Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Partiyaning II-qurultoyidan keyin bo`lib o`tgan plenumda partiya



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)


Partiyaning II-qurultoyidan keyin bo`lib o`tgan plenumda partiya 
oldida o`z “aybi” ga iqror bo`lmaganlarni egallab turgan lavozimlaridan 
chetlashtirishga qaror qildi. Xususan, R.Rafiqov-ichki ishlar xalq 
komissarligidan, M.Saidjonov-Zarafshon viloyat ijroiya qo`mitasi 
kotibligidan, I.Xidiraliyev-O`zbekiston yer ishlari xalq komissari 
vazifasidan ozod etiladilar.
Yer-suv islohotini o`tkazish davrida “18 lar guruhi” ushbu jarayon 
va MQ ga qarshi faoliyat yuritishda ayblanishgan bo`lsa, oradan ikki yil 
o`tgach esa, O`rta Osiyo byurosining plenumida (1927 yil oktyabr) ularga 
boy-quloqlarning manfaatini himoya qilgan, yer-suv islohoti hamda 
ayollarning 
ozodlikka chiqishiga qarshi bo`lgan, savdogar 
va 
hunarmandlardan olinadigan soliqlarni kamaytirish va davlat apparatini 
milliylashtirish tarafdori bo`lgan degan, soxta aybnomalar qo`yiladi.
Ko`rinib turganidek, mustabid tuzumga, mutlaq xukmron -
kommunistik partiyaning siyosati va g‘oyalariga qarshi bo`lgan har 
qanday chiqishlarga darhol chek qo`yilgan.
“Inog‘omovchilik” 
1926-1931 yillarda mustabid tuzum tomonidan 
milliy rahbar va ziyolilarning qatag‘on qilinishiga sabab bo`lgan uydirma. 
“Inog‘omovchilik”- o`sha yillarda O`zSSR Maorif Xalq Komissari 
vazifasini bajarib kelgan Rahim Inog‘omov (1902-1938) nomi bilan 
bog‘liq.


368 
R.Inog‘omov va uning tarafdorlari xalq ta’limi va madaniyatini 
proletarlashtirishga qarshi chiqib, VKP (b) MQ O`rta Osiyo byurosi 
faoliyatini tugatish talabini ko`tarib chiqadilar. Shuningdek, R.Inog‘omov 
o`zbek mehnatkashlarining oktabr to`ntarishiga tayyor bo`lmaganliklari 
va uning yevropalik proletar kuchlar tomonidan amalga oshirilganligi 
hamda rus istibdodiga qarshi mustaqillik harakatida tarixiy rolni faqat 
ziyolilar o`ynagan, bizda esa hali proletariat yo`q degan dadil fikrlarni 
bildiradi.
Maxsus uyushtirilgan viloyat plenumlarida “inog‘omovchilik” 
qoralanib, u bilan ayovsiz kurash olib borishga da’vat etiladi. Hatto 
“inog‘omovchilik” ni partiya saflaridagi “burjuaziya agenturasi” deb 
baholashadi.
“Inog‘omovchilik” ka qarshi kurash matbuotda ham davom etadi. 
O`rta Osiyo byurosining “Za partiyu” degan jurnalida I.Zelenskiy 
“inog‘omovchilik” ni qattiq tanqid qilib, uning kommunistlar tomonidan 
qo`llab-quvvatlanmaganligi, unga qat’iy zarba berilganligini alohida 
ta’kidlaydi. 
Rahim Inog‘omovga shu kabi asossiz “aybnomalar” qo`yilgandan 
so`ng, uni Qashqadaryo viloyatining eng chekka qishloqlarining biriga 
ishga yuborishadi. Quvg‘in va ta’qiblar ta’sirida R.Inog‘omov matbuot 
orqali tavba-tazarru mazmunidagi “ochiq xat”i bilan chiqadi. 
Inog‘omovning qarashlari xususida Mustafo Cho`qaev quyidagi 
fikrlarni bildirgan: “...Biz ruslarga iqtisodiy jihatdan qaram bo`lishni 
istamaymiz.. Mana shu haqiqatni kommunist bo`lishga shoshilgan 
turkistonlik yoshlar anglay boshladi.. R.Inog‘omov boshliq guruh 
o`zbeklarga o`z-o`zini boshqarish huquqini berish, Turkiston ustidan 
O`rta Osiyo byurosi nazoratini bekor qilinishini talab qilgan.” 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish