IV. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar
faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish
33. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy o‘quv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasasiga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar va tashkilotlar Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan birgalikda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasidagi faoliyati samaradorligi monitoringini olib boradilar.
34. katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
a) o‘qishning birinchi yilida:
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola e’lon qilinganligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferensiyada yoki seminarda (davra suhbatida) ma’ruza bilan chiqish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha seminarda so‘zga chiqish (rahbar bilan birgalikda);
b) o‘qishning ikkinchi yilida:
mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida ikkita ilmiy maqola e’lon qilinganligi;
dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida ikkita tezis mavjudligi;
dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda);
konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot;
v) o‘qishning uchinchi yilida:
mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida uchta ilmiy maqola e’lon qilinganligi (ulardan biri – chet elda);
dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida uchta tezis mavjudligi (ulardan biri- chet elda);
dissertatsiya ishi natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda);
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);
yakka tartibdagi rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot;
OAK talablariga muvofiq e’lon qilingan ilmiy ishlar mavjudligi;
OAK talablariga muvofiq tayyorlangan dissertatsiya ishi.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha OAK ning tegishli talablariga javob beradigan miqdorda e’lon qilingan ilmiy ishlariga ega bo‘lishi kerak. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davrida kamida 300 soat hajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.
35. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar yakka tartibdagi rejalar bajarilmaganda, oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ichki tartibi va qoidalari buzilganda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar lavozimidan ozod etilishlari mumkin. Ushbu sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga tiklanmaydi.
36. Muntazam ravishda (qatorasiga ikki marta) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha tegishli kengashlarga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tomonidan dissertatsiya ishlari o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlamagan ilmiy konsultantlar oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy maslahat berishdan chetlatiladilar.
Muntazam ravishda (qatorasiga ikki marta) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha tegishli kengashlarga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tomonidan dissertatsiya ishlari o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlamagan ilmiy konsultantlar oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy maslahat berishdan chetlatiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son “Axborotlashtirish sohasida normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Davlat organining rasmiy saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar”:
37. Monitoring yakunlari oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining tegishli ilmiy kengashlarida ko‘rib chiqiladi. Kengashlarning tavsiyasi bo‘yicha katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ilmiy konsultantlar faoliyatini nazorat qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muasasasi va ilmiy-tadqiqot muasasasiga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
V. Mustaqil izlanuvchilik tartibida ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash
38. Mustaqil izlanuvchilikka bakalavr yoki magistr darajasiga, yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga, yoki oliy xarbiy ma’lumotga, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga, kamida besh yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ilmiy izlanishlarga layoqati bo‘lgan va mufyyan ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan (ixtiro uchun patentlar. E’lon qilingan ilmiy materiallarga ega bo‘lgan, ilmiy-texnologik ishlanmalarda ishtirok etgan va hokazo), belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladilar.
39. Oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi har yili 1 sentyabrdan kechikmay mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar xujjatlarini qabul qilish boshlanishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradilar. Xujjatlar 15 oktyabr-15 noyabr mobaynida qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikda talabgor quyidagi xujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga murojaat qiladi.
ish joyidan tavsifnoma;
ma’lumotnoma;
oliy ta’lim yoki fan fomzodi to‘g‘risidagi diplomning nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
talabgorning ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga layoqati yuzasidan test sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK xujjatining nusxasi;
ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro‘yxati.
40. Talabgorlar mustaqil izlanuvchilikka har yili 25 dekabrgacha, mutaxassislik bo‘yicha suhbat natijalari va tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya)ning xulosasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan, shuningdek ta’limning o‘rganilgan oldingi darajasida chet tili bo‘yicha imtihon natijasi bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
41. Mustaqil izlanuvchilarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek ularga ilmiy va o‘quv-metodik yordam berish maqsadida mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda ularning etakchi olimlardan ilmiy konsultantlari belgilanadi.
42. Mustaqil izlanuvchilar ular rasmiylashtirilgandan keyin bir oy muddatda ilmiy rahbar bilan kelishgan holda oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashiga doktorlik dissertatsiyasini tayyorlashning yakka tartibdagi ish rejaslarini tasdiqlash uchun taqdim etadilar.
43. Izlanuvchilarning dissertatsiyalari mavzulari ular rasmiylashtirilgandan keyin uch oy mobaynida oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida tasdiqlanishi kerak.
44. Ilmiy konsultant tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy-metodologik dasturining o‘quv rejasini ishlab chiqadi. O‘quv rejasi ham mustaqil izlanuvchi rasmiylashtirilgandan keyin bir oy muddatida oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
Nazariy-metodologik dastur ushbu fan bo‘yicha umumiy konsepsiyani hamda ilmiy-tadqiqotlarning metodologiyasi, nazariy asoslari va usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy dastur mustaqil izlanuvchi tomonidan ilmiy konsultant yordamida o‘qishning birinchi yili mobaynida o‘zlashtiriladi.
Keyingi yillarda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Malaka o‘quv dasturlari mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi.
45. Mustaqil izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlariga o‘quv yuklamasi xajmi xaftasiga 12 soatni tashkil etadi, undan – ko‘pi bilan 4 soat auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilishi mumkin.
46. mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish tartibi ushbu Nizomning 34-bandi talablariga o‘xshash.
Monitoring yakunlari oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining tegishli ilmiy kengashlarida ko‘rib chiqiladi. Kengashlarning tavsiyasi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ilmiy konsultantlar faoliyatini nazorat qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasiga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
YAkka tartibdagi rejalarni muntazam ravishda bajarmaydigan va oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ichki qoidalarini buzuvchi mustaqil izlanuvchilar izlanuvchilikdan chetlatilishi mumkin.
47. YAkka rejalarni muvaffaqiyatli bajargan va mutaxassislik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, chet tili, shuningdek fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirgan mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qo‘yiladilar.
Mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha OAKning tegishli talablariga javob beradigan miqdorda e’lon qilingan ilmiy ishlarga ega bo‘lishi kerak. SHu bilan birga, ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davrida kamida 300 soat hajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.
48. Ilmiy konsultantlar tomonidan oliy ta’lim muassasasida mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash ularning o‘quv yuklamasi umumiy hajmiga kiritiladi va xar oylik asosida har bir izlanuvchi uchun bir yilga 50 soat hisobidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ushbu muassasalarning byudjetidan tashqari mablag‘laridan haq to‘lanadi.
Ilmiy tadqiqot muassasasida ilmiy konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar bilan mehnatiga haq to‘lash har oylik asosida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning qonun xujjatlarida belgilangan tartibda har bir izlanuvchiga bir yilda 50 soat hisobidan ushbu muassasalarning byudjetdan tashqari mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Ilmiy konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar - xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan mehnatga haq to‘lash o‘qishga tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
49. Katta ilmiy xodim –izlanuvchi sifatida o‘qigan, biroq dissertatsiya himoya qilmagan shaxsga mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga ruxsat berilmaydi.
50. Bir necha oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida bir vaqtning o‘zida mustaqil izlanuvchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.
VI. To‘lov - kontrakt asosida oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish
51. Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish qonun xujjatlariga va\yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qabul kvotalaridan ortiqcha to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
52. To‘lov-kontrakt asosida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshirishda shu jumladan ilmiy konsultantlar mehnatiga haq to‘lash, tadqiqotlar va eksperimentlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga oluvchi o‘qish uchun haq to‘lash miqdori, shuningdek uni to‘lash tartibi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma bilan belgilanadi. SHartnomada, shuningdek katta ilmiy xodimlar-izlanuvchining lavozimi maoshini va o‘qish uchun haq to‘lash miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan ular bilan bog‘liq ijtimoiy ajratmalar bilan birgalikda qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
VII. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi xujjat
53. Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim talablarini bajargan va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda davlat namunasidagi fan doktori diplomi beriladi.
54. Fan doktorlarining ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etgan holda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashdagi ishtiroki ularning ilmiy-pedagogik va jamoat faoliyatining muhim jihati sifatida qaraladi va hisobga olinadi.
Ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga ilova
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish rejalashtirilayotgan ___________
________________________________________________________ da ishlovchi
(oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining nomi)
______________________________________ mutaxassisligi bo‘yicha fan doktorlari to‘g‘risida
(mutaxassislik shifri va nomi)
M A ‘ L U M O T L A R
F.I.O.
|
Tug‘ilgan yili
|
Mutaxassislik shifri
va nomi, doktorlik
dissertatsiya
nomi
|
Ilmiy darajasi, unvoni
|
Ish joyi va lavozimi
|
Oxirgi 5 yilda mutaxassislik bo‘yicha asosiy ilmiy ishlar (monografiyalar, maqolalar) ro‘yxati
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Rahbar ___________________ ________________________
(imzo) (F.I.O,)
M.O‘.
Sana “______” yil “_____”__________________
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi
Nizomdan (2012 y.) ko‘chirma
21. Katta ilmiy xodim- izlanuvchi ilmiy konsultant bilan birgalikda dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqadi va u oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi.
22. Ilmiy konsultant tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy – metodologik kursining o‘quv rejasini ishlab chiqadi va u ham oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi.
Nazariy-metodoligik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasini va masalalarini, fan bo‘yicha nazariy asoslarini va ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur katta ilmiy xodim-izlanuvchi tomonidan o‘qishning birinchi yili mobaynida ilmiy konsultantning yordamida o‘zlashtiriladi.
23. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus bilimlarini oshirish maqsadida o‘qishning keyingi yillarida oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan fan sohalariga ko‘ra OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Malaka o‘quv dasturlari katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi.
24. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlariga yuklama hajmi xaftasiga 36 soatni tashkil etadi, undan – ko‘pi bilan 12 soat auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilishi mumkin.
25. Katta ilmiy xodim-izlanuvchiga o‘qishga qabul qilingan kundan boshlab fan nomzodi darajasiga ega bo‘lgan katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda lavozim maoshi belgilanadi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilish kvotalari asosida tayyorlangan xarajatlar smetasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ta’lim olish bo‘yicha oliy o‘quv yurtida, fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasasiga belgilangan tartibda tegishli mablag‘lar ajratadi. Ushbu mablag‘lar hisobiga ta’lim oluvchilarga belgilangan tartibda lavozim maoshlarining tegishli to‘lovlari amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Milliy xavfsizlik xizmatining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning moddiy ta’minoti xarbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
27. O‘qishga qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga qonun xujjatlariga muvofiq haqi to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi. Tegishli xujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.
28. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar mutaxassislik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, chet tili, shuningdek fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha mutaxassislikka muvofiq bo‘lgan ikki fan bo‘yicha imtihonlarni topshirganlaridan keyin doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga qo‘yiladilar.
29. Doktorlik dissertatsiyasini o‘qish muddati tamom bo‘lishidan kamida 6 oy muddatidan oldin himoya qilgan shaxslarga oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravari miqdorida mukofot to‘lanadi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi
Nizomdan (2012 y.) ko‘chirma
34. katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
a) o‘qishning birinchi yilida:
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola e’lon qilinganligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferensiyada yoki seminarda (davra suhbatida) ma’ruza bilan chiqish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha seminarda so‘zga chiqish (rahbar bilan birgalikda);
b) o‘qishning ikkinchi yilida:
mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida ikkita ilmiy maqola e’lon qilinganligi;
dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida ikkita tezis mavjudligi;
dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda);
konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot;
v) o‘qishning uchinchi yilida:
mutaxassislik bo‘yicha nazariy kursdan o‘tish;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida uchta ilmiy maqola e’lon qilinganligi (ulardan biri – chet elda);
dissertatsiya ishi materiallari bo‘yicha kamida uchta tezis mavjudligi (ulardan biri- chet elda);
dissertatsiya ishi natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish (mustaqil ravishda);
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);
yakka tartibdagi rejaning bajarilishi to‘g‘risida hisobot;
OAK talablariga muvofiq e’lon qilingan ilmiy ishlar mavjudligi;
OAK talablariga muvofiq tayyorlangan dissertatsiya ishi.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha OAK ning tegishli talablariga javob beradigan miqdorda e’lon qilingan ilmiy ishlariga ega bo‘lishi kerak. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davrida kamida 300 soat hajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.
35. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar yakka tartibdagi rejalar bajarilmaganda, oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ichki tartibi va qoidalari buzilganda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar lavozimidan ozod etilishlari mumkin. Ushbu sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga tiklanmaydi.
36. Muntazam ravishda (qatorasiga ikki marta) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha tegishli kengashlarga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tomonidan dissertatsiya ishlari o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlamagan ilmiy konsultantlar oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy maslahat berishdan chetlatiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son “Axborotlashtirish sohasida normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Davlat organining rasmiy saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar”:
(4.2) YAngiliklar:
(4.3) Fan doktorli ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (seminarlar) to‘grisidagi ma’lumotlar bo‘limi:
a) Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash koshidagi ilmiy seminar tarkibi:
Do'stlaringiz bilan baham: |