Litecoin(Laytkoyn) deb nomlangan kriptovalyuta dunyodagi eng ommalashgan kriptovalyutalar turlaridan biri hisoblanadi. Litecoinning maxsus yaratilgan saytida uni ko’pincha «raqamli valyuta» deb ham ataylaydilar. Litecoin uni yaratuvchilar tomonidan asosiy raqamli valyuta bo’lgan Bitcoinning
evolyutsiyasi hisoblansada, undan ancha-muncha farq ham qiladi. 2013 yilning 11
AYUPOV R.H., KABULOV V.K.
dekabri xolatiga ko’ra BTC-E birjasida 1 LTC taxminan 33 AQSh dollariga teng hisoblangan. Laytkoinlar pul almashtirish shaxobchalarida bitkoinga yoki oddiy pullarga almashtirilishi mumkin. Undan tashqari, kriptovalyutalar turli xil tovar va xizmatlarni sotib olish uchun ham ishlatilishlari mumkin (agardasotuvchilarbunga rozi bo’lsalar, albatta). Laytkoin o’zining bir qancha ko’rsatgichlari bilan Bitkoinga juda ham o’xshab ketadi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Mayning pullar topishning asosiy vositasi;
Tarmoqning markazlamagani va tarqoqligi;
Tashqi nazoratningt mavjud emasligi;
Emissiyaning algoritmik jihatdan chegaralanganligi;
Pul mablag’lariga anonim jihatdan egalik qilish va ulardan foydalanishning anonimliligi (bungatranzaktsiyalarhamkiradi);
Tranzaktsiyalarni rad etishning mumkin emasligi;
Mablag’larni tarmoqning bir qismi bo’lgan hamyon faylida saqlanishi. Xuddi Bitcoin kabi, Litecoin ham C++ tilida yozilgan va mijoz uchun
Windows, Mac OS X, Linux versiyalarida saqlanadi.
LITECOIN(LTC)ningBITCOIN(BTC)danasosiyfarqlari:
Litecoin hisoblash amallari uchun markaziy protsessorni Bitcoin ga nisbatan samaradorroq ishlatadi, mayningning afzalliklari esa unda biroz pastroq darajada bo’ladi.
Pul o’tkazmalarini tasdiqlash uchun to’rt marta kamroq vaqt sarfi kerak bo’lishi;
Pul mablag’larining maksimal katta miqdoridan foydalana olish mumkinligi – ya’ni 84 million dollar;
Har 3,5 kunda kriptografik hisoblarning murakkablik darajasi qayta hisoblanilib turiladi;
Tarmoqda jami bo’lib 84 million LTC dan foydalanish mumkin, bu esa BTC
ga nisbatan to’rt marta ko’p deganidir;
Yangi bloklar generatsiya qilingani uchun mukofotlanuv ham 840 000 blokdan so’ng ikki baravarga kamaytiriladi;
Laytkoinning loyihachilari o’zlarining asosiy maqsadlari sifatida bitkoin tizimidagi xatolar va kamchiliklarni tuzatishni qabul qilganlar. Kriptovalyutalar bilan ish olib borilganida Litecoinning kursi Bitcoinning kursiga bog’liq ekanligi kuzatiladi. Bu ularning bir biriga bog’liqligidan emas (chunki ular bir-biriga bog’liq bo’lmagan valyutalardir), balki Bitcoin va Litecoinga bo’lgan talab va taklifning o’zaro balansi natijasida paydo bo’ladi. Kriptovalyutalarning kurslarini umuman bashorat qilib bo’lmaydi va xolat istalgan daqiqada batamom o’zgarib ketishi mumkin. Ayniqsa bu xolat 21 million bitkoinlar ishga tushib ketgandan so’ng yaqqol kuzatiladi.
Laytkoinlarning keyingi vaqtda kuzatilgan katta muvaffaqiyati quyidagilardadeb ta`kidlashimizmumkin: Kipr davlatining o’z iqtisodiyotining ayrim qismlarni bitkoinlarga o’tkazishni rejalashtirganligi;
Kriptovalyutaga juda katta pullar oqimining kirib kelganligi. Ularning kapitalizatsiyalashuvi bir milliard AQSH dollaridan oshib ketdi;
Ko’pchilik insonlarning 100 sumga ham, 3 dollarga ham bitkoin sotib ollolmaganliklari ularning bitkoin millionerlari bo’lish imkoniyatlarini batamom yo’qqa chiqarganligi;
Shuning uchun ham bitkoindan keyingi ikkinchi alternativ kriptovalyuta – laytkoinning obrusi orta boshladi. Ushbu bozorda faoliyat ko’rsatayotgan ko’pchilik insonlar laytkoin ham bitkoinning muvaffaqiyatini qaytarishiga va u ham 1000 dollargacha kattalikka o’sa olishiga ishondilar;
Kriptovalyutalarning asosiy birjasi o’zida laytkoinlardan ham foydalanishini bildirdi;
Yuqoridagi sabablar tufayli ko’pchilik laytkoinlarni faol ravishda sotib ola boshladilar.
Xozirgi davrdagi asosiy kriptovalyutalarning qisqacha tavsifi quyidagi
jadvalda keltirilgan: