“Oliy ta’lim sifatini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari va ulardan respublikamizda foydalanish istiqbollari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Tayanch so’zlar: elita ro`yxati, model, oliy ta`lim sifati, kadrlar salohiyati, modernizatsiya, ta`lim menejmenti, diversifikatsiya, strategiya, harakatlar strategiyasi, taraqqiyot strategiyasi, litsenziyalash, ilmiy salohiyat, xalqaro standartlar, kreativ ta`lim, davlat ta`lim standarti, Yevropa standarti, akkreditatsiya, maorif, strategiya dasturi.
Tadqiqot ishining maqsadi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatni boshqarish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni tadqiq etish va undan mamlakatimizda foydalanish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot ishining vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadiga erishish uchun quyidagilar vazifalar sifatida belilab olindi:
ta’lim muassasalarida ta’lim sifati tushunchasining mohiyati va uning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash;
OTM larda ta’lim sifatini ta’minlashga ta’sir etuvchi omillarning turkumlanishi hamda oliy ta’lim sifatini boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini tadqiq etish;
- ilg‘or xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash tizimlari hamda ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini baholash uslubiyatini tahlil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan islohotlar va OTM larda kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini baholash;
- OTMlarda mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish strategiyasini o‘rganish;
- Respublika oliy ta’lim muassasalarida kadrlar salohiyatidan oqilona foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
Tadqiqot ishining ob’ekti. Amalga oshirilgan tadqiqot ishning ob’ekti bo‘lib oliy ta’lim sifatini boshqarish sohasidagi zamonaviy yondashuvlar va ulardan respublikamiz OTMlari faoliyatlarida foydalanish istiqbollari hisoblanadi.
Tadqiqot ishining predmeti. Zamonaviy oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonini va uning sifatini boshqarish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlardan foydalanish borasidagi o‘zaro munosabatlar tashkil etadi.
Tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Oliy ta’lim sifatini boshqarishning zamonaviy ilg‘or tajribalarini tahlil qilish va respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida undan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari xususiyatlarini tahlil qilish asosida ta’lim tizimi samaradorligini oshirishning ustivor yo‘nalishlarni belgilab olish uchun amaliy dastur bo‘lishi mumkin. Olingan xulosa va takliflardan talabalarning OTM da ta’lim sifatini boshqarishning samarali tizimini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish sohasida yuksak boshqaruvchilik salohiyatiga va madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir bo‘lgan OTM boshqaruvchi kadrlarning yangi avlodini shakllantirishda, shuningdek, oliy ta’lim sifatini ta’minlash sohasiga oid tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Ishning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot ishi kirish, uchta bob, o‘nta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.
Qo’llash sohasi: Respublika oliy ta`lim tashkilotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |