Mavzu:
Stol tennisi o‘yin qoidalari. Stol tennisi o‘yin texnikasi va taktikasining
tasnifi.
Reja
1. Stol tennisi o‘yin qoidalarining umumiy tavsifi.
2. Stol tennisi o‘yin texnikasi tasnifi.
3. Stol tennisi o‘yin taktikasining tasnifi.
1. Stol tennisi o‘yin qoidalarining umumiy tavsifi.
Stol tennisi uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5x274,3 sm; balandligi 76 sm;
turi 183x 15,25 sm boʻladi. Yogʻoch raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi.
Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4 - 2,53 g.
Oʻyin maydonchasining oʻlchami 6-7x12-14 m. Rasmiy musobaqalar sport
zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va ayollar - jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda
hamda aralash juftlikda musobaqalashadilar. Oʻyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi.
294
Oʻyinchilardan biri 21 ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 20:20
boʻlib qolsa, unda oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom
ettiriladi.
Oʻyin mazmuni stolga koʻndalang tortilgan toʻr ustidan koptokni raketka
bilan ikki tomondan irgʻitishdan iboratdir. Oʻyinda ikki yoki toʻrt kishi ishtirok
etishi mumkin. Bir tennis stoli uchun zarur boʻladigan xona maydoni – 7,7 x 4,5m.
Oʻyin uchun stol, toʻr, raketka va koptok zarur boʻladi.
Oʻyin qur’a orqali birinchi boʻlib boshlash huquqiga ega boʻlgan
oʻyinchining koptok uzatishidan boshlanadi. Raketka bilan uzatilgandan soʻng,
koptok boshlovchi tomonida stolga urilib, toʻrga tegmasdan sakrab oʻtishi va
ikkinchi tomonda stolga urilishi lozim. Koptok uzatish vaqtida oʻyinchi uning
raketkasi va koptok stolning orqa chizigʻi tashqarisida turishi kerak. Agar koptok
stol ustida urib qaytarilsa, oʻyin qoidasi buzilgan hisoblanadi (2002 yil 1
sentyabrdan koptok uzatish reglamenti yangi qoidalarga binoan belgilangan). Agar
koptok boshlovchi tomonida stolga urilib, toʻrga tegib sakrab oʻtsa va ikkinchi
tomonda stolga urilsa, koptok uzatish yangitdan bajariladi va ochko
hisoblanmaydi. Qaytadan uzatishlar soni cheklanmagan. Koptok ikkinchi tomonda
stolga urilgandan soʻng, ikkinchi oʻyinchi uni raketka bilan urib orqaga qaytaradi.
Oʻyin shu tarzda oʻyinchilardan biri xatoga yoʻl qoʻymaguncha davom etadi. Har
bir xato raqibga bir ochko beradi. Oʻyinchi quyidagi hollarda ochkoga ega boʻladi:
- agar raqibi koptokni notoʻgʻri uzatsa;
- agar raqibi koptokni stolga tegmasidan qaytarsa;
- agar raqibi koptokni stoldan tashqariga urib yuborsa;
- agar raqibi toʻgʻri uzatilgan koptokni qabul qila olmasa;
- agar raqibi koptokka raketka bilan bir martadan ortiq ursa yoki koptokni
raketka bilan tutib olsa va qaytarib uzatsa;
- agar raqibi koptokka tana a’zosi bilan tegib ketsa yoki toʻr, stol tirgagiga
tegsa. Har ikki ochkodan soʻng (2001 yil 1 sentyabrdan - har besh ochkodan soʻng)
koptok uzatish qabul qiluvchiga oʻtadi.
Oʻyinchilardan biri 11 ochko (2001 yil 1 sentyabrgacha – 21 ochko)
toʻplagandan soʻng kamida 2 ochko tafovut bilan partiya yutilgan hisoblanadi.
10:10 hisobda (2001 yil 1 sentyabrgacha - 20:20 hisobda) koptok uzatishlar har
ochkodan keyin almashiladi. Har partiyadan keyin oʻyinchilar tomonlarni va
koptok uzatish navbatini almashtirishadi. Oʻyin 5 yoki 7 partiyadan iborat boʻladi
(2001 yil 1 sentyabrgacha – partiyalar soni 3 yoki 5 ta boʻlgan).
295
Do'stlaringiz bilan baham: |