loaqal ranglarning asosiy xususiyatlari va о‘zaro ta’siri – ranglarning uyg’unligi,
ularning xil tushishi bilan qisqacha tanishib chiqish zarur.
О‘zaro mos ranglarni tanlashda berk spektr qatori ranglaridan iborat ranglar
doirasi asos qilib olinadi.
Ranglar doirasini diametri
buyicha bir tomonida qizil, to’k sariq, va
sarg’ish-yashil, ikkinchi tomonida zangori yashil, zangori, ko’k, ko’kish-binafsha
ranglar qoladigan qilib ikkiga bo’lish mumkin.
Doiraning qizg’ish-sariq bulagidagi ranglar va ularning hamma turlari iliq
ranglar deyiladi. Bular ochiq ranglar bo’lib, qizdirilgan jismlarni, olovni,
quyosh
nurini eslatadi. Ular burtib chiqib, oldingi planda turganday ko’rinadi.
Doiraning zangori-ko’k bo’lagidagi ranglarni va ularning hamma turlarini
sovuq ranglar deyiladi. Ular ko’kimtir ufk, suv, mо‘z ranglarni eslatadi. Bular
iikinchi planda turganday ko’rinadi.
Xar qanday rang о‘zining tusi, och va to’kligi bilan xarakterlanadi.
Rang tusi – qizil, ko’k, sariq va xakozo – rangdorlik.
Rang tusiga ko’ra bir rangni ikkinchisidan (yashilni ko’kdan, kukni zangoridan)
farq qilinadi.
Ochiqliq – oq rangga yaqinlik darajasi. Sirti oq bo’lgan narsalar atrofimizdagi
hamma narsalar ichida eng ko’p nur qaytaradigan bo’ladi.
Shuning uchun oqqa
yaqin (och pushti, och-sariq va boshqa) ranglar eng ochiq (demak, eng yorqin)
ranglar bo’ladi.
Rangninng tukligini quyuqlik darajasiga, eng ko’p rangdorligiga qarab
belgilanadi. Masalan, ko’k rangni bundan ham ortiq ko’kartirib bulmasa,
u tuk
xisoblanadi.
Hamma ranglar xromatik va axromatik
(«xromos»
grekchada rang, a – inkor)
ranglarga bo’linadi. Spektrdagi hamma ranglar, shu ranglarning bexisob hamma
turlari qatori xromatik ranglarga kiradi. Ular tonal deyiladi.
Axromatik ranglarga
oq, kulrang, qora ranglar kiradi. Bular tusi, turi yuk ranglardir. Ular neytral ranglar
deyiladi.
Axromatik ranglar to’k bo’lmaydi. Ularning rang tusi xam bo’lmay, bir-
biridan yorqinligi bilangina farq qiladi. Eng yorqin rang – bu oq rang. Qoraning
yorqinligi bo’lmaydi.
Agar qizil rangning o’rtasida diametr o’tkazilsa, u ranglar doirasidagi qizil
rangning taxminan to’grisidagi zangori-yashil rangni kesib o’tadi va xakozo.
Demak, qizilga zangor-yashil, to’k sariqqa zangori, sariqqa – ko’k, yashilroq
sariqqa – binafsha va xakozolar qo’shimcha rang bo’ladi.
Rang tanlashda uning yana bir xususiyatini esda tutish kerak. Rang
buyumning shaklini yoki katta-kichikligini о‘zgartirib ko’rsatishi mumkin. Agar
qizil va ko’k dog’lar
bilan qoplangan yuzaga qaralsa, bunda qizil dog’lar ko’k
dog’larga nisbatan yaqinroq bo’lib, aldab ko’rinishi mumkin. Och va iliq ranglar
to’q va sovuq ranglarga qaraganda yaqinroq ko’rinadi. Shuning uchun iliq
ranglar
buyumlarni kattalashgandek, sovuq ranglar esa kichiklashgandek
ko’rsatadi. Ranglarning bu xususiyatidan kiyimning ayrim bo’laklarini
bo’rttiribroq, turtib turgan joylarini silliqroq qilib ko’rsatish uchun foydalansa
bo’ladi. Uzoqdan ko’rinadigan buyumlar kashtasini to’q
kontrast rangdagi iplar
bilan tikish mumkin.
Kashta tikish uchun iplarni tanlash, ular rangini xillash buyumning nimaga
mo’ljallanganligiga, gulning kattaligiga va qanday joylashishiga bog’liq bo’ladi.
Odatda, kashta guliga asosiy o’rin berilib, fonga (gazlama rangiga) qo’shimcha
o’rin beriladi. Shuning uchun fon naqsh rangidan ochiq bo’lib ajralib turmasligi
kerak. Kashta gulining rangini tanlash bajarish texnikasiga (sanama chok,
vladimiricha chok, tekis chok va x.) ham bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: