Pedagogik dasturiy vositalar. Asosiy tushunchalar: pedagogik dasturiy vositalaming umumiy ta’rifi, namoyish etuvchi
dasturlar, nazorat qiluvchi dasturlar» o'rgatuvehi dasturlar. dasturiy
vositalaming didaktik imkoniyatlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar,
avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi tizimlar, foydalanuvchi va
pedagogik-dasturiy vositalaming o‘zaro hamkorligini tashkil etish
metodlari. Pedagogik-dasturiy vositalar yaratish tamovillari:
talabalaming psixofiziologik xususiyatlarini va kompyuterning
texnik imkoniyatlarini hisobga olish, o‘qitish strategiyasining
ustuvorligi; pedagogik, psixologik va fimksional to‘lalik, motivatsiyali faollashtirishning ta’minlanganligi, qo‘llashdagi universallik
va modul tuzilishga egalik. Pedagogik-dasturiy vositalar ssenariyasini yaratish texnologiyasi: foydalanish maqsadini aniqlash,
o‘quv materiallarini tahlil qilish va tanlash, uni strukturalash va
formallashtirish, pedagogik ssenariyni taqdim etish. Pedagogikdasturiy vositalar asosida o‘quv faoliyatini boshqarish. Dasturlash
tillarida pedagogik-dasturiy vositalar yaratish texnologiyasi.
Avtomatlashgan o‘rgatuvchi tizimlar. 0 ‘qitish uchun axborot
resursiarining integratsiyasi: didaktik vositalaming uyg'unligi,
an’anaviy va pedagogik-dasturiy vositalardan kompleks foydalanish. Pedagogik-dasturiy vositalami yaratishning texnik vositalari. “Lektor” tizimi va undan pedagogik-dasturiy vositalami
yaratishda foydalanish. Pedagogik-dasturiy vositalar bo'yicha
praktikum.
Elektron o‘quv materiallarini yaratish texnologiyalari.
Elektron o‘quv materiallari va ulaming turlari: elektron darslik,
elektron o‘quv qo‘llanmasi, elektron ma’lumotnoma, elektron
472
majmua, elektron katalog va boshqalar. Elektron o‘quv
materiallarini yaratish bosqichlari va texnologiyasi; elektron o‘quv
materiallarini yaratish prinsiplari; HTML va JavaScript asosida
elektron o‘quv materiallarini yaratish. Zamonaviy dasturlash tUlari
asosida elektron o‘quv materiallarini yaratish (Delphi, Visual
Basic, C++ va boshqalar). PowerPoint va FrontPage muhitida
ilovalar yaratish. Hypermethod muhitida multimediali ilovalar va
elektron o‘quv materiallarini yaratish. 0 ‘quv materiallariga ovoz
berish texnologiyasi va uning vositalari.
0 ‘qitishning zamonaviy texnik vositalari. Audiovizual
axborot: manbalari, о ‘zgartiruvchilar, tashuvchilari. Audiovizual
madaniyat: tarixi, konsepsiyalari, tuzilmasi, faoliyat ko‘rsatishi.
Inson tomonidan audiovizual axborotni qabul qilishning
psixofiziologik asoslari. Audiovizual texnologiyalar: rasm va
rasmga olish, optik proyeksiya (statik va dinamik) va uning
vositalari, tovush yozish (analogli va raqamli) va uning vositalari,
televideniye va videoyozuv (analogli va raqamli) va uning
vositalari, kompyuterlar va multimediali vositalar. 0 ‘qitishning
audiovizual texnologiyalari: tele va videokonferensiyalar, ulami
tashkil etish, audio, video va kompyuterli o‘quv qoilanmalari,
audio, video va kompyuterli materiallaming banki, audio, video, va
kompyuterli o‘quv qo‘llanmalarini yaratishning didaktik
prinsiplari. 0 ‘qitishning interaktiv texnologiyalari.
Mazkur kurs yakunida o‘qituvchilar zamonaviy axborot
texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida qo'ilay olish
bo‘yicha pedagogik mahoratlarini oshiradilar, bilim, ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘ladilar.
0 ‘qituvchilar masofaviy o‘qitish kurslarini yaratishda ta’lim
oluvchilar motivatsiyasi, o‘quv maqsadlarining qo'yilishi, o‘quv
materiallarini qabul qilishga shareitlar yaratish, o‘quv materiallarini yetkazish, teskari aloqa, baholash kabi talablami inobatga
olishlari zarur.
473
Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya
jarayonida qo‘liay olish bo‘yicha o‘qituvchilar pedagogik
mahoratning quyidagi ko‘nikma va malakalariga ega
___________________ bo‘lishIari kerak:_____ _____________
axborotlami saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qilish
tamoyillarini bilishi;___________________________________
ta’limda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnik vositalar va ulaming
tavsiflarini bilishi;_______________________________ ______
ta’lim jarayoni va ilmiy izlanishlarda Intemetdan foydalanishi;
ta’lim jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish
metodologiyasini bilishi;______ __________________________
dasturiy ta’mmotning asosiy turlarini bilish va ulardan
foydalanishi;___________________________________ _
fan sohasida ilmiy izlanishlaming dasturiy ta’minotidan
foydalanishi;__________________________________________
ta’lim jarayonida amaliy masalalami yechishda axborot
tarmoqlarini qo'llashi;_____ ____________________________
masofaviy ta’lim elektron o‘quv-metodik resurslaridan
foydalanishi;___________________ ______________________
multimediali hujjat va loyihalami yaratishni bilishi;___________
interaktiv interfeysning asosiy xossalari va vazifalarini
t a v s i f l a s h i ; ________________________________________
turli darajadagi kompyuter tarmoqlarining imkoniyat va
vazifalarini tavsiflashi;__________________________________
kompyuter tarmoqlari orqali olinadigan axborot xizmatlari
turlarini tavsiflashi;______________________________ ______
elektron pochta ishining asosiy tamoyillarini tushunishi;_______
gipermatn texnologiyasi asosini tushunishi;_________________
Internetning asosiy texnologik tamoyillarini tushunishi;________
HTML asoslarini bilishi;______ __________________________
Web-sahifa va Web-saytlar yarata olishi;___________________
fanlami o‘qitishda yangi axborot texnologiyalari dan foydalanishi;
pedagogik dasturiy vositalardan foydalana olishi;___________
zamonaviy dasturlash tillari haqida tushunehalarga ega bo‘lishi;
474
fanlami o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy
etishning maqsadi, mazmuni va vazifalarini bilishi;___________
axborot texnologiyalarini o‘qitishda joriy etishning didaktik
tamoyillarini bilishi;_______________________________■
axborot texnologiyalaridan darsdan tashqari mashg‘ulotlami
tashkil etishi va uning mazmunini yarata olishi;______________
axborot texnologiyalaridan mustaqil ta’limni tashkil etishda
foydalanishi;________________________. _________
ilg‘or pedagogik tajribalami umumlashtirish va ulardan dars
jarayonida foydalanishi;________________________________
o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish, nazorat qilish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;______________• ___________
axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash sohalarini
bilishi;_________________________ _________ '_____
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ulaming
didaktik imkoniyatlaridan foydalana olishi;_________________
Internet ta’limiy resurslari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari tuzilmasi va
ta’minotini, texnik va dasturiy vositalarini egallashi;__________
pedagogik dasturiy vositalami va ulami yaratish tamoyillarini
bilishi;__________ ____________________________________
pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini
o‘zlashtirishi;____________________________________ '
pedagogik dasturiy vositalami tanlay olishi;_________________
pedagogik dasturiy vositalardan o‘quv jarayonida samarali
foydalana olishi.
Taklif etilayotgan «Ta’limda axborot texnologiyalari» kursini
malaka oshirish tizimida joriy etilishi o‘qituvchi kadrlaming
innovatsion bilimlami egallashlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |