Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment



Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/335
Sana08.01.2022
Hajmi8,58 Mb.
#330075
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   335
Bog'liq
30 Менежмент N M Ziyavitdinova 2012 й Ўқув қўлланма

Shaxsning  tabiiy  xususiyatlari 
—   bular  tugMlgan  vaqtidan 
boshlab  m avjud  boMgan  xususiyatlardir.  Odatda,  ular  faollik 
va  ta ’sirchanlik  singari  dinamik  tavsiflam ing  m a’lum  darajada 
ifodalanishi  bilan  ajralib turadi.
Shaxsning  faolligi  turli  xil  faoliyatlarga  intilishida,  o ‘zini 
namoyon  qilishida,  psixik  jarayonlarning,  harakat  reaksiyasining
76


kechish  kuchi  va  tezligida  ifodalanadi,  y a ’ni  shaxsning  faoliyatiga 
xos  b o ‘lgan  xususiyat  sifatida  nam oyon  b o ‘Iadi.  Faollikning 
eng  oxirgi  ifodasi,  bir  tomondan,  katta  kuch -g ‘ayrat  sarflash, 
harakatdagi,  faoliyatdagi,  nutqdagi  shiddatkorlik  bo ‘lsa,  ikkinchi 
tom ondan, psixik faoliyat, nutq, im o-ishoraning zaifligi, passivligida 
aks  etadi.  Ta’sirchanlik  shaxsning  asabi  q o ‘z g ‘aluvchanligining 
turli  darajasida,  uning  atrofimizdagi  olam ga  boMgan  m unosabatini 
k o ‘rsatib  beruvchi  his-tuyg‘ularining  shiddatkorligida  nam oyon 
boMadi.
XX  asrning  20-yillari  boshlarida  shvetsariyalik  p six iatr 
K .G .Y ung  shaxsning  psixologik xususiyatlarini  «ekstraversiya»  va 
«introversiya» tushunchalari orqali ta ’riflab berishni tak lif etadi.
«Ekstraversiya»  (extra  —   tashqari)  shaxsning  shunday  p six ­
ologik  xususiyatlarini  ko‘rsatib  beradiki,  bunda  shaxs  o ‘zining 
qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi obyektlarga qaratadi, b a’zan buni 
o ‘zining qiziqishlari  hisobiga,  shaxsiy  aham iyatini pasaytirish  h iso ­
biga am alga oshiradi.  Ekstravertlarga xulq-atvorining ta ’sirchanligi, 
imo-ishoralardagi  faollik,  samimiylik tashabbus  ko‘rsatish,  ijtim oiy 
ko ‘nikuvchanlik,  ichki olamning ochiqligi xos boMadi.
«Introversiya»  (intro  —   ichki)  shaxsning  o ‘z  shaxsiy 
m anfaatlariga,  ichki olam igadiqqat-e’tiborining qayd  qilinishi  bilan 
ajralib turadi.
Introvertlar o ‘zlarining m anfaatlarini eng m uhim  deb hisoblab, 
uni  yuqori  darajada  qadrlaydilar.  Ular  uchun  odamovilik,  biqiqlik, 
ijtim oiy passivlik,  m ustaqil  tahlil  qilishga m oyillik,  yetarli  darajada 
murakkab ijtim oiy k o ‘nikish xosdir.
Ekstraversiya  va  introversiyaning  hissiy  tavsiflar  bilan  birga 
q o ‘shilib kelishi  shaxs tem peram entini  belgilab  beradi.
«Tem peram ent»  tushunchasi  lotincha  tem peram entum   —  
qism larning tegishli  nisbati, m utanosiblik degan m a’noni bildiradi.
Qadimgi tibbiyotning yirik nam oyandasi  G ippokratning  inson 
tanasida  qon  asosiy o ‘rinni  ishg‘ol  etsa,  bunday  odam harakatchan, 
yengil  boMadi,  taassurotlarining  alm ashinishiga  tez  ko ‘nikib  keta 
qoladi,  o ‘z  atrofida sodir boMayotgan  voqealarga darhol  va  ishtiyoq
77


bilan  aralashadi,  degan  fikri  bejiz  emas.  M ana  shu  xil  kishilarni 
G ippokrat  sa n g v in ik la r  (xushchaqchaq  kishilar)  deb  atagan.  Bu 
lotincha  «sangvinis»,  y a ’ni  qon  degan  so ‘zdan  kelib  chiqqan. 
Sangviniklar tu y g ‘u  (jo ‘shqin) xususiyatlari  bilan ajralib turadi.
S an g v in ik lar: k ishilar bilan tez til topishadigan; bir ish turidan 
boshqa  bir  ish  turig a  tezda  ko‘nikadigan;  bir  turda  bajariladigan 
ishlarni yoqtirm aydigan; yangi sharoitgaosonlik bilan o ‘rganadigan; 
xushchaqchaq;  harakatlari  shiddatli;  nutqi  tez;  kelajakka  ishonch 
bilan  qaraydigan;  s o ‘zini  aniq  va  m a’noli  qilib,  imo-ishoralar 
bilan  gapiradigan  kishilardir.  Sangviniklar  ish  jarayonida  kechgan 
k o ‘ngilsiz  hodisalam i  tezda  unutadilar.  U lar  o ‘z  kuchi  hamda 
qobiiiyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega boMadilar.
Rahbarlar  sangviniklam ing  ishini  salbiy  baholashdan  k o ‘ra 
ularga  nisbatan  qattiqqoM  va  talabchan  boMsalar,  ijobiy  natijalarga 
erishishlari  m um kin.  Sangviniklar  yuqori  lavozim ga  intiladigan 
kishilar boMadi.
Agar kishida shilliq hukm ron o ‘rin tutsa,  unday kishilar ogMr, 
tepsa tebranmas,  kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar 
va  hayot  taassurotlariga  loqayd  qaraydigan  boMadilar.  Bunday 
kishilar  fleg m atiklar  deb  atalgan.  Qadimgi  yunonlar  shilliqni 
«flegm a»  deyishgan.  Flegm atiklar:  ta ’sirchanligi  sust;  bir  turdagi 
ishdan  ikkinchi  turdagi  ishga  sekinlik  bilan  ko ‘chadilar;  faolliklari 
kam ; yangi sharoitga qiyinlik bilan moslashadilar; harakat va nutqlari 
sust; ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar; 
sabr-toqatli,  chidam li  boMib,  so‘zlaganda  xotirjam ,  o ‘zga  shaxslar 
bilan  hayajonlanm ay  gaplashadilar.
Flegm atiklar  chidam liligi,  matonati,  o ‘zini  tuta  bilishi  bilan 
ajralib turadi.
Gippokratning fikricha, agar kishida z a ’faron safro ustun tursa, 
bunday  kishi  tezkor,  q a t’iy,  harakatcha  boMadi.  Bu  toifa  kishilarni 
G ippokrat  x o lerik la r  (qoni  qiziq  kishilar)  deb  atagan.  Qadimgi 
yunonlar safroni  «xoley»  deyishgan.  X oleriklar —  k o ‘tarinki  ruhda 
ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan kishilar boMib, ularning 
ishlash zavqi kayfiyatining  buzilishi bilanoq  tez o ‘zgarishi mumkin.
78


lllar  serjahl,  o ‘zini  yaxshi  ko‘radigan,  tez  gapiradigan  od am lar 
bo‘lib,  boshqalardan gapining ohangi  o ‘zgaruvchanligi bilan  ajralib 
turadi.  X oleriklam ing vazminlik darajasi xuddi  sangviniklam ikidek 
bo‘ladi.  Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o ‘zini to ‘g ‘ri tutadi.
N ihoyat,  G ippokrat yana  bir tu r kishilam i  ajratadiki,  bunday- 
lam ing  ahvoli,  ruhiyati  bir  xilda  turm aydi.  Ular  yom on  kayjfiyatga 
k o‘proq  m oyil  b o ‘ladilar,  arzimas  n arsalardan  qattiq  kuyunavera- 
dilar.  Bunday  kishilam i  ulug‘  shifokor  m elan x o lik lar  deb  atagan. 
Qadimgi  yunonlarda  melanxolik  s o ‘zi  «qora  safro»  degan  m a’noni 
bildirgan.  M elanxoliklar:  o ‘ta  ta ’sirlanuvchan  xususiyatga  ega;  te z  
toliqadigan  va  o ‘ziga  ishonm aydigan;  tashvishsiz,  lekin ju d a   sezu- 
vchan;  nihoyatda  arazchan; juda  oz  kuladigan;  faolligi  sust,  to rtin - 
choq,  kam g‘ayrat;  arzimagan sabablarga  k o ‘zlaridan  yosh oqib k e t- 
averadigan;  yangi  xodim lar  bilan  qiyinchilik  bilan  til  topishadigan 
kishilardir.  M elanxoliklar  qulay  sh aroitda  oldiga  qo‘yilgan  m asa- 
lalami  m uvaffaqiyatli  bajaradi.  A gar  ishda  sharoit,  y a’ni  vaziy at 
o ‘zgarsa, qiyinchilik tug ‘ilsa, ular o 'z la rin i  panaga olib turishadi.
Shaxsning tem peram entidan  kelib  chiqib,  uning qanday  reak - 
siya  berishini  bilish,  tem peram entning  ijobiy xususiyatlariga tay an - 
ish va salbiy xususiyatlariga barham berish imkonini tu g ‘diradi.  M a­
salan,  xolerikning  keskinligiga  xushm uom alalik  va  bosiqlik  b ilan  
javob   qaytarish,  flegmatikning  sustligiga  faoliikni,  ta ’sirchanlikni 
qaram a-qarshi  qo ‘yish,  m elanxolikning  q ay g ‘usini  optim izm   b ila n  
yengish  m um kin.  Psixologlarning  qayd  qilishlaricha,  sangviniklar 
m a’lum otnom alar  tayyorlashda  o datda  k o ‘pincha  qoralam alarni 
qisqartirib  yozadilar  yoki  ulami  m utlaqo  yozm aydilar,  xoleriklar 
k o ‘pincha  e ’tiborsizliklari  tufayli  oddiy  xatolarga  y o ‘l  qo‘yadilar, 
flegm atiklar  esa  vaqtning  o ‘tib  k etganligini  payqamay,  ishni  k e - 
chikib tugatishlari mumkin.
Xodim ning  individual-psixologik  xususiyatlarini  bilish  u  bilan 
qanday m uom alada b o ‘lish shaklini to ‘g ‘ri  tanlashga yordam beradi.
Rahbar  bir  qator  talablarga  ja v o b   berishi  kerak.  «R ahbariik 
qilish» degan so ‘zga izohli  lug‘atlarda 

Download 8,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish