402
30-yillarning ikkinchi yarmidan 1959 yilgacha Sovetlarga
Markazdan kelgan rahbar partiya va sovet xodimlarini saylash yo‘lga
qo‘yildi. IV chaqiriq Oliy Kengashning 294 deputatidan 16 tasi markaz
vakillari edi. Bunday ish yuritish 70 yillardan qaytadan yo‘lga qo‘yildi.
Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari o‘rtasida
tinchlik va
hamkorlikni mustahkamlashga O‘zbekiston o‘z hissasini qo‘shdi, uning
xorijiy mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. 1958 yili
O‘zbekiston dunyoning 32 mamlakatiga sanoat va qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini chiqargan bo‘lsa, 1970 yil 76 mamlakat bilan savdo
aloqalarini o‘rnatdi. Chet davlatlarga mahsulot chiqarishda O‘zbekiston
sobiq Ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o‘rinda turdi.
Qorako‘l teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining
250 turi to‘rt qit’aning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi. Ming
afsuski, bu mahsulotlar O‘zbekiston nomidan emas “SSSRda ishlangan”
degan tamg‘a bilan dunyoga tanildi.
Andijon mashinasozlik zavodining mahsulotlari 44 mamlakatga,
Toshkent kabel zavodining mahsuloti 27, Chirchiq elektroximkombinati
20, Samarqanddagi “Kinap” zavodi 30 mamlakatga o‘z
mahsulotini
chiqardi. Ko‘p yillar davomida paxta tashqi bozorga chiqarilgan asosiy
mahsulot bo‘lib, 1953 yildan boshlab O‘zbekiston paxtasi Amerika
Qo‘shma Shtatlari, Meksika, Suriya kabi paxta yetishtiruvchi
mamlakatlarning raqobatini yengib yirik kapitalistik
davlatlar bozoriga
chiqdi va jami 35 davlatning bozorini egalladi.
1960-70 yillari O‘zbekiston Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi
mamlakatlari uchun minglab Oliy va o‘rta ma’lumotli mutaxassislar va
malakali ishchi kadrlar tayyorlab berdi. 1961 yili Toshkent Davlat
Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) qoshida chet elliklar
uchun tayyorlov bo‘limi ochildi. O‘zbekistonning minglab mutaxassislari
ko‘pgina mustaqillikka erishgan mamlakatlarning iqtisodiyotini
rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shdi. O‘zbekistonlik mashinasozlar,
paxtakorlar, suv xo‘jaligi inshootlari va ipakchilik mutaxassislari ko‘p
mamlakatlarda o‘zlarining boy tajribalarini tashviqot qildilar.
Misrdagi
Asvon va Xelvonn suv inshootlari, Afg‘onistondagi Jalolobod kanali va
Kubadagi sanoat qurilmalarida O‘zbekiston mutaxassislari ham ishtirok
qildilar.
“Feodalizmdan sotsializmga sakrab o‘tish mumkinligi to‘g‘risidagi
marksistik ta’limotni” O‘zbekiston misolida isbotlash maqsadida,
Osiyo
va Afrika davlatlari uchun sotsializmning tajriba maktabi sifatida uning
403
xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari kengaytirildi,
delagatsiyalar almashish borasida ishlar jonlantirildi.
1947-1955 yillari dunyoning 46 mamlakatlaridan, shu jumladan
ilg‘or taraqqiy etgan davlatlardan 180 delegatsiya O‘zbekistonga
tashrif
buyurdi. Ana shu davrda sobiq ittifoqning delegatsiyalari tarkibida 200
dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari xorijiy mamlakatlarda bo‘lib qaytdi.
Bundan tashqari sa’nat va adabiyot xodimlari o‘rtasida delegatsiyalar
almashildi. Bu tadbirlar natijasida bizning o‘lkada “kazarma sotsializmi”
o‘rnatilgani ham oshkora bo‘ldi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Oliy sudining a’zosi Uilam Duglas
O‘zbekistonda bo‘lib qaytgandan keyin “Luk “ jurnalida O‘rta Osiyo
respublikalaridagi hayotda Fransiyaning mustamlakachilik tamg‘asi
ko‘rinayapdi deb yozadi. Mahalliy matbuotda bunga tuxmat deb qaraydi.
O‘zbekiston xalqaro birodorlashgan shaharlar uyushmasiga a’zo
bo‘ldi.
Toshkent,
Pokistonning
Karachi,
Liviyaning
Tripoli,
Hindistonning Patiala, AQShning Sietl,
Marokashning Marokash,
Yugoslaviyaning Skople shaharlari bilan birodarlashdi. O‘sha davrning
muhim muammolari bo‘yicha Toshkentda xalqaro yig‘inlar, uchrashuvlar
va ilmiy kengashlar chaqirildi. Jumladan, 1959-72 yillarda o‘ttizdan ortiq
ilmiy sessiya va kengashlar bo‘lib o‘tdi. 1958 yilni kuzida Toshkentda
37ta Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining anjumani o‘tdi va bu
yerda “Toshkent ruhi” yuzaga kelib, xalqaro miqyosda O‘zbekistonning
mavqeini oshirdi.
O‘zbekiston chet davlatlar bilan siyosiy,
iqtisodiy va madaniy
aloqalarini kengaytirish, uni samarali olib borish uchun barcha
imkoniyatlarga ega bo‘lsa ham bu imkoniyatdan to‘la foydalana olmasdi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76,
77,112, 122 moddalariga ko‘ra O‘zbekiston chet davlatlar bilan alohalar
o‘rnatish, diplomatlar va elchilar tayinlash va chaqirib olish huquqlariga
ega va xalqaro tashkilotlar bilan mustaqil aloqalari o‘rnatish mumkin.
Lekin,
amalda
respublikaning
xalqaro
munosabatlari
markazda
rejalashtirilib, chizib berilgan doirada olib borildi.
Chet davlatlardan
birorta delegatsiyaning qabul qilinishi, jumhuriyatda o‘tadigan
uchrashuvlar, kengashlar, anjumanlar uchun “markazdan” ruxsat shart edi.
Ittifoqchi respublikalarning, jumladan, O‘zbekistonning teng huquqligi va
mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunlar aslida qog‘ozda qoldi.