dalanadi, shuningdek eksportga
chiqarilayotgan tovarlar
soliqlardan ozod etiladi.
Hozirgi zamon iqtisodi uchun valuta bozorlaridagi talab
va taklifning ta ’siri ostida shakllanadigan milliy valuta
kurslarining doimiy o‘zgarib turishi xarakterlidir.
2.4. Turli baholarning o‘zaro ta’siri va tovarlar
bozorida ularning o‘rni
M ehnat taqsimotiga asoslangan jamiyatda har kim ishlab
chiqarishda qatnashmagan
holda tovar va xizmatlardan
foydalanishi mumkin. Bunday imkoniyat bo‘lishi uchun
jamiyat a’zolarining faoliyati va natijalari o‘rtasida muntazam
ayirboshlash munosabatlari zarur hisoblanadi. Bozor ularga
shunday im koniyatni yaratib beradi. Tovarlar bozorida
raqobat va bitimlar ko‘pgina qoidalarga asoslangan baholami
belgilab beradi.
Milliy valutaga bo‘lgan talabni ko‘plab omillar belgilaydi:
mamlakatning savdo va to ‘lov
balansining holati, mam-
lakatlar o ‘rtasida sarmoyaning harakati. Mamlakat valutasi
kursining pasayishi uning eksportiga qo‘shimcha «valuta foydasi»
deb nomlanuvchi foydani olish imkoniyatini beradi.
Milliy valuta kursining pasayishi narxlarning umumiy
darajasida turlicha ifodalanadi. Milliy kursning 1 foizga pasayishi
Yaponiyada — 0,8%, G FR da — 0,6%, Italiya, Belgiya,
Shveysariyada l%ga ichki narxlarning ko‘tarilishiga olib keladi.
Narx dinamikasi tahlili va uning darajasini aniqlashda odatda
qator narx ko‘rsatkichlari — kontrakt narxlari, biija kotirov-
kalari, narxlar m a’lumotnomasi,
preyskurantlar, narx ko‘r-
satkich, narx indekslari va boshqalardan foydalanildi.
Rag‘batlantirish (imtiyozli) narx belgilash ikki fikrga
asoslanadi: birinchidan, jam iki xaridorlar savdolashishni
yaxshi ko‘radilar,
ikkinchidan, m e’yordagi normadan past
18
narxlar iste’molchini muayyan darajada jalb etadi. Natijada,
ko‘pgina savdo firm alari o'zgaruvchan narxlarni faqat
arzonlashtirilgan tovami sotishni rag‘batlantirishdagina emas,
balki yaxshi m a’lum b o ‘lgan,
xaridorgir tovarlarni yoki
mashhur savdo markalariga mansub tovarlarni sotishda ham
qo‘llaydi. Maqsad — xaridorlami magazinga jalb etish va shu
bahona boshqa tovarlarni ham odatdagi narxlarda sotish
imkoniyatini yaratishdir.
Sifat va miqdoming o ‘zgarishi — ayrim hollarda, ya’ni
ishlab chiqarish xarajatlari o‘sib borganda narx-navoni oshirish
tovar oborotini o‘stirishga imkon bermaydi. Ana shunda firma
mahsulot miqdori yoki sifatini o‘zgartirishga qaror qiladi.
Ba’zan xarajatlarning ko‘payishi faqat miqdoriy tomonlami
o ‘zgartirish — og'irligi, hajmi, miqdori, o ‘lchamini qisqar-
tirish bilan qoplanadi (aytaylik,
qandolatchilik mahsulot-
laridan porsiyalar miqdori kichraytiriladi). Boshqa hollarda
mahsulotning amaldagi sifati o‘zgartiriladi. Etiketkada ana shu
kiritilgan o ‘zgarishlar (to‘yimli!igi va kaloriyasi) albatta ko‘r-
satiladi. Boshlang‘ich mahsulotni o‘zgartirish ba’zi hollarda
xarajatlar va narxlaming o ‘sish darajasi ishlab chiqaruvchilami
ayrim mahsulot turlariga narxni eng yuqori talab darajasida
belgilashga majbur etadi. Bunday vaziyatda firmalar mahsulotni
asosiy tavsifmi yangilashi yoki o‘zgartirishi,
mutlaqo yangi
tovar taklif etishi yoki mavjud turlarini yaxshilashi mumkin.
Foyda keltirish majmuyini o ‘zgartirish — tovami xarid
qilgan iste’molchi tovar bilan bog'langan ishlar — tovar
joylangan idish, yetkazib berish xizmati kafolat va boshqalar
uchun ham haq tolaydi. Ayrim holatlarda va ortiqcha chiqimlami
qoplash maqsadlarida savdo va ishlab chiqarish firmalari
qo‘shimcha ishlardan voz kechib, xaridorga tovami faqat eng
zarur xossalari uchun haq to‘lashni taklif etadi. Yoki
aksincha,
ayrim firmalar tovarni uyga yetkazib berish, sovg‘alarni
tayyorlash, boshqa yordamchi xizmatlar uchun qo'shimcha
narx belgilaydi. Ehtiyojni qondirish majmuyini yanada foyda-
liroq qilish iste’molchilarga to ‘lanmagan pulga foiz qo‘shmay
kredit berishiga yordam beradi.
Kredit kartochkasidan foydalanish xaridorlar uchun naqd
pulsiz tovami kechikmay xarid qilish imkonini yaratadi. Bu
ham narxni pasaytirishning shakllaridan biri hisoblanadi.
Firmalar hisob-kitob shaklini o ‘zgartirib, tovar oborotini
ko‘paytirishi, bu bilan mahsulot sotishdan keladigan umumiy
daromadni ko‘paytirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: