirovkasi sportchilarining 
asosiy tayyorgarlik formalari sifatida jismoniy tarbiya sistemasining barcha 
qonuniyatlari, xususiyatlari va printsiplariga buysunadi. Ular quyidagilardan 
iborat: 
- har tomonlamalik, ya’ni aqliy, axloqiy, gʻoyaviy, siyosiy, jismoniy va 
estetik tarbiya hamda mehnat tarbiyasining qoʻshib olib borilishi; 
- ilmiylik; 
- sogʻlomlashtirish va amaliy yunalishda; 
- boʻlishlik; 
- xalqchilik va internatsionalizm. 
Bu printsiplarning mazmunini jismoniy tarbiya sistemasining sotsial 
funktsiyalarni, ijtimoiy taraq-qiyot qonuniyatlari va qurilish vazifalari bilan 
belgilanadi. Sistema kishilarning jismoniy tomondan takomillashuviga yordam 
berishga, ularda keng dunyoqarash, yuksak axlokiy sifatlar va toʻgʻri estetik 
idrokni tarkib toptirishga da’vat etilgan. 
Jismoniy tarbiya sistemasi-xalqimizning jismoniy kamol topishiga qaratilgan 
tashkiliy, metodologik, ilmiy-pedagogik printsiplar va talablar yigʻinlari boʻlib 
hisoblanadi. Shu boisdan ham u oila tarbiyasidan tortib to Qurolli kuchlardagi 
jismoniy tayyorgarlik va professional amaliy-jismoniy tayyorgarlikkacha boʻlgan 
oʻz bosqichlariga ega. Kurashchilarning sport trenirovkasi oʻziga xos 
xususiyatlarga ega va bu xususiyatlar boshqa sport turlarida yuqdir. Bu esa 
trenerlari ana shu xususiyatni e’tiborga olishga majbur etadi. Chunki uning asosida 
sport trenirov-kasiga xos boʻlgan imkomkniyatlar yotadi. Bu qonuniyatlarga 
quyidagilar kiradi: 
1) Qat’iy ixtisolashish va trenirovka protsessini individuallashtirish tufayli 


328 
yuqori sport natija-lariga intilish hissi va shunga yoʻnalganlikni tarbiyalash. Bu 
mamlakatimizda sport faoliyatining tashkil etilishi, musobaqalar sistemasi va 
sportning ragʻbatlantirilishi kabi barcha yoʻllar bilan qiziqtirish natijasida amalga 
oshiriladi. 
2) Tanlagan sport turida har tomonlama rivojlanish bilan ixtisoslashishning 
birilgi hamda shaxsni garmonik rivojlantirishga intilish. 
3) Tanlangan sport turida yil davomida va koʻp yillar mobaynida trenirovka 
protsessining oʻzluksizligi. Trenirovkalarning sportchi organizmning funktsional 
imkoniyatlarini maksimal rivojlanti-rishga va har bir mashgʻulotdan olingan 
samaraning bundan oldingi mashgʻulot samarasiga qoʻshilib borishini hisobga olib, 
mahorat choʻqqilariga erishishga qaratilganligi. Bunda agar organizmning talab 
etilgan holati qisman boʻlsada tiklanmasligi koʻzatilsa, trenirovkalarning 
davriyligiga yoʻl qoʻyiladi. Sportchining trenirovka yuklamalari va dam olishi 
qayta koʻrib chiqiladi. 
4) Yuklamalar dinamikasida maksimumga yoʻl tutib asta-sekin va sakrab-
sakrab mashq qilishni qoʻshib olib borish.
Maksimum yuklama deganda organizmning funktsional imkoniyatlari 
doirasidagi yuklamani tushunmoq kerak va hech qachon uni holdan toyguncha 
yuklama berish bilan tenglashtirish mumkin emas .
5) Trenirovka jarayonining tsiklligi deganda, trenirovka ishi davrlari va 
fazalarining ayrim mashqlar, mashgʻulotlar, trenirovka bosqichlari va davrlari 
qisman takrorlanadi. Ana shu tsiklli davrda mikrotsikllar 3-5 kun, mezotsikllar va 
makrotsikllar farqlanadi.
Bundan tashqari trener va sportchi sport trenirovkasi jarayoniga ijodiy 
yondashishlari kerak. Negaki, ijodiylik har bir ishda zarurdir va unga har bir yosh 
sportchini birinchi kundanoq oʻrgatish lozim. Ishga faqat professional mahoratni 
emas balki qalb toʻrini ham sarflab kirishish kerak. Bularning barchasi milliy 
kurash trenerlariga ham taalluqlidir. Sport bilan miliy kurash bilan shugʻullanishga 
yondashish hissini hosil qilish uchun quyidagi vazifalarni xal etish zarur.
1) Trenirovkalarning maqsadi va vazifalarni tushinishga oʻrgatish hamda 
yuqori natijalarga oʻz-oʻzini takomillashtirishga intilish hissini tarbiyalash kerak. 
2) Mehnatsevarlikni, yuksak intizomlilikni tarbiyalash, sport rejimiga axloq 
normalariga qat’iy rioya qilishga odatlantirish lozim. 
3) Texnik–taktik harakatlarning ma’nosiga tushunish, sherigi, raqiblarining 
fikrlari va harakat uslubini bilib olishga oʻrgatish, kurash nazariyasini chuqur 
analiz qilish yuli bilan oʻz tajribasini boyitish zarur.
4) Usullarning asosiy strukturasini egallab olishda faollikni va kurashdagi 
masofa, raqibini ushlab olish, kurash sur’ati, tezligi amplitudasini oʻzgartirish bilan 
texnik harakatlarni ijodiy bajarish malakasini, turli xil taktik vazifalarni hal etish, 
kurash vaqtida yangi usul va kurash vaziyatlari paydo qilish uquvini tarbiyalash. 
5) Texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish, oʻz kurash usulini majbur etish, 
gʻalabaga erishish uchun darsdagi trenirovka harakatlarini kurash vaziyatida 
malakalariga oʻrgatish. 
6) Asosiy va orqada qoluvchi harakat sifatlarini va oʻz repertuaridagi 
kurashish xarakatlariga oid kunikmalarini, kurash variantlari va kombinatsiya-


329 
larini rivojlantirish uchun uy sharoitida doimo oʻz mahoratini takomillashtirishga 
odatlantirish. 
Shugʻullanuvchilarga ta’lim va tarbiya berish usuliyotlari 
Ta’lim va tarbiya tajribasida yettita asosiy metodlar gruppasi mavjud boʻlib, 
ularni trener yaxshi bilishi kerak. 
1) Bilim berish metodlari tematik lektsiyalar, suhbat, hikoya, munozara, 
axborot, qisqacha xabar, vazifa qoʻyish, hisobot berish, tushuntirish, texnika 
taktikani tahlil qilish va hokazo. 
2) Koʻrsatish metodlari: trenerning mashqlarni va usullarni butun soʻng 
qismlarga boʻlib, soʻngra tushun-tirishlar berish bilan birga qoʻshib namunali qilib 
koʻrsatishi, eng yaxshi oʻquvchilarning harakatlarini koʻrsatish, koʻrsatmali 
qurollar, chizmalar, jadvallar, maketlar kino va televizion lentalarni namoyon 
qilish, trener yordamida harakatlarni sezish hissini hosil qilish va boshqalar. 
3) Shugʻullanuvchilarga rahbarlik qilish metodlari jamoa, buyruq, sanab 
turish, ba’zan musiqa joʻrligi ijodiy mustaqil faoliyat uchun beriladigan vazifa va 
topshiriqlar vaqt, sur’at, va ritmda intensivlikda amplituda buyicha, taktik sabab va 
hokazolarga qarab moʻljal olish. 
4) Trenirovka ishlarini samarali va xafsiz tashkil qilish uchun 
shugʻullanuvchilar faoliyatni uyushtirish metodlari, shugʻullanuvchilar faoliyatni 
raqibsiz, guruhli, bir kishi ijro etadigan qilib tashkil etish, faoliyatni yordamchi 
snaryadlarda shartli raqibi bilan, snaryad, trenajyor, bilan tashkil etish faoliyatini 
sherigi yoki raqibi bilan olishuvda – sparringda tashkil etish va xokazo. Faoliyatni 
trener oʻqituvchi oʻrniga ish koʻruvchi kishi bilan oʻtkaziladigan individual 
darslarda tashkil etish, shugʻullanuvchilar faoliyatini bir bola oʻquvchi, boshqasi 
esa trener boʻladigan oʻzaro darslar sifatida tashkil etish faoliyatni turli ob’ektlarda 
aylanma trenirovkada, aylanma boʻyicha oʻrin almashib tashkil etish, 
shugʻullanuvchilar faoliyatni oʻquv va kalendar musobaqalar sharoitida tashkil 
etish. 
5) Mashq metodlari harakatlarni usullarni koʻp marta takrorlash uslubi 
sifatida harakat amallarining asosiy strukturasini va ular variantlarining egallab 
olinishini, shuningdek, eng muhim jismoniy irodaviy va boshqa sifatlarni 
rivojlantirishni ta’minlashi kerak. Kurash turlarida quyidagi mashq metodlaridan 
foydalaniladi: bir snaryadda yoki bir snaryad bilan, bir sherigi yoki raqibi bilan 
jiddiy oʻzgarishlarsiz takroriy standart yuklama berish metodi, muayyan dam olish 
paoʻzalari boʻlgan oʻzluksiz ishlash dozalari bilan bajariladigan intervalli, takroriy 
standartli va variantli yuklamalar metodi keskinlikni emotsionallikni va natijalarni 
baholash uchun musobaqa yuklamasi metodlari, harakat faoliyatni xilma-xil qilish 
va yuklamarni toʻgʻri navbatlashtirish uchun aralash metodlari qoʻllaniladi.
6) Yuklamalar dozalarga boʻlish metodlari ish bilan dam olishni toʻgʻri 
tartibga solib turish uchun qoʻllaniladi. Yuklama ishlarning soni hamda vaqti, 
mashq va usullarni bajarish tezligi, chastotasi va intensivligi boʻyicha ishning 
davom etishi va tizigligi boʻyicha oʻzluksiz ish dozalari va ular oʻrtasidagi dam 
olish paoʻzalari boʻyicha, qiyinchiligi, tayyorgarligi, sherigi yoki raqiblarining 


330 
qobiliyatlari boʻyicha oʻquv-musobaqa bellashuvlarining keskinlik darajasi va 
mas’uliyatligi boʻyicha dazalarga boʻlinadi. 
Yuklamalarni tartibga solishda trener individual yoki muayyan gruppachalar 
boʻyicha bajari-ladigan ish miqdorinii belgilashi kerak. 
7) Shugʻullanuvchilarni baholash va nazorat qilish metodlari ayrim sportchilar 
va umuman, kollektiv faoliyatini ragʻbatlantiradi. Ular teskari aloqa vositasi trener-
sportchi, sportchi-trener boʻlib xizmat qiladi. 
Bunda pedagogik nazoratning fazali va jami axborot va baholash formasidagi 
turli yoʻnalishlari nazarda tutiladi. Ular baholashning besh balli yoki oʻn balli 
sitemasi boʻyicha, proyentlarda, santimetrlarda, vaqt boʻlaklarida, kilogrammlarda, 
refleksometriya, tanometriya ma’lumotlari va hokazolarda ifodalangan raqamli 
koʻrsatgichlarga ega boʻlishi kerak. Pedagogik baho berishda soʻz bilan beriladigan 
signallarham xuddi shunday toʻhri, tezroq, qattiqroq, pastroq, yuqoriroq, yaxshi, 
a’lo va hokazolar ham qoʻllanishi mumkin. Ularda yordamchi ahamiyatga ega. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish