Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Imom Buxoriy (809-870-yy.)



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Imom Buxoriy (809-870-yy.)
Buxoroda tug‘ilib, shu 
yerda birinchi bilimlarni oladi. So‘ngra bilimini yanada 
chuqurlashtirish 
maqsadida 
Makka, 
Madina, 
Bag‘dod, 
Damashq, 
Kufa, 
Nishopur 
kabi 
shaharlarga 
boradi. 
Manbalardan bizga ma’lumki, Imom Buxoriy islom dini 


171 
masalalariga bag‘ishlangan 20 ga yaqin asar yozgan. Shu 
kitoblar orasida Buxoriyning butun dunyoga mashhur qi lgan 
asari “Al-Jome’ as-Sahih” (“Ishonchli to‘plam”)dir. Bu asar 
160 qismdan iborat bo‘lib, 3450 bobni o‘z ichiga oladi. Buxoriy 
hadislarini to‘plash va bayon etishda uni haqiqiyligiga asosiy 
e’tibor bergan, uni haqiqatga yaqinligini isbotlovchi dalillarni
keltirgan va shu asosda hadislarni tasnif qilgan olimdir. Uning 
diqqat markazida fanning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, 
uning ma’naviy yuksalishi, fozilligi, donoligi, yaxshi va 
yomonni ajrata olishi turadi. Umrining oxirida u o‘z Vataniga 
qaytib keladi va Samarqand yaqinida vafot etadi. Mustaqillik 
yillarida bu ulug‘ bobakalonimiz ruhini shod etib, O‘zbekiston 
Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan uning vafot etgan 
joyida ulkan majmua-bino barpo qilindi. Hozirda bu joy nafaqat 
mamlakatimiz fuqarola rini, balki butun musulmon dunyosi 
ahlini ziyoratgoh joyiga aylangan.
Imom at-Termiziy (824-892-yy.) 
Termizdan uncha uzoq 
bo‘lmagan Bug‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. U ham Buxoriy singari 
Sharqning juda ko‘p shaharlarida bo‘lib, o‘z bilimini oshirishga 
harakat qiladi. At-Termiziy hadislardan tashqari filologiya, 
tarixga oid asarlar ham yozdi. Uning 10 dan ortiq yozgan 
asarlari orasida nomini butun musulmon olamiga mashhur 
qilgan asari “Jome at-Termiziy” yoki “Sunan at-Termiziy”dir. 
Bu asar islomda ulamolar tomon idan haqiqat deb tan olingan 
mashhur hadislar to‘plamidan biridir.
Islom dinining mamlakatda asosiy din sifatida tan olinishi, 
boshqa dinlarning oyoq -osti qilinishi, bu davrda mehnatkash 
omma turmush tarzining og‘irlashuvi ular orasida ularni 
yupatishga, ularning ruhini yengil qilishga yordam beruvchi 
g‘oyani qidirishga majbur qila boshladi. Bu g‘oya tasavvuf 
g‘oyasi bo‘ldi. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish