20
Yaqin yillarga qadar O‘zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar
tomonidan 100 ming yillar ilgari o‘zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar
edi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu
jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog‘lab kelar edilar. Ammo
so‘nggi yillarda O‘zbekiston arxeologlari
tomonidan olib borilgan
ko‘pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
O‘tgan asrning 80-yillarida arxeolog O‘.Islomov boshchiligidagi
tadqiqotchilar Farg‘ona vodiysidagi
Selung
‘
ur
(So‘x tumani) g‘oridan
paleolit davri makonini ochishga muvaffaq bo‘ldilar. So‘nggi tadqiqotlar
natijalariga qaraganda Selungur
ilk paleolit davriga
oid bo‘lib, o‘n uchta
madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko‘plab
ibtidoiy tosh
qurollar topilgan. Bu qurollar ko‘p hollarda Olduvoy qurollariga o‘xshab
ketadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selungur topilmalarining
yoshi
1 mln. yildan
ziyodroqdir. Selungur topilmalari orasidan eng
ahamiyatlisi qadimgi odam jag‘ suyaklari, tishlari va yelka suyaklaridir.
Fanda “Farg‘ona odami”-”Fergantrop” deb nomlangan bu qazilma odam
qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi
tasavvurlarimizni yanada
kengaytirish bilan birga O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonning insoniyat
paydo bo‘lib rivojlangan o‘choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi.
Undan
tashqari
Ko‘lbuloq
makonidan
(Shimoli-sharqiy
O‘zbekiston, Toshkent vil.) ham ko‘p qatlamli yodgorlik ochilgan bo‘lib,
uning eng pastki qatlamlari ilk paleolit davriga oiddir. Shuningdek,
Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan
ham ilk paleolit
qatlamlari ochilgan hamda bu yerdan 100dan ziyod chopper, nukleus,
qirg‘ich va tarashlag‘ich tosh qurollar topilgan.
Tadqiqotchilar Tyanshan etaklaridagi Onarcha (Qirg‘iziston)
makonidan hamda Pomir etaklaridagi Qoratov (Janubiy Tojikiston)
makonlaridan ham ilk paleolit davri qatlamlarini aniqlab bu qatlamlardan
juda ko‘plab tosh qurollar topganlar.
Ilk paleolit (Ashel madaniyati) davri eng qadimgi odamlarning
makonlaridagi topilmalarida sodda va qo‘pol tosh qurollar ko‘pchilikni
tashkil etadi. Bu davr kishilarining qurollari o‘zining soddaligi, qo‘polligi,
turlarining kamligi jihatdan keyingi davrlardan keskin farqlanadi. Ilk
paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi
qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar.
Ular asosan
termachilik va ovchilik bilan tirikchilik o‘tkazganlar hamda tabiat oldida
juda ojiz bo‘lib, unda mavjud bo‘lgan tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirib
yashaganlar. Ular na diniy tushunchani,
na hunarmandchilikni va na
chorvachilikni bilganlar.