m a’lum muddatda pasaytirishlari bilan xarakterlanadi. Baho
vositasidagi raqobat, bu — aniq tovarlaming bahosi o‘zgarishi
orqali bo‘ladigan
bahslashuv, kurash ko‘rinishidir. Firma-
sotuvchilar talab egri chizig‘ida harakat qilib, bahoning o ‘sishi
va pasayishiga olib kelishini, bozordagi baholar darajasini
doimo kuzatib boradilar. Baho
marketingning egiluvchan
instrumenti hisoblanadi, chunki raqobatda yutib chiqish
baholaming belgilanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi, uni
ko‘pgina omillar ta’sirida o ‘zgartirish mumkin.
Bahosiz raqobat shu bilan xarakterlanadiki,
bunda
tovarlaming bahosi emas, balki uning sifati, servis-xizmat
ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori, bozor
dagi mavqeyi raqobat kurashining asosiy omili hisoblanadi.
Firmalar bahosiz raqobatda quyidagilarga e ’tibor beradilar:
— tovaming texnik jihatdan yangiligi;
— tovarlaming yangidan-yangi
ehtiyojlarni qondirish
imkoniyatlari;
— to ‘ldiruvchi tovaming chidamliligi, ishonchliligi, yuqo
ri sifati;
— tovarlarni sotib olish jarayonida xaridorlarga ko‘rsa-
tiladigan xizmat tunning turlichaligi;
— tovarlaming ixchamliligi va foydalanishda samara berishi;
— atrof-muhit uchun ekologik jihatdan toza bo‘lishi va
hokazolar.
Iqtisodiyotni markazlashgan boshqaruv tizimida baholar
ikkinchi darajali rol o‘ynaydi. Bunda baholar davlat tomonidan
belgilanadi. Baholarni cheklashda yuqori va minimal baholardan
foydalaniladi. Yuqori baholarni belgilashda davlat ayrim tovarlarga
bozor bahosidan yuqori bahoni talab va taklif tengligi sharoitida
belgilaydi. Bunday vaziyatda talab doim taklifdan oshib boradi,
taqsimlash tizimida talon, kvota shakllaridan foydalaniladi.
Bozor subyektlarining baho siyosatini yuritishida minimal
bahodan ham foydalaniladi.
M inim al baho bahoning
31
oshirish, pasaytirish mumkin bo‘lmagan darajasidir. Agar
minimal baho imkon darajasidan yuqori b o ‘Isa, talab va
taklif tengligi sharoitida taklifning talabdan oshishi kuzatiladi.
Baho bilan mahsulot yoki tovar soni o ‘rtasidagi bog‘lanish
buziladi.
Iqtisodiy islohotlar davrida baholar va xo‘jalik jarayonlari
o‘rtasidagi bog‘liqlik boshqacha tarzda kechadi. Ayrim tovar va
xizmatlarga talab va taklif to ‘qnash keladi, ularga belgilangan
baholar tovar va xizmatlaming cheklanganligini ko‘rsatadi.
Baholar o ‘rtasidagi bog‘liqlik esa faol vaziyat va kelgusi
kutishlarni hisobga olgan nisbatan cheklanganlikni ko‘rsatadi.
Bunday tovar va xizmatlar bozori birgalikda bozor iqtisodi-
yotini tashkil etadi va baho mexanizmini boshqaradi.
Baho siyosatini yuritishda bozor subyektlari —
dinamik
raqobatni ta ’minlash, pul va moliyaviy faoliyatning bar-
qarorligi, xususiy mulkchilikning rivojlanishi, har qanday
bozor subyekti va har qanday faoliyatning erkinligini ta’m in
lash kabilar ichki bozomi tovar va mahsulotlar bilan to ‘ldi-
rilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: