4
5.
Hikoya va suhbatdan tashqari oʻzbek tilini yaxshi oʻrganish, unga qiziqishni
uygʻotish maqsadida til oʻrgatishga oid oʻyinlar, kichik-kichik she’rlar,
badantarbiya va ashulalar berib boriladi.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5
55. Qaysi javobda kelishiklarni qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A)
Kometaga ilk bor ko‘zimiz tushganda, garchi diametri bir necha ming
kilometrni tashkil etsa ham, uning kichik bir shu’lali jism ekanini kuzatamiz.
B)
Quyosh nurlari kometa yadrosidan materiyaning mayda zarralarini yulib oladi
va uning Quyoshga teskari bo‘lgan yo‘nalishda dumi paydo bo‘lishiga olib keladi.
C)
Kometa Quyoshga yaqinlashayotganda, undan dum o‘sib chiqadi va harakati
ham tezlashadi.
D)
Dum juda siyrak gaz va o‘ta mayda zarralardan iborat bo‘lib, ular kometa
yadrosining quyosh ta’siri ostida ajralib chiqadi.
56.
1887-yilning 7-yanvarida 300 nafar eng taniqli adiblar, shoir, musavvir,
bastakorlar birlashib, me’mor Gustav Eyfel yangicha uslubda barpo
ettirayotgan minoraning qurilishiga doir shahar munitsipalitetiga protest
yo‘llaganlar. Ular orasida kichik Aleksandr Dyuma, Sharl Guno, Gi de
Mopassan va boshqalar bo‘lgan.
Matnda ajratib ko‘rsatilgan hujjat nomining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri
izohlangan?
A) Tashakkurnoma B) Norozilik bayonoti.
C) Ayblov xati D) Madhiya
57. Sifatlovchi aniqlovchi ishtirok etmagan javobni aniqlang.
A)
Bu yerdan chiqqan buloq suvi naq buyrak kasalining tayyor davosi edi.
B)
Tushga yaqin yomg‘ir tindi-yu, bulutlar orasidan ko‘m-ko‘k osmon va issiq
yoz oftobi ko‘rindi.
C)
Tabiat kimga zakovat, aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo‘l uradi.
D)
Navoiy g‘azalni shavq bilan tovush chiqarib o‘qidi.
58.
Bu – o‘pirilish natijasida hosil bo‘lgan g‘orsimon o‘yiq joy edi.
Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qaysi
javobda qatnashmagan?
A)
U o‘ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi.
B)
Siyoh qurigandan keyin qog‘ozni usti o‘yma gulli charm juzdonga tiqib,
arabcha qalin kitobni varaqlashga boshladi.
C)
O‘ychining o‘yi bitguncha, tavakkalchining ishi bitadi.
D)
Bir vaqtlar o‘ymakorlik san’atining go‘zal namunalaridan bo‘lgan, lekin
zamonlarning asta, omonsiz yemiruvchi ta’siri ostida o‘z husn va tarovatini
yo‘qotgan eshikni dastlab ohista taqillatdi.
59. “
U odam o‘z tenglaridan hech birining hech qachon hech bir gapini
tinglagan emasdi. Ayollardan maslahat, ayniqsa, o‘z xotinidan bir taklif eshitmoq
uchun … qayta boshdan bunyodga kelishi kerak bo‘lardi…
”
Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida ta’riflangan ushbu qahramon kim?
A) Akbarali mingboshi B) Razzoq so‘fi C) Miryoqub D) Hakimjon
60. Barcha gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq mos
keladigan gapni aniqlang.
.
.
A) Do‘stlar, bu mening eng yaqin oshnam.
B) Baykal – dunyodagi eng chuqur ko‘l.
C) Siz bolaning fikrlarini diqqat bilan eshitsangiz.
D) Oyning ipak nurlari dalalarga quyilgay.
61. Qaysi gapning mazmuni fikrlar zanjiridan uzilib qolgan?
A) „Alisher Navoiyning kelib chiqishi baxshilarga borib taqaladi.
Otasini „Kichkina baxshi“ deyishgan“.
B) „Garchi oliy hazratga o‘zidagi tab’ quvvati va qobiliyati ko‘pligi jihatidan har ik
ki nav, ya’ni turkiy
va forsiy she’rlar muyassar bo‘lsa-da, uning
tab’i(ning)
moyilligi forschadan ko‘ra turkichada ortiqroq edi“.
C) „Ul zot Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r shijoatlisi edi“.
D) „Hech kim turkiy she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini
undan yaxshiroq socha olmagan“.
62. She’riy parchadagi tasviriy ifodaning sinonimlari berilgan qatorni toping.
Onaginam!
O‘zing tortma davralardan el chorlaganda,
„Tiriklikning bayrami“, deb sozlanganda tor.
O‘zing so‘lg‘in lablar bilan pichirlaganday:
„Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor“.
A) Volidayi muhtaramam, onajonim, boshimdagi parvonam.
B)
Fasllar kelinchagi, uyg‘onish fasli, yasharish fasli.
C) Xalqdan yashirinma, boshqalardan berkinma, panaga chekinma.
D) Orzu-armonlar, dunyoda bor-yo‘qlar, ajdod-avlodlar.
63. Qaysi sinonimik qatorda „ortiqcha“ so‘z bor?
A) bemahal, bemavrid, bemalol, bevaqt
B) cho‘loq, oqsoq, lang
C) sarf, chiqim, xarajat, xarj
D) chora, iloj, tadbir, imkon, ep, yo‘l, amal.
64.
Berilgan fikrdagi o‘zlashma antonim so‘zlarni toping:
Jamiyatga optimistlar ham, pessimistlar ham hissa qo‘shadi. Optimist samolyotni
o‘ylab topgan bo‘lsa, pessimist parashutni ixtiro qilgan. (B. Shou)
A) samolyot – parashut B) optimist – pessimist
C) o‘ylab topgan – ixtiro qilgan D) hissa qo‘shadi – o‘ylab topgan
65. Abayning „Nasihatlar“ asarida „dunyoda hech bir narsa mening ishtirokimsiz
kamol topmaydi“, - deya so‘zlagan obraz qaysi javobda berilgan?
A) g‘ayrat B) aql C) yurak D) ilm
66. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar
ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra
o‘zaro bir turga mansub?
A) ko‘ra-to‘ra B) tugun-bugun
C) quduq-quruq D) qovoq-tovoq
67. Imom Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asaridan
olingan quyidagi hadisni
to‘g‘ri izohlang.
Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinganiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.): “...
qayerda bo‘lmasin kishini bezaydi, ... har qayerda kishini jirkanch ko‘rsatadi”, —
dedilar.
A) hayo // chirkin so‘z B) odob // odobsizlik
C) unutmaslik // unutish D) rost // yolg‘on
68.
Do'stlaringiz bilan baham: