Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika



Download 0,62 Mb.
bet39/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   234
Bog'liq
китоб

4) mustahkamlik - bilimni tushunarli tilda qayta-qayta
takrorlash yo‘li bilan berish;
5) tushunarhlik - bilimni hammaga tushunarli va hammabop
qilib berish;
6) ilmiylik - bilimni bolalarda avvaldan mavjud bilimlarga
berish;
7) nazariya va amaliyot birligi - bilim berishda nazariy
bilimlaming amaliyotda ishlashini, ya’ni uni hayot bilan, amaliyot
bilan bog‘liqdigini ko‘rsatib berish.
Bu tamoyillar pedagogik jamoatchilik tomonidan umumiy
tamoyillar
deb qabul qilingan.
Onglilik va faollik tamoyili. Bu tamoyil asosida ilm tomonidan
aniqlangan, insonning haqiqiy bilim egallashi uchun, u - bu
bilimlarni chuqur anglab yetgan holda aqliy quwatini intensiv
ishlatishi natijasida yetishi mumkin, degan qonuniyat yotadi.
Bilimlarni anglaganlik holati quyidagi omillardan kelib chiqadi:
o‘qishning sababi; talabaning bilish faolligi darajasi; o‘quvchi va
talabalaming bilish faolligining boshqarilishi va bilim berishni
85
tashkil qilish hamda boshqa omillar. Talabaning shaxsiy bilish
faolligi bilib olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Onglilik tamoyilini amaliyotda qoilash quyidagi qoidalarga
rioya qilishni taqozo etadi:
1. Bu bilimning hayotdagi zarurligi va ahamiyatini talabayoshlarga tushuntirib, uning istiqbolini ravshan qilib ko‘rsatib
berish yoii bilan, taiim oJuvchilarda aniq maqsad va vazifalami
shakllantirish qoidasi.
2. Talabalarga qanday y o i bilan bilim olishni tushuntirib,
ularda shunday ishonch hosil qilish kerakki, ular hech qachon
olinadigan bilimni chuqur anglab yetmay mexanik holda
egallamasinlar.
3. 0 ‘qitganda barcha bilish shakllaridan: tahlil va sintez;
deduktiv va induktiv; taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yish va
hokazolardan foydalanish qoidasi.
4. Bolalardagi mavjud bilim va ko‘nikmalariga tayanib,
obrazli taqqoslash usulidan foydalanib, har bir so‘z va gapning tom
ma’nosini oehib berish qoidasi.
5. 0 ‘quvchilaming о‘zaro o‘qitish kuchidan unumli foydalanib, qo‘yilgan savollarga jamoa boiib javob topish qoidasi.
6. Bugungi faol talaba, ertangi faol ishchi va xizmatchi
ekanligini yaqqol bilgan holda, ulami faollashtirishga hech qanday
kuchni ayamaslik qoidasi.
7. Bolalardagi mavjud bilimlar bilan berilayotgan bilim
orasidagi mantiqiy bogianish yo‘q joyda onglilik boimasligini
esda tutgan holda, ulaming aqli yetmay turgan joylami, ulardagi
bor bilim bilan mantiqiy bogiab berish qoidasi.
8. 0 ‘quv fanini hech qachon dars markaziga qo‘ymay, dars
markazida doimo o‘quvchi turishini, uning shaxsi shakllanayotganini bilgan holda talabaga taiimiy ta’sir o‘tkazish qoidasi.
9. Talabalar fikrini, hayot bilan nazariy bilimlar orasidagi
farqlar borligiga qaratish yoii bilan, ulaming tafakkurini
faollashtirish qoidasi.
10. 0 ‘qitish jarayoni yanada muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, har
bir tushuncha berilganidan keyin, uni bir necha misollar bilan
mustahkamlash qoidasi.
86
11. 0 ‘qitilayotgan fanda asosiy va ikkinchi darajali joylarini
ajratish yo‘li bilan, talabalarda berilgan bilim ichidagi asosiy
o‘rinlarmi ajrata olishga o'rgatish qoidasi.
12. Hech qachon quruq obro‘ga tayanib o‘qitmay, faqat aql va
hissiyotdan kelib chiquvchi dalillarga tayanib o‘qitish qoidasi.
13. Bolalarni o‘qishga o‘rgatish qoidasi.
14. Ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi ichki
va tashqi omillami doimo bartaraf etib borish qoidasi.
15. Talabalarga «nega?» degan savolni tinmay berish yo‘li
bilan, ularda sabab va oqibat orasidagi bog‘lanishni bildirib borish
qoidasi.
16. Berilayotgan bilimning to‘g‘riligiga, bolalarda hech
qanday shubha-gumon qolmasligi va uni esdan chiqmasligi uchun
bilimni asos va dalillar bilan berish qoidasi.
17. Haqiqiy bilimga ega bo‘lgan deb, uni qaytarib aytib
berganga emas, balki bu bilimni amaliyotda qo‘llay olganga
aytiladi, degan qoida.
18. Doimo talabalar qiziqish va ehtiyojlarini o‘rganib borib,
ularni jamiyat ehtiyojiga moslashtirib borish.
19. Bolalardagi kuzatuvchanlikni rivojlantirib, hayotdagi
voqeliklami ilmiy asoslab berish yo‘Ii bilan ularda onglilikni kamol
toptirish qoidasi.
20. Talabalarga shunday bilim berish kerakki, bu bilimlar
ularda qat’iy ishonch hosil qilib, harakat uchun dastur vazifasini
o‘tash qoidasi.
21. Hech qachon o‘qituvchi aytganlarini qaytarish, birovlardan
ko‘chirish va aytib turish hollariga yo‘l qo‘ymaslik bilan, o‘quvchitalabalami mustaqil fikrlashga va harakat qilishga o‘rgatish qoidasi.
22. Berilayotgan bilimni har tomonlama tahlil qilib berish
yo‘li bilan bolalarda ijodiy tafakkumi rivojlantirish qoidasi.
23. Talabalarni faollashtirish va rag‘batlantirish uchun doimo
savollar berib, ularga javobni chidam bilan tinglash qoidasi.
Ko‘rgazmalilik tamoyili. Bu eng hammaga ma’lum va
tushunarli bo‘ladigan tamoyillardan biri boiib, u qadimiy
zamonlardan qo‘llanilib kelingan. Buning asosida quyidagi
qonuniyatlar yotadi: birinchidan, ko‘rish va eshitish orqali olingan
87
axborotlar miyaga turlicha ta’sir etib, turlicha xotirada saqlanadi.
Qisqacha qilib aytganda, ko‘z bilan ko‘rganda quloq bilan
eshitgandagiga nisbatan besh barobar ko‘p axborot olinib, uning
miyada saqlanish darajasi ham yuqori. Ikkinchidan, ko‘zdan borgan
axborot qayta ishlashga muhtoj emas.
Ta’lim amaliyoti bu tamoyilni amalga oshirishning bir qator
qoidalarini ishlab chiqqan.
1. 0 ‘qitish jarayonida, ko‘rgan narsa eshitganga nisbatan bir
necha barobar tez o‘zlashtirilib, uzoq muddatga esda saqlanib
qolishligini doimo yodda tutish qoidasi.
2. Bolalar shakl, rang, his qilish va tovush orqali fikr
yuritishlarini bilish qoidasi.
3. 0 ‘quvchilarning, kishi nimaiki narsani tasavvuriga keltirish mumkin boisa, ko‘ra olsa, eslab ko‘rsa, eshita olsa tafakkur
qilinadi degan oltin qoidasini bilish.
4. Hech qachon ko‘rgazmani asosiy maqsad qilib olmaslik,
ko‘rgazma maqsad emas, maqsadga yetish vositasi sifatida bilish
qoidasi.
5. Bilim berish va bu bilimlami bolalar ko‘nikmasiga aylantirish jarayonida, barcha tushuncha va mavhumliklar, ular tafakkuriga faqat asos, dalil, misol, timsol va qiyofalar orqali tez yetib
borishini anglash qoidasi.
6. Ko‘rgazmalardan, faqat narsalami ko‘rsatish uchun foydalanmay, ulardan muammoli vaziyatlami shakllantirishda ham
foydalanish qoidasi.
7. Ko‘rgazma faqat axborot beribgina qolmay, o‘rganilayotgan narsa va hodisa to‘g‘risida to‘g‘ri tasawur hosil qilishligini
bilish qoidasi.
8. Ko‘rgazmani ko‘rsatayotganda ma’lum bir tartib bilan
ko‘rsatish yaxshi natija berishini tushunib yetish qoidasi.
9. Ko‘rgazmam ko‘rsatayotganda awal butunlay, so‘ng
ulami qismlarga boiib ko‘rsatib, undan keyin у ana butunlay
ko‘rsatishga e’tibor berish qoidasi.
10. Turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanish yaxshi, ammo
ulaming miqdori haddan ziyod boiib ketsa, bolalar hayolim yoyib
yuborishligini bilish qoidasi.
88
11. Ko‘rgazmani ko‘rsatayotganda bolalarning awaldan
egallagan hissiy bilimlaridan unumli foydalanish qoidasi.
12. Eng yaxshi ko‘rgazma bolalar o‘zi tayyorlagan ko‘rgazma
ekanligini bilgan holda ko‘rgazmani iloji boricha bolalar bilan birga
tayyorlash qoidasi.
13. 0 ‘zingiz yaxshi bilmagan narsani hech qachon bolalarga
ko‘rsatmaslik qoidasi.
14. Yangi texnik vositalar — o‘quv televideniyasi, video,
kompyuter va boshqalardan foydalanilayotganda, awal o‘qituvchining o‘zi uni yaxshi o‘zlashtirib olishlik qoidasi.
15. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanilayotganda, bolalar
diqqatini, fikrlash madaniyatini, konstruktiv fikrini va o‘qishga
qiziqishini tarbiyalash qoidasi.
16. Ko‘rgazmani, nazariy bilimni hayot bilan bog‘lashda
foydalanish qoidasi.
17. Kabinet tizimidan foydalanilayotganda ko‘rgazma
usulidan foydalanish imkoni kengayadi, shuning uchun
ko‘rgazmalami ko‘rsatish tartibini albatta rejalashtirish qoidasi.
18. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanilayotganda, bolalarning
yosh xususiyatlaridan kelib chiqish qoidasi.
19. Ko‘rgazma juda ham kuchli ta’sir etuvchi vosita bo‘Iib, u
bolalar hayolini o‘ziga qattiq jalb qilib, dars mavzuining asosiy
maqsadidan chalg‘itishi mumkinligini anglash qoidasi.
20. Ko‘rgazmadan haddan ziyod foydalanish, bolalarda
abstrakt tafakkur rivojiga to‘siq ham boiishi mumkinligini bilish
qoidasi.
Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili. Bu tamoyil quyidagi
obyektiv qonuniyatlarga suyanadi:
- inson, faqat tashqi dunyoni o‘z tafakkurida aniq aks
ettirgandagina, haqiqiy va faol bilimlarga ega bo‘la oladi;
- kishi tafakkurida ilmiy bilimlar tizimini shakliantirishining
asosiy usuli, maqsadga yo‘naltiriigan rasmiy ta’limning tashkil
qilinishi;
- rasmiy ta’limning tashkil qilinish tartibi, o‘quvchilar
imkoniyati va beriladigan bilimning ichki mantiqiy tuzilishidan
kelib chiqqanligi;
89
- bilim berish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi tufayli, bilim berish samarasi, bu bosqichlar orasidagi
vaqtning qanchalik qisqa boiishligiga bog‘liq, bosqichlar orasidagi masofa vaqt jihatdan haddan oshib ketsa, bilim berish samara
bermaydi;
- agar bilim va uning negizida shakllangan ko'nikmalar mashq
orqali takrorlanib turilmasa, bilim va ko‘nikma yo‘qolib ketadi;
- bolalami mantiqiy fikrlashga o‘rgatilgan boimasa, ular
doimo fikr yuritishda qiyinchiliklarga duch keladilar;
- o‘qitishda tizimlilik va muntazamlikka amal qilinmasa,
ta’lim-tarbiya jarayoni susayadi.
Pedagogik amaliyotda bu tamoyilning ishlashi quyidagi
qoidalar orqali amalga oshiriladi.
1. 0 ‘quvchilar tomonidan bilimlar tizimi to‘liq o‘zlashtirib
olinishi uchun beriladigan bilimlami mantiqiy tugallangan bilim
boiaklariga ajratib o‘qitish.
2. Mazmunini to‘liq ochib berishga ko‘zingiz yetmagan bironbir savol va muammoni dars rejasiga kiritmaslik.
3. Mantiqiylikni hech qachon buzmaslik, buzilgan taqdirda
o‘zlashtirilmaslikning oldini olish uchun uni darrov bartaraf
etishlik.
4. 0 ‘quv fani - katta bir fanning kichraytirilgan modeli ekanini
tushuntirib, fanlararo bogiiqlikni ko‘rsatib berishlik.
5. Nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi to‘g‘ri ketayotganini
doimo tekshirib borishlik: o‘rganilayotgan obyekti, predmeti, nazariy asoslari, asosiy tushunchalari, nazariyasi va uning qoilanishi
chegaralarini doimo eslatib, ulaming bajarilishini tekshirish.
6. Doimo esda tutish lozimki, kunda eshitib, go‘yoki yaxshi
bilgan narsani tushuntirib, ilmiy asoslab berish qiyin boiadi.
Shuning uchun bolalardagi awalgi bilimlari va mantiq usullaridan
doimo foydalanish zarurligi.
7. Boshlang‘ich, umumta’lim va oliy taiim bosqichlaridagi
bilim mazmuni va uni berish usullari orasidagi muvofiqlikni
saqlash.
8. 0 ‘qitishning ilg‘or usullaridan doimo foydalanish.
90
9. 0 ‘qitishda tizimlilikni va muntazamlilikni saqlash uchun,
awal o‘tilgan bilimlami doimo qaytarib turish.
10. 0 ‘tgan bilimlami qaytarish usulidan, faqat dars boshida va
uni yakunlayotganda foydalanib qolmay, har bir bilimni
tushuntiri layotganda ham undan foydalanish.
11. 0 ‘tgan bilimlar bilan tez kirishib ketuvchi yangi gaplardan
boshqa yangi fikrlami bildirmaslik.
12. 0 ‘quvchilar til savodxonligini faqat til o‘qituvchilari
kuzatib boribgina qolmay, barcha o‘qituvchilar ham bu ishni
bajarishlari lozimligi.
13. Sabr va chidam bilan hamda uzluksiz ravishda bolalami
mustaqil fikr yuritishga va bilimlami mehnat qilib topishga
o‘rgatish.
14. Bolalarga o‘qishning istiqbolini doimo eslatib turish.
15. Har bir bo‘lim oxirida, albatta, umumlashtimvchi
mashg‘ulotlami amalga oshirish.
16. Bolalar javobida uchrab turadigan xatolami doimo tuzatib
borish.
17. Charchab qolgan bolalar faoliyatini hech qachon sun’iy
ravishda faollashtirishga harakat qilmaslik, faollashtirishda bolalar
jismoniy va aqliy imkoniyatidan kelib chiqish.
18. Bolalardan egallagan bilimiga ko‘nikma va malaka hosil
qilishni talab qilish.
19. Esda saqlash lozimki, majmuaga tushgan bilim esdan
chiqmaydi. Esdan chiqib qolsa, majmua orqali uni darrov esga
tushirish oson.
20. YA.A. Kamenskiyning - hamma narsa uzluksiz ketmaketlikda olib borilishi kerak, bugungi aytganlaringiz kechagisini
mustahkamlashi va ertangi aytganingizga yo‘l ochib berishi kerak
- degan nasihatini unutmaslik qoidasi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish