IV. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qishni tashkil etish
11. Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar o‘qishning birinchi yilida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va metodologik dasturni o‘zlashtiradilar.
Mutaxassisliklar bo‘yicha nazariy –metodik dasturlar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy maslahatchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Nazariy-metodik dastur umumiy konsepsiyani va metodologiya masalalarini, nazariy asoslarni hamda ushbu fan bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga olishi shart.
O‘qishning keyingi yillarida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus bilimlarini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan fan soxalariga ko‘ra Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Malaka o‘quv dasturlari katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladi.
Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yuklama xajmi xaftasiga 36 soatni tashkil qiladi, ulardan 12 soatdan ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlariga ajratiladi. Mustaqil izlanuvchilar uchun o‘quv yuklamasi xajmi xaftasiga 12 soatni tashkil qiladi, ulardan 4 soatidan ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratiladi.
12. Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilarning va mustaqil izlanuvchilarning sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shuningdek ularga ilmiy va o‘quv metodik yordam ko‘rsatish maqsadida ular faol ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi, shu jumladan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyixalarni amalga oshirishda qatnashuvchi fan doktorlari jumlasidan konsultantlarga birkitiladi.
13. Katta ilmiy xodim- izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasini himoya qilguncha:
O‘zbekistonning yangi tarixi, chet tili, shuningdek fan soxalariga ko‘ra Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan aniqlanadigan fanlar bo‘yicha imtihon topshirishi;
dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida, seminarlarida va davra suhbatlarida aprobatsiya (muhokama) qilinishini ta’minlashi, shuningdek dissertatsiyaning asosiy natijalarini aks ettiradigan, soni Oliy attestatsiya komissiyasi talablariga muvofiq bo‘lgan chop qilgan ilmiy maqolalarga ega bo‘lishi kerak.
katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilguncha, shuningdek o‘qishning butun davri davomida ta’lim muassasalarida kamida 300 soat xajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
14. Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish katta ilmiy xodim – izlanuvchi va mustaqil izlanuvchi tanlovi bo‘yicha o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
V. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlarga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari
quyidagilar oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan doktorlari) tayyorgarligining zarur va etarli darajasini ta’minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi:
fan va texnika rivojlanishiga, muhim ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy muammoni hal etishga yoxud fanning tegishli tarmog‘ida istiqbolli yo‘nalishni rivojlantirishda yangi yirik yutuq, joriy etilishi fan va texnika rivojlanishiga muhim xissa qo‘shadigan ilmiy asoslangan texnik, iqtisodiy yoki texnologik echimlarga ulushni ta’minlaydigan ixtirolarga va seleksiya yutuqlariga muallif (xammuallif) bo‘lish;
fanning tegishli soxasi rivojlanishi konsepsiyasining moxiyati va mazmunini chuqur bilish, mutaxassislik bo‘yicha asosiy bilimlarni puxta egallash, maqsad va vazifalarni, fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini bilish va tushunish;
tadqiqotlarning umumilmiy va aniq tarmoq metodologiyasini egallash, muammoni malakali aniqlash va asoslash, ilmiy ma’lumotlar va materiallarni taxlil qilish, tizimlashtirish va umumlashtirish, zaruriyat bo‘lganda eksperimental tadqiqotlar olib borish qobiliyatiga ega bo‘lish;
tadqiqotlar natijalariga asoslanib muammoning moxiyatini bilimdonlik bilan bayon qilish, ilmiy xulosalar va tavsiyalarni aniq va lo‘nda shakllantirish;
ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida jaxon fan va texnikasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni maqsadli izlash va ularning natijalarini puxta ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
tegishli davlat, tarmoq ilmiy-texnika dasturlari va boshqa tadbirlar loyixalarini ishlab chiqishda, ularning monitoringini olib borishda va ularni amalga oshirishda faol qatnashish;
bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha pedagogik faoliyatda faol qatnashish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
16. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya yuqori malakali ilmiy ish bo‘lishi, unda muallif tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar va yaratilgan ishlanmalar asosida muhim ijtimoiy-iqtisodiy va dolzarb ilmiy yoki amaliy muammolar hal etilishi yoki ilm-fan tegishli tarmog‘ining istiqbolli yo‘nalishini rivojlantirish uchun mufyyan yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lishi yoki joriy etilishi ilm-fanning, texnikaning, ijtimoiy-siyosiy sohaning yoki iqtisodiyot tarmog‘ining rivojlanishiga salmoqli xissa qo‘shadigan echimlar ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida
N I Z O M
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ushbu Nizomga muvofiq katta ilmiy xodimlar va uch yilgacha muddat mobaynida mustaqil izlanuvchilik instituti shaklida amalga oshiriladi.
3. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlari fan va texnikaning muhim tarmoqlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlarida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish maqsadida etakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida ochiladi.
4. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga va to‘lov-kontrakt asosida (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) amalga oshiriladi.
5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinayotgan bakalavr mutaxassisligi yo‘nalishi, magistr va fan nomzodi mutaxassisligi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim mutaxassisligi tegishli bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Mutaxassisliklar mos kelmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni fanning turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK)ning ruxsatini olishlari kerak.
Doktorlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish va uni himoya qilish katta ilmiy xodim-izlanuvchi yoki mustaqil izlanuvchining tanloviga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud OAK bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
II. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning tashkiliy asoslari
6. Oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasai Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, Fanlar akademiyasiga yoki o‘zlari tizimiga kiradigan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida murojaat qiladi.
Murojaat bilan birgalikda oliy ta’lim muassasasi kengashining yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining tegishli qarori, shuningdek ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar instituti ochilishi rejalashtirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi fan doktorlari to‘g‘risidagi kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar taqdim etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi tasarrufida bo‘lgan vazirliklar, idoralar tashkilotlar murojaat tushgan va barcha zarur xujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish yoki ochishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar. Qabul qilingan qaror o‘n kun muddatda tegishli oliy ta’lim muassasasiga va ilmiy-tadqiqot muassasasiga yuboriladi. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish to‘g‘risidagi ijobiy qarorning nusxasi axborot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Davlat test markaziga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi xuzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga ham yuboriladi.
Mustaqil izlanuvchilik instituti katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar instituti ochilgan oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi huzurida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, ushbu oliy ta’lim muassasalari va ilmiy- tadqiqot muassasalari tizimiga kiradigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning qarori bilan tashkil etiladi. Mustaqil izlanuvchilik institutlarini tashkil etish katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini tashkil etish tartibi singari tartibda amalga oshiriladi. (bunda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan fan doktorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni takroran taqdim etish talab qilinmaydi).
7. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi respublika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
III. Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilarni o‘qitishni tashkil etish
8. Har yili 1 maygacha olimlar-faol ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan, shu jumladan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyixalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan fan doktorlari (keyingi o‘rinlarda etakchi olimlar deb ataladi) tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining tavsiya etiladigan mavzulari ishlab chiqiladi, mavzular oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida ularning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Har yili 1 maygacha olimlar-faol ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan, shu jumladan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyixalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan fan doktorlari (keyingi o‘rinlarda etakchi olimlar deb ataladi) tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining tavsiya etiladigan mavzulari ishlab chiqiladi, mavzular oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida ularning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
9. Tavsiya etiladigan doktorlik dissertatsiyalari mavzulari oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘zlari tizimiga kiradigan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan kelishiladi, keyinchalik ushbu mavzular 15 maygacha bo‘lgan muddatda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi 1 iyungacha bo‘lgan muddatda taqdim etilgan mavzularni ularning davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiqligi yuzasidan qo‘rib chiqadi, keyinchalik ularni doktorlik dissertatsiyalari mavzularining tavsiya etilayotgan ma’lumotlar bazasiga kiritadi. Tavsiya etilayotgan doktorlik dissertatsiyalari mavzularining ma’lumotlar bazasi har bir mavzu bo‘yicha mavzuni ishlab chiqqan fan doktorining familiyasi, ismi, otasining ismi va ish joyi ko‘rsatilgan holda Qo‘mitaning Internet-sahifasida e’lon qilinadi.
Zaruriyat bo‘lganda, Qo‘mita bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning takliflari asosida dissertatsiya ishlari mavzulari o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
10. Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar instituti shaklida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish uchun talabgorlar ma’lumotlar bazasidan doktorlik dissertatsiyalari mavzularini tanlashlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruzani tayyorlashlari va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasini tayyorlashlari zarur.
Talabgorda doktorlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha o‘zining takliflari mavjud bo‘lgan taqdirda, u tegishli oliy ta’lim muassasasi kengashiga yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashiga murojaat qiladi. Oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi mavzuni fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi yuzasidan bir oy muddatda ekspertizadan o‘tkazadi, mavzuni tegishli ravishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘zlari tizimiga kiradigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan kelishib oladi hamda katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar institutiga xujjatlar qabul qilish e’lon qilinishi muddatigacha kamida bir oydan kechikmasdan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga dissertatsiya ishi mavzusini ma’lumotlar bazasiga kiritish to‘g‘risida taklif yuboradilar.
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 1 iyungacha bo‘lgan muddatda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga keyingi yildan boshlab katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni davlat byudjet mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotasi bo‘yicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar.
12. oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bo‘yicha har yilgi qabul kvotasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi va iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi va 1 iyuldan kechikmasdan tegishli ravishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuboriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ajratilgan kvotalarni idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari va tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimlaydi. Taqsimlangan kvota tegishli oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy- tadqiqot muassasalariga 1 avgustgacha bo‘lgan muddatda etkaziladi.
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tasdiqlangan qabul kvotasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yilga byudjet byurtmanomasini taqdim etadi.
13. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari qabul kvotalariga muvofiq har yili 1 sentyabrdan kechikmasdan, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida o‘qish uchun talabgorlarning xujjatlarini qabul qilish to‘g‘risidagi xujjatlarni qabul qilish muddatlarini, talab qilinadigan xujjatlar va topshiriladigan imtihonlar ro‘yxatini, o‘qitish haqini to‘lash shartlarini (byudjetdan moliyalashtirish, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish) va boshqa zarur shartlarni ko‘rsatgan holda ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi.
Xujjatlar 15 oktyabr – 15 noyabr davrida qabul qilinadi.
14. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida o‘qishga talabgorlar oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasiga quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi yoki Milliy xavfsizlik xizmati ta’lim muassasasining magistratura diplomiga tenglashtirilgan diplomi yoxud fan nomzodi diplomi yoki magistr darajasi joriy qilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida uchta), ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlariga fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotining asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan tezislar (kamida ikkita) ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan test sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK xujjatining nusxasi;
etakchi olimlardan birining uning ilmiy konsultant sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi. Bunda tavsiya etilgan mavzular bazasidan tanlab olingan mavzu bo‘yicha, qoidagi ko‘ra, ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq ushbu mavzuni taklif etgan etakchi olim ilmiy konsultant bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli xujjat nusxasini taqdim etadilar.
15. Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida rektor (direktor) raislik qiladigan qabul komissiyasi tashkil etiladi. Qabul komissiyasi a’zolari o‘qitish mutaxassisliklari bo‘yicha etakchi olimlardan rektor (direktor) tomonidan tayinlanadi.
16. Katta ilmiy xodim – izlanuvchi sifatida o‘qish uchun kirayotgan shaxslar mutaxassislik, O‘zbekiston tarixi, fanning bilish nazariyasi va metodologiyasi hamda falsafa, fan metodologiyasi, chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til bo‘yicha) va mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Kirish imtihonlari savollari qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib chiqib tuziladi va ular oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Fanning tegishli yo‘nalishi bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan talabgorlar kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadilar.
Kirish imtihonlari 1-20 dekabr davrida bo‘lib o‘tadi.
17. Qabul komissiyasi 22 dekabrgacha bo‘lgan muddatda kirish imtihonlari natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib katta ilmiy xodimlar institutiga qabul qilinganlarni tanlaydi.
Bir necha talabgorlarning kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plangan yakuniy ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stependiyalari sohiblariga;
tegishli mutaxassislik bo‘yicha a’lo baholi diplomga ega bo‘lganlarga;
mutaxassislik bo‘yicha imtihon natijalariga ko‘ra ko‘p ball to‘plaganlarga;
ixtiroga yoki seleksiya yutug‘iga (shu jumladan xammualliflikda) patentga ega bo‘lganlarga ustunlik beriladi.
18. Tanlash natijalari qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va bir kun muddatda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining tasdiqlashi uchun kiritiladi. Bunda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan bir vaqtning o‘zida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutiga kirganlarning doktorlik dissertatsiyasi mavzulari tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan doktorlik dissertatsiyalari mavzulari “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilinishi shart.
19. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni qabul qilish oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbarining tegishli kengashlarning tanlash natijalarini va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori asosida 25 dekabrgacha chiqariladigan buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Bunda yangidan qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar faoliyati ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq keyingi yilning 1 yanvaridan boshlanadi.
O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda ilmiy konsultantlar ham belgilanadi.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar o‘qishga qabul qilish va ularning tasdiqlangan mavzulari to‘g‘risidagi ma’lumot oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy- tadqiqot muassasasi tomonidan Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasiga, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga joriy yilning 31 dekabrigacha taqdim etiladi.
20. Ilmiy konsultant bir vaqtning o‘zida 3 nafardan ko‘p bo‘lgan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin emas.
21. Katta ilmiy xodim- izlanuvchi ilmiy konsultant bilan birgalikda dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqadi va u oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi.
22. Ilmiy konsultant tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy – metodologik kursining o‘quv rejasini ishlab chiqadi va u ham oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi.
Nazariy-metodoligik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasini va masalalarini, fan bo‘yicha nazariy asoslarini va ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur katta ilmiy xodim-izlanuvchi tomonidan o‘qishning birinchi yili mobaynida ilmiy konsultantning yordamida o‘zlashtiriladi.
23. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus bilimlarini oshirish maqsadida o‘qishning keyingi yillarida oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan fan sohalariga ko‘ra OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Malaka o‘quv dasturlari katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi.
24. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlariga yuklama hajmi xaftasiga 36 soatni tashkil etadi, undan – ko‘pi bilan 12 soat auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilishi mumkin.
25. Katta ilmiy xodim-izlanuvchiga o‘qishga qabul qilingan kundan boshlab fan nomzodi darajasiga ega bo‘lgan katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdogiga tenglashtirilgan miqdorda lavozim maoshi belgilanadi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilish kvotalari asosida tayyorlangan xarajatlar smetasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ta’lim olish bo‘yicha oliy o‘quv yurtida, fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasasiga belgilangan tartibda tegishli mablag‘lar ajratadi. Ushbu mablag‘lar hisobiga ta’lim oluvchilarga belgilangan tartibda lavozim maoshlarining tegishli to‘lovlari amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Milliy xavfsizlik xizmatining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning moddiy ta’minoti xarbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
27. O‘qishga qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga qonun xujjatlariga muvofiq haqi to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi.
Tegishli xujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.
28. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar mutaxassislik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, chet tili, shuningdek fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha mutaxassislikka muvofiq bo‘lgan ikki fan bo‘yicha imtihonlarni topshirganlaridan keyin doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga qo‘yiladilar.
29. Doktorlik dissertatsiyasini o‘qish muddati tamom bo‘lishidan kamida 6 oy muddatidan oldin himoya qilgan shaxslarga oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravari miqdorida mukofot to‘lanadi.
30. Ilmiy konsultantlar tomonidan oliy ta’lim muassasasida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar bilan olib borilgan ish har bir katta ilmiy xodim- izlanuvchi uchun bir yilda 100 soat hajmida ularning umumiy o‘quv soatlariga kiritiladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasasida ilmiy konsultantlarning katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar bilan mehnatiga haq to‘lash o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning qonun xujjatlarida belgilangan tartibda har bir izlanuvchiga bir yilda 100 soat hisobidan kelib chiqib fan tarmog‘i uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘laridan har oylik asosida amalga oshiriladi.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar – xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan ilmiy konsultantlar mehnatiga haq to‘lash o‘qish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Dissertatsiya ishini o‘qish muddati tamom bo‘lishidan kamida 6 oy muddatidan oldin himoya qilgan katta ilmiy xodim-izlanuvchining ilmiy konsultantiga oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining byudjetdan tashqari malag‘lari hisobiga eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravari miqdorida mukofot to‘lanadi.
32. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning o‘qish muddati ular ishining umumiy stajiga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |