369
partiyasi
bilan aloqalari, S.Qosimovning Sulton Segizboev va advokat
Ubaydulla Xo`jayev (Asadullaxo`jayev), Yaponiyadagi Turkiston milliy
qo`mitasining muxtor vakili (aslida bunday qo`mita bo`lmagan) Hasanxon
Qori Karimov bilan do`stona munosabatda bo`lganligi va b. bir necha
marotaba esga olindi. S.Qosimov va uning tarafdorlari “bosmachilar”ni
qo`llab-quvvatlashda, “aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar” a’zolari
bilan aloqa bog‘laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblandilar.
Holbuki, S.Qosimov va B.Sharipov o`z xizmat
vazifalarini bajarish
vaqtida tub millat manfaatlarini imkoniyat doirasida himoya qilishgan edi.
S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi tomonidan
O`zbekistonning suverenlik huquqi va milliy manfaatlari poymol
qilinayotganligini ochib tashlashdan cho`chimadi.
Davlat ayblovchisi Katanyan o`zining nutqida shunday deydi:
“Spiridonov rus chorizmi tarafdori bo`lsa, Qosimov-turk chorizmi uchun
kurashgan,
Alimov-bosmachilarning
do`sti,
xususiy
mulkchilik
himoyachisidir. Shuning uchun ular eng oliy jazo-otuvga loyiqdirlar.”
1930-yilning 22-iyunida hukm e’lon qilinadi. Ularning hammasi yot
sinf manfaatlarini
himoya qilganliklarida, Sharipov esa bosmachilarga
faol yordam berganlikda ayblanadilar. Katanyan so`nggi sud jarayonida:
”...adolatli qonun g‘alaba qilsin va qon to`kilsin!” deb xitob qiladi.
Qosimov va uning 3 tarafdori otib tashlanadilar.
Bu jarayonning asl mohiyati ko`zga ko`ringan mahalliy arboblarni
tugatishga qaratilgan edi.
Minglab ziyolilar yo`q qilinishining cho`qqisi 1937-39-yillarga to`g‘ri
keldi.1937-yil dekabr - 1938 yil yanvarida XKS va O`Z KP (b) MQning
“O`zSSR Xalq Maorif Komissarligi tizimida
ziyonchilik oqibatlarini
bartaraf etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g‘risida”gi qarori e’lon
qilingandan so`ng, xalq ta’limining barcha sohalarida, ayniqsa mahalliy
tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari va institutlarida
o`qituvchi kadrlar va talabalarni “tozalash” ishlari avj oldirib yuborildi.
Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan
quvg‘in va qatag‘onlarga “xalq dushmanlari, chet el josuslari”-
A.Ikromov, F.Xo`jayev, I.Karimov va boshqalar o`zlarining
Maorif
komissarligidagi “odamlari”- Usmonov, Ro`ziyev, Sorokin, Kojuxovlar
orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazishgan, degan bo`htonlar “asos”
qilib olindi: “Ular turli choralar bilan o`zbek xalqini sotsialistik
madaniyatning ilg‘or vakili-buyuk rus xalqidan ajratmoqchi bo`ldilar,
yoshlarni millatchilik bilan zaharlashga harakat qildilar...
Ular bir
tomondan, o`zbek maktablarida Lenin va Stalin asarlarini o`rganishga
370
imkon beruvchi rus tili o`qitilishiga qarshilik ko`rsatib, ikkinchi
tomondan, marksizm-leninizm klassiklarining asarlarini o`zbek tiliga
tarjima qilinishiga to`sqinlik qildilar.”
Ayni paytda istiqlol va erk kuychilari, o`zbek
xalqining mashhur
yozuvchilaridan Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir Stalin
istibdodining begunoh qurboni bo`ldilar. 30-yillarda o`zbek adabiyotining
Fitrat va Cho`lpon kabi “keksa” avlodi vakillarining erkin ijod etishiga yo`l
qo`yilmadi. Fitrat 1938-yil 4-oktabrda “...sovet
hokimiyatiga qarshi
aksilinqilobiy, panturkistik ishlar olib borganlikda” ayblanib, otib tashlanadi.
Cho`lpon 1932-yili F.Xo`jayevning maslahati bilan Moskvaga borib,
SSSR XKS va SSSR xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon bo`lib xizmat
qilayotganida, Toshkentda
Do'stlaringiz bilan baham: