Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
I. Eng qadimgi davr 
2-mavzu. O‘zbekiston insoniyat taraqqiyotining qadimgi 
o‘choqlaridan biri 
 
Insoniyatning dastlabki ajdodlari. Paleolit davri
Insoniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi bir necha asrlar 
davomida tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib turli nazariyalar yuzaga 
kelgan. Chunki “antropogenez” eng qadimgi davr tarixini o‘rganishdagi 
muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli mamlakatlarda turli 
davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo bo‘lishi haqida 
ilmiy ta’rifga yaqin fikrlarni bayon etganlar. Xitoy, yunon faylasuflari 
mil. avv. VI-V asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy 
hodisa deb ta’riflashga uringanlar. Ko‘pchilik tadqiqotchilar insonni 
mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib 
kelgan, degan fikrni ilgari surishlariga qaramay odamni xudo yaratganligi, 
yoki boshqa koinotdan kelib yerga tarqalganligi haqidagi nazariyalar ham 
bor. 
Ingliz olimlari ota-bola Likilar o‘tgan asrning 50-60-yillarida 
Sharqiy Afrikada (Olduvoy darasida) qazishma ishlari olib borib oddiy 
tosh qurollar va qazilma odam qoldiqlarini topib, ular bundan 3-3,5mln. 
yil ilgari mavjud bo‘lgan degan g‘oyani ilgari surdilar. Bu turdagi odamlar 
fanda “Zinjantrop” (“Ishbilarmon odamlar” yoki “Gomohabilis”) va 
“Avstralopitek” (“Janub maymuni”) deb nom olgan. 
Zinjantroplardan keyingi davrda yashagan qazilma odamlar 
qoldiqlari Indoneziyadagi Yava orolidan XIX asrning oxirlarida topilgan 
bo‘lib, fanda ularni “Pitekantrop” (“Maymun- odam”) deb atash rasm 
bo‘lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln.-700-600 ming yil ilgari 
(E.Dyubua) yashaganlari aniqlangan. Shuningdek, 1927 yilda Xitoy 
hududlaridan topilgan (D.Blek) qadimgi odam qoldiqlari (“Sinantrop” - 
“Xitoy odami”) bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi 


19 
aniqlangan. Undan tashqari eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari 
Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan 
ham topilgan. 
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda zinjantrop, pitekantrop, 
sinatroplar eng qadimgi odamlar shakllanib rivojlanishining turli tarixiy 
bosqichlaridir. Bu turdagi qadimgi odamlar gavdalarini tik tutib yurganlar 
va toshdan turli mehnat qurollarini yasab, ulardan foydalana bilganlar. 
Qurol yasay bilishi, o‘simlik ildizlari va mevalarni iste’mol qilishda shu 
qurollardan foydalanishi, shuningdek, ayrim hayvonlarni ovlashi qadimgi 
odamlarni hayvonot olamidan ajratib turgan. 
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, “Arxantrop”lar (qadimgi 
odamlar) eng qadimgi odamlardan farqlanib, ular zamonamizdan 100-50 
ming yil keyin yashaganlar. Qadimgi odamlarning qazilma qoldiqlari 
dastavval Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilganligi sababli 
fanda ularni “Neandertal odami” deb nomlash qabul qilingan. 
Eng qadimgi odamlar o‘zlarining rivojlanish bosqichlarida mehnat 
qurollarining turlarini ko‘paytirib va sifatini yaxshilab borganlar. Natijada 
ularning turmush tarzida, jismoniy ko‘rinishida o‘zgarishlar bo‘lib borgan. 
Shuningdek, miya hajmi ham o‘zgarib borgan. O‘rta tosh asridagi turli 
sabablarga ko‘ra, birinchi navbatda tinimsiz mehnat jarayonida inson 
tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar 
hozirgi qiyofali odamlarga aylana bordilar. Ular jismoniy va aqliy 
jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu 
bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga yetdi. Odamning paydo bo‘lishi 
yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo‘lib, u dastlab toshdan oddiy 
to‘qmoq yasagan bo‘lsa, uzluksiz mehnat, tinimsiz intilish natijasida 
yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi. 
Antropogenez 
jarayonida 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish