Birinchi va eng ommabop
kriptovalyuta, proof-of- work
Litecoin
LTC
2011
Coblee
Ha
litecoin.org
Scrypt
proof-of-work
Namecoin
NMC
2011
Vinced
Ha
dot-bit.org
SHA-256
proof-of-work.
Markazlashmagan DNS sifatida, internet- tsenzurani qiyinlashtirish
maqsadida
Kriptovalyutalarning ba`zi bir xususiyatlarini va internet manzillarini quyida qisqacha tavsiflab o’tamiz:
LTC(http://litecoin.org)-Litecoin Ushbu kriptovalyuta ommaviyligi jihatidan ikkinchi o’rinda turadigan kriptovalyutadir. Unda bloklar har 2,5 daqiqada generatsiya qilinadi va unda 84 million pul birligi mavjud. Tizimning murakkabligi har bir 2016 blokda o’zgarib turadi (3,5 kunda) va har bir blok uchun mukofotlanuv – 50 LTC har 840 000 blokda ikki barobar kamayadi. Xeshlashtirish algoritmi «scrypt» turiga mansub. Ushbu algoritmning boshqalaridan asosiy farqi LTC ning markaziy protsessorda osonroq mayning qilinishidir. Bular haqida Litecoin ning ma`lumotnomasida va mayning b’yicha qo’llanmada batafsilroq keltirilgan.
NMC(http://namecoin.info)-Namecoin Namecoin kriptografik jihatdan himoyalangan va .bit deb nomlangan domen zonasida ishlash uchun yaratilgan. Ushbu «valyuta» Bitcoin kontseptsiyasiga asoslangan bo’lib, u bilan bir xilda hisoblanilishi mumkin. Pullarning o’zi .bit zonasidagi domenlarni qayd qilishga asoslangan. Bitcoin kriptografik tizimchasi tufayli bunday domenlar ularning egalaridan boshqalar tomonidan o’zgartirishga qarshi himoyalangan. Ammo DNS-serverni o’z shaxsiy kompyuterida ko’rib chiqish imkoniyati har bir ishtirokchi uchun mavjud.
PPC(http://ppcoin.org)-PPcoin POW & POS ning gibrid dizayni xuddi shu valyutada amalga oshirilgan. Bu tizimda tranzaktsiya 520 marta tasdiqlashni so’raydi, ammo pullar hamyonda darrov paydo bo’ladi. Tizim xakerlar xujumiga anchagina chidamli hisoblanadi.
NVC(http://novacoin.org)-Novacoin Novakoin tizimini yaratishdan asosiy maqsad PPCoin larning afzalliklarini yana bir marta qaytarish bo’lgan. Ammo bunda uning juda ham katta emissiya xajmi kabi kamchiliklaridan qutulishga harakat qilingan. NVC o’zida xeshlashtirish algoritmi sifatida Scrypt funktsiyasidan foydalanadi. Emissiyaning chegaraviy tezligi 100 martagacha kamaytirilgan, murakkablik oshishi bilan mukofotlanishning kamayish tezligi esa qiyaligi biroz kamroq bo’lgan chiziq bilan amalga oshirilgan. PPCoin loyihasiga o’xshash, murakkablik tarmoqning har bir blokida qaytadan hisoblanadi. Har bir hisob-kitobda murakkablikning oshishining maksimal kattaligi 1% ni tashqil qiladi. Tarmoqlardagi bloklarni generatsiya qilishning maqsadli tezligi soatiga 6 blokni tashqil qiladi.