RDP-mayning – Bulutli deb nomlangan texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi kriptovalyutalar topishning RDP-mayning kabi kolletivizmga asoslangan turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Uning quyidagi ijobiy tomonlari mavjud:
KriptovalyutalarningRDP-mayningusulikapitalqo’yilmalarniasta-sekinko’paytirishniko’zdatutadi.Pullarnibosqichma-bosqichko’paytirishyokiolingandividentlarnireinvestitsiya qilish hammumkin.
Mayningning bulutli platformalarida boshlag’ich bonusni tekinga olish imkoniyati ham bor. Ushu bonus katta emas, ammo ishni boshlash uchun yetadi. Bu xolat esa reklama ro’lini o’ynab, mayning jarayoniga yangi kriptovalyutachilarni jalb qilishga yordam beradi. RDP-mayningda birlamchi bonusning miqdori bir ming dogikoin atrofida bo’ladi. Foydalanuvchi mayning faoliyatini boshlash uchun akkauntni faollashtirishi va bonusni hisoblash quvvatiga almashtirishi kerak. Shundan so’ng esa virtual pullarni ishlash jarayonini boshlash mumkin
bo’ladi. Hisoblash quvvatining minimal hajmi bir AQSH dollarida tengdir.
AYUPOV R.H., KABULOV V.K.
Mayning jarayonini boshlashdan avval, RDP-servisda qanday kriptovalyuta mayningi balan shug’ullanishingizni hal qilib olishingiz kerak bo’ladi. O’z xoxishingizga ko’ra, bitkoin, dogikoin, bitcash, ethirium yoki laytkoinni tanlashingiz mumkin. Agarda yangi hisoblash quvvatlari sotib olsangiz, elektron hamyoningiz yanada tezroq virtual pullarga to’la boshlaydi. Virtual pullarni tizimdan chiqarib olish uchun foydalanuvchi o’zining virtual hamyoni nomerini korsatishi kerak bo’ladi. Pullarni tizimdan chiqarish bir necha kun davomida amalga oshadi.
Shuni ham qo’shimcha qilish lozimki, mablag’ sarf qilmasdan turib virtual pullarni mayning qilish qonun bo’yicha ta’qiqlanmagan, ammo bunda keyinchalik firibgarlarning tuzog’iga tushib qolmaslik chora-tadbirlarini ko’rib qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Avvalo tegishli forumlar orqali u yoki bu mayning loyihasi haqida ma’lumotlar yig’ish va tegishli hulosalar chiqarish kerak bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, katta mablag’ sarf qilmasdan turib kriptovalyutalar generatsiya qilish uchun eng ma’qul variant bulutli taxnologiyaga asoslangan mayning hisoblanadi. Internetda ajratilgan bonus tufayli kriptovalyutalar mayningini boshlang’ich pul mablag’lari sarf qilmasdan turib boshlashga imkon beradigan bir qancha imkoniyatlar mavjud, ular jumlasiga XMine,Multi-Coin,AroMine,BiteMiner va Bit-Lite larni kiritish mumkin. Bularda ham foydalanuvchu daromadi miqdorini ko’paytirish uchun o’z shaxsiy pullariga hisoblash quvvatlari sotib olishi ham mumkin. Agarda foydalanuvchi puldor bo’lsa, u kriptovalyutalar mayningi uchun biror bir sifatli dastur sotib olishi va solo-mayningni amalga oshirishi mumkin.
Turlikriptovalyutalarvaularningtavsifi