Namangan davlat universiteti Namangan davlat universiteti Matematika fakulteti Amaliy matematika va informatika yo’nalishi ATI-BU-19 guruh talabasi Ibroximov Olloyorning Yosh fiziologiya va gigiyena fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Oliy nerv faoliyat. Mavzu: Oliy nerv faoliyat. Reja: - Rafleks va uning turlari.
- Markaziy nerv sistemasini tormozlanishi.
- Oliy nerv faoliyati.
OLIY NERV FAOLIYATI Bosh miya katta yarimshariari va ularning po’stlog’i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bo’lib hisoblanadi. Odamning xulq-atvori, fikrlashi, ongi va barcha rahiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bo’lib, u bosh miya katta yarimsharlari va ular po’stlog’ida joylashgan nerv markazlarining normal funksiyasiga bog’liq. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo’ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog’lanishini, uning har xil sharoitga moslashishini ta'minlaydi. Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari reflekslar orqali sodir bo’lishini ras fiziolog olimi I. M. Sechenov 1863- yilda yozgan „Bosh reflekslari" kitobida ko’rsatib o’tgan. Uning reflekslar haqidagi fikrlarini I. P. Pavlov yanada rivojlantirib, shartli reflekslar haqidagi ta'limotni yaratdi. U odamning oliy nerv faoliyatini shartli reflekslar orqali namoyon bo’lishini ko’rsatib berdi. Refleks — tashqi va ichki muhit ta'siriga odam organizmining nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaksiyasidir. Markaziy nerv sistemasining qaysi qismi ishtirok etishiga qarab, reflekslar ikki xil: shartsiz va shartli bo’ladi
Refleks
Shartsiz reflekslar
Shartli reflekslar
Shartsiz reflekslar - Shartsiz reflekslar hosil bo’lishida markaziy nerv sistemasining pastki qismlari, ya'ni orqa, uzunchoq, o’rta, oraliq miyadagi nerv markazlari ishtirok etadi. Shartsiz reflekslar tug’madir, chunki, ularning nerv yo’llari bola tug’ilgan vaqtda ham bo’ladi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta'minlashga qaratilgan. Masalan, ovqatni chaynash (bolaning emishi), yutish, hazm qilish, najas va siydik ajratish, nafas olish, qon aylanishi va hokazolar. Shartsiz reflekslar doimiy, ya'ni ular odamning hayoti davomida o’zgarmaydi (yo’qolmaydi). Ularning soni va turi barcha kishilarda deyarli bir xil. Bu reflekslar nasldan naslga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |