Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Vatan tarixini o‘qitishning ahamiyati



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Vatan tarixini o‘qitishning ahamiyati 
 
Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, 
tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi ko‘z qorachig‘idek asrashining 
ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan 
to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi 
bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z 
o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.
Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. 
Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z 
kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430-y.) 
hozirgi eramiz boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin 
tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib, shunday 
degan edi; “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo, uning 
tarixini uyg‘ot”. 
XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy 
ham bu fikrni o‘zining quyidagi to‘rtligida yanada teran ma’noda mana 
bunday bayon etadi: 
Kimki tutmas qalbida tarixni,
U inson ham emas, olim ham emas. 
Biroq kimki uqsa o‘tmishini, 
Ko‘p boyitar o‘z turmushini. 
Salkam bir yarim asr hukmronlik qilgan chor va kommunistik 
bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o‘rnini to‘g‘ri 
anglab, ongli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy 
xotirasini o‘chirib, uni abadiy, qalban ma’naviy qaramlikka moslab 
tarbiyalashga harakat qildilar. 
Shu o‘rinda, Farg‘ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu 
shovinistik shiorga amal qilganligini aytib o‘tish joizdir: “Millatni yo‘q 


16 
qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini 
yo‘q qilsangiz bas, tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi”. 
Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar 
tarixiga nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig‘i 
asosida SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB)sining 1947-yilda 
mutlaqo maxfiylikda ishlab chiqqan ko‘rsatmasida o‘z aksini quyidagicha 
topgan edi: “Tarix darslarida o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan 
ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urunishgani xaqida 
gapirish mumkin emas, e’tiborni faqat podsholar zulmi va ularga qarshi 
qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim “. 
Shuning uchun ham o‘tgan chorakam bir asrlik kommunistik 
mustamlaka davrida O‘zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq 
ta’limi sohasida o‘qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi. 
Faqat, maktabning 5-sinflaridagina “O‘zbekiston tarixidan hikoyalar” 
degan ”hikoyalar” predmeti o‘qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda 
o‘z o‘tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani 
shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Bu mash’um siyosatning “samarasi” 
o‘laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrim kommunistik 
mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O‘zbekiston tarixini oliy o‘quv 
yurtlarida o‘qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko‘rsatdilar. Bu 
antiqa “qarshilik” to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu 
o‘quv yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o‘quv 
yurtlarida o‘qitiladigan fanlarning orasida o‘zining qonuniy o‘rni va 
nufuziga ega bo‘ldi. 
O‘zbekiston hukumati mustaqillikdan so‘ng Vatan tarixi haqida 
odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma’naviyati va mafkurasi, xalq 
ta’limida tutgan o‘rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor
yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardi. 
O‘zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir 
yarim asrlik mustamlakachilik g‘aflat uyqusidan ko‘z ochib uyg‘ongan 
xalqimiz istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni 
tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir. 
Umuman, Ona tarixni o‘qitish va o‘rganish hozirda avj olib 
rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy 
zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy 
ma’naviy-mafkuraviy uyg‘onish, madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga 
bo‘lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bo‘lgan millat 
ehtiyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg‘onishning asosidir. 


17 
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish shuning 
uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka 
barham beradi, milliy g‘oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. 
Vatan tarixini o‘qitish va o‘rganish yana shuning uchun ham zarurki, 
xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta 
mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysinmaslik, begona 
g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar ta’siriga berilmaslik ma’naviyatiga 
ega bo‘ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, 
falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat. 
O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan 
iboratdir: 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish