Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Kampirtepa ko‘hna shahri
joylashgan va bu yodgorlik 
mil. avv. III-milodiy III asrlarga oiddir. Ko‘hna shaharning umumiy 
maydoni 4 gektar bo‘lib qal’a va turar-joy inshootlaridan iborat. 
Yodgorlik 5 metr qalinlikdagi mustahkam himoya devori va chuqur 
xandaq bilan o‘rab olingan. Ko‘hna shaharning shimoli-g‘arbiy qismida 


95 
0,5 gektar maydondan o‘nta ko‘mish marosimiga oid inshootlar (nauslar) 
aniqlanib ulardan turli-tuman topilmalar topilgan. 
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Termiz shahridan 5 km shimoli-
g‘arbda
Eski Termiz yodgorligi
joylashgan. Umumiy maydoni 500 
gektardan iborat bu ko‘hna shahar mil. avv. IV-III asrlarda paydo bo‘ladi. 
Mil. avv. III-II asrlarda Yeski Termiz himoya devorlari bilan o‘ralib 
markazida yirik qal’a bunyod etiladi. Antik davr manbalarida “Tarmit”, 
“Tarmita” nomi bilan tilga olingan bu ko‘hna shahar Kushonlar davriga 
kelib Shimoliy Baqtriyaning ma’muriy va mafkuraviy markaziga 
aylanadi. Yeski Termiz hududlaridan shu davrga oid Fayoztepa, Qoratepa 
kabi yirik Budda ibodatxonalari ochib o‘rganilgan. 
Kushon davri yirik ko‘hna shaharlaridan yana biri 
mashhur 
yodgorlik Xolchayon
hisoblanadi. Ushbu ko‘hna shahar Surxondaryo 
viloyatining Denov shahri shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib mil. avv. 
IV-III asrlardan - mil. VII asrga qadar mavjud bo‘lgan. Yodgorlikning 
gullab-yashnagan davri Kushon davriga to‘g‘ri keladi. Xolchayondan bu 
davrga oid yirik saroy inshootlari, turar-joylar ochilgan. Saroyning ayvoni 
va bosh zali devorlari suratlar bilan bezaklangan. Sathidan esa “podsho 
Geray” avlodlariga mansub turli kattalikdagi haykallar topilgan. 
Kushon podsholigi ruhoniylar qo‘lidagi davlat bo‘lib, bu davlatda 
podsho hokimiyatni boshqarish bilan birga bosh kohin ham hisoblangan. 
Podsholik satrapiyalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning boshliqlari ma’lum 
ma’noda o‘zlarini mustaqil deb hisoblaganlar. Kushon podsholigi 
quldorlik davlati hisoblansa-da, davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati 
nihoyatda katta bo‘lgan. Tadqiqotlar natijasida kushonlar davrida 
hunarmandchilikning turli sohalari, ichki va xalqaro aloqalar, madaniy 
hayot gurkirab rivojlanganligi aniqlangan. Pul muomalasida asosan oltin 
va mis tangalardan foydalanilgan. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik sun’iy 
sug‘orishga asoslangan bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlarining juda ko‘p 
turlari yetishtirilgan. 
Milodiy III asrning birinchi yarmida, ya’ni, Vasudeva va Kanishka 
III hukmronligi davrlarida Kushon podsholigi hokimiyatida markazdan 
qochuvchi kuchlar mavqeyi ortib ular o‘zlarini tobora mustaqil hisoblay 
boshlaydilar. Ikkinchi tomondan esa, ular o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj 
ola boshlaydi. Undan tashqari Kushon davlatining janubi-g‘arbiy 
hududlarida qudratli Sosoniylar davlati paydo bo‘ladi. III asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab Kushon davlatining ko‘pgina yerlari Eron Sosoniylari 
qo‘liga o‘tadi. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish